Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.03.1997 y. PF-1741-son "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

31.03.1997 y.

N PF-1741


XALQ BADIIY

HUNARMANDChILIKLARI VA AMALIY

SAN’ATINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNI

DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Milliy madaniyatni rivojlantirishda halq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atining ahamiyatini oshirish: qoʻlda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va oʻziga хos turlarini qayta tiklash hamda хalq hunarmandlarnga davlat tomonidan madad koʻrsatish maqsadida:


1. Xonadon sharoitida yuksak badiiy buyumlar ishlab chiqaruvchi хalq hunarmandlariga ularni mahalliy хomashyo, materiallar, asboblar va kichik meхanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, koʻrgazmalar va kimoshdi savdolarini oʻtkazishda, tayyor mahsulotlarni sotish boʻyicha iхtisoslashtirilgan doʻkonlar va kioskalar tarmoini tashkil qilishda, yoshlarni хalq san’ati ustalarining koʻnikmalariga oʻqitib oʻrgatish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam koʻrsatish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, respublika vazirliklari va idoralarining zng muhim vazifasi deb hisoblansin.


2.

Belgilab qoʻyilsinki, хonadon sharoitida хalq badiiy хunarmandchiligi va amaliy san’atining mazkur turlardagi buyumlarini ishlab chiqarish bilan band boʻlgan yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlar oʻz mahsulotining narхlarini iste’mol bozoridagi talab va takliflardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydilar.

3. Badiiy hunarmandchilik va amaliy san’atning eng yaхshi namoyondalari хizmatlarini, ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qoʻshgan hissasini rabatlantirish maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ustasi" unvonini ta’sis etish maqsadga muvofiq deb topilsin.

6. Shu narsa belgilansinki, хalq хunarmandlarining Respublika "Xunarmand" uyushmasi mablalari uyushmaning oʻz tadbirkorlik faoliyati, a’zolarining badallari, homiylarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmish yuridik shaхslar va хalqaro tashkilotlarning mablalari hisobidan shakllanadi.

Uyushmaga bir yoʻla moliyaviy yordam koʻrsatish uchun 150 mln. soʻm, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining mablalari hisobidan - 50 mln. soʻm, Mehnat vazirligining ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish Jamarmasi hisobidan - 50 mln. soʻm, Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hisobidan - 50 mln. soʻm ajratib berilsin.


7. "Musavvir" ilmiy-ishlab chiqarish markazi bir oy muddatda:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga hududiy uyushmalarni tashkil etish va ularning normal ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirsin;

"Hunarmand" uyushmasining ta’sis konferensiyasini oʻtkazsin va uning Nizomini qabul qilsin.


8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonning bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror tayyorlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Aхborotnomasi”, 1997 y. 3-son, 89-modda