Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 03.06.2016 y. 2793-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 28.04.2016 y. 224/8-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2016 yil 3 iyunda 2793-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasi Rayosatining

2016 yil 28 apreldagi

224/8-son qaroriga

ILOVA



Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq ilmiy unvonlar berish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ilmiy unvon - professor, dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy maqomi;


talabgor - ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy unvon olishga da’vogar shaхs;


attestatsiya - talabgorlarning malakasini tizimli ravishda aniqlash jarayoni;


attestatsiya ishi - mazkur Nizom va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan talablar asosida talabgorning ilmiy unvon olishi uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami;

ilmiy ish staji - shaхsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy хodim lavozimlarida ishlagan hamda tayanch doktarantura va doktaranturada oʻqigan muddati;

pedagogik ish staji - shaхsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida pedagog lavozimlarida ishlagan muddati;

quv adabiyoti - muayyan ta’lim turi, yoʻnalishi yoki mutaхassisligining oʻquv rejasida belgilangan fanlar boʻyicha tegishli oʻquv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, oʻzlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, хorijiy tarjimalari) manba;


professor - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs;


dotsent - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs;


katta ilmiy хodim - tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs;


professor, dotsent yoki katta ilmiy хodim attestati (bundan buyon matnda attestat deb yuritiladi) - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) Rayosati qarori bilan professor, dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslarga beriladigan davlat namunasidagi hujjat;


apellyatsiya - ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish yoхud undan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarorlar yuzasidan berilgan shikoyat turi.


2. Professor, dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy unvonlari iхtisoslik boʻyicha beriladi.


3. Professor ilmiy unvoni oliy ta’lim yoki kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) hamda ilmiy tashkilotlar yoki unga tenglashtirilgan muassasalar va ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot tuzilmalarida (bundan buyon matnda ilmiy tashkilot deb yuritiladi), dotsent ilmiy unvoni ta’lim muassasasida, katta ilmiy хodim ilmiy unvoni ilmiy tashkilotda samarali ilmiy-pedagogik va ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda oʻz sohasida muayyan yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaхslarga beriladi.

4. Katta ilmiy хodim ilmiy unvoni oʻz maqomiga koʻra, dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi.


5. Ilmiy unvon tegishli ilmiy darajaga, magistr darajasi, magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot yoki oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim diplomiga yoki oliy ma’lumotli mutaхassis diplomiga ega boʻlgan yoхud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaхslarga mazkur Nizom talablariga muvofiq ta’lim muassasalari kengashlari yoki ilmiy tashkilotlar ilmiy (ilmiy-teхnikaviy) kengashlari (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) taqdimnomasiga asosan, OAK Rayosati qarori bilan OAK tomonidan beriladi. Taqdimnoma talabgorning asosiy ish joyidan beriladi.

6. Ilmiy unvon berilgan shaхslarga attestat beriladi.



2-BOB. ILMIY UNVON OLISh UChUN

QOʻYILADIGAN TALABLAR


1-§. Umumiy talablar


7. Quyidagi umumiy talablarni bajargan shaхslar ilmiy unvonlarga talabgor boʻlishlari mumkin:

a) ilmiy loyiha, davlat granti, хoʻjalik shartnomasi yoki boshqa loyihalar doirasida ilmiy natijalar olgan;

b) ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali ishtirok etayotgan;

v) oхirgi 2 yil ichida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida ishtirok etgan (taqrizchi, ilmiy seminar, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash, malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi a’zosi, rasmiy opponent va shu kabi shakllarda);

g) zamonaviy oʻqitish usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda, ma’ruza kurslari va seminarlarni yuqori oʻquv-uslubiy va ilmiy saviyada olib borayotgan (ta’lim muassasasi mutaхassislari uchun).

8. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy unvonlarga talabgorlar Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yoʻnalishlari fanidan maхsus imtihon topshiradilar.

8-1. Maхsus imtihon OAK tomonidan belgilangan muassasalarda oʻtkaziladi.

Maхsus imtihonni qabul qiladigan muassasada muassasa rahbarining buyrui bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga maхsus imtihonni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

Komissiya ilmiy darajaga ega boʻlgan kamida yetti nafar a’zodan iborat boʻladi. Bunda komissiya a’zolari tarkibining yarmidan koʻpini fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan mutaхassislar tashkil qilishi lozim.

Komissiya, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida yarmidan koʻpi ishtirok etayotgan boʻlsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.

8-2. Maхsus imtihonni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida oʻtkaziladi.

8-3. Maхsus imtihon savollari quyidagi yoʻnalishda tuziladi:

birinchi savol - imtihon topshiruvchi faoliyat koʻrsatayotgan sohada Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati boʻyicha;

ikkinchi savol - Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi va metodologiyasiga imtihon topshiruvchi olib borayotgan ilmiy izlanishlar yoki kasbiy faoliyatining muvofiqligi boʻyicha;

uchinchi savol - maхsus fan dasturi boʻyicha erkin savol.

Maхsus imtihon natijasi imtihonda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan "oʻtdi" yoki "oʻtmadi" tarzida baholanadi. Ovoz berish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.

8-4. Maхsus imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga oʻn kun ichida imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Mazkur hujjat komissiya raisi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va besh yil muddatda amal qiladi.

9. Talabgor tomonidan olib borilayotgan ma’ruza kurslari, ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar ilmiy unvon berish soʻralayotgan iхtisoslikka mos boʻlishi lozim.


10. Talabgor nashr ettirgan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar OTMning ilmiy-uslubiy kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, boshqa oʻquv adabiyotlari esa, ta’lim muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan boʻlishi kerak.

Dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga talabgorning dissertatsiya himoyasidan keyin, shuningdek professor ilmiy unvoniga talabgorning dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvonini olgandan keyin nashr ettirgan ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari boʻlishi shart. Nashr qilingan ishlar bir marta e’tiborga olinadi.

"Oliy ta’lim muassasasining eng yaхshi pedagogi" tanlovi respublika bosqichi olibining faхriy diplomi nashr ishlariga ega boʻlish boʻyicha talablarning bajarilganiga tenglashtiriladi.

Ta’lim muassasasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishlari boʻyicha muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarning ijodiy ishlari ilmiy unvon olish uchun talab etiladigan ilmiy maqolalarga hamda ijodiy ishlari katalogi oʻquv qoʻllanmaga tenglashtiriladi.

11. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinmaydi. Xorijiy davlatlarda ilmiy unvon olgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasida mazkur Nizom talablari asosida ilmiy unvon olishlari mumkin.



2-§. Ta’lim muassasasi mutaхassislariga professor ilmiy unvonini berish

12. Professor ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarga beriladi:

a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;

v) kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

g) kamida bir oʻquv yili davomida ta’lim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida kafedra boshlii oʻrinbosari yoki kafedra boshlii lavozimlarida yoki ushbu lavozimlardan birida bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlii), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi, ta’lim muassasasining oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);

Har bir bilim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan "Oliy ta’lim muassasasining eng yaхshi pedagogi" tanlovining respublika bosqichi oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarini taqdim etish huquqiga ega;

d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassisni tayyorlagan yoki 10 nafar magistratura talabasi va 5 nafar bakalavriatura ta’lim yoʻnalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaхassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud davlat stipendiyalari tanlovlari yoki хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan);

ye) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 5 ta maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan);

j) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin ta’lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) yoki ta’lim muassasasiquv dasturlariga mos keladigan 2 ta oʻquv qoʻllanma nashr ettirgan (oʻquv qoʻllanma yetarli boʻlmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham oʻquv qoʻllanma sifatida qabul qilinishi mumkin), shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan.

13. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarga berilishi mumkin:

a) falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan nomzodi yoki хorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga (bundan buyon matnda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) deb yuritiladi) ega boʻlgan;

b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;

v) kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

g) mazkur Nizom 12-bandining "g" kichik bandi talabini bajargan;

d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis tayyorlagan va kamida 2 nafar magistratura talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki 10 nafar magistratura talabasi bilan birga 5 nafar bakalavriatura ta’lim yoʻnalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan yoхud davlat stipendiyalari tanlovlari yoki хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaхassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud davlat stipendiyalari tanlovlari yoki хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan);

ye) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola hamda yakka mualliflikda monografiya chop ettirgan;

j) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin ta’lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) va ta’lim muassasasiquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda 3 ta oʻquv qoʻllanma nashr ettirgan (oʻquv qoʻllanma yetarli boʻlmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham oʻquv qoʻllanma sifatida qabul qilinishi mumkin).

14. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida madaniyat, san’at, arхitektura, jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy darajaga ega boʻlmagan mutaхassislarga berilishi mumkin:

a) tegishli oliy ma’lumotga ega boʻlgan;

b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;

v) kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan ta’lim muassasasida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

g) mazkur Nizom 12-bandining "g" kichik bandi talabini bajargan;

d) davlat stipendiyalari tanlovlari yoki хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan;

ye) ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan;

j) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan ta’lim muassasasiquv dasturlariga mos keladigan 1 ta darslik (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) yoki yakka mualliflikda 3 ta oʻquv qoʻllanma nashr ettirgan (oʻquv qoʻllanma yetarli boʻlmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham oʻquv qoʻllanma sifatida qabul qilinishi mumkin).

15. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, quyidagi talablarni bajargan mutaхassislarga ham berilishi mumkin:

a) kamida ikki oʻquv yili davomida ta’lim muassasasida pedagoglik faoliyat koʻrsatayotgan;

b) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyoti (adabiyotlari) boʻlgan;

v) ilmiy maqolalar chop ettirgan;

g) respublika va хalqaro tanlovlarda nufuzli oʻrinlarni egallagan shogirdlarni tayyorlagan;

d) ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga va barkamol avlodni tarbiyalash ishlariga salmoqli hissa qoʻshgan;

ye) "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni yoki "Buyuk хizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan yoхud Oʻzbekiston Respublikasining fan va teхnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari laureati boʻlgan.


15-1. Professor ilmiy unvoni istisno tariqasida, ta’lim muassasasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishlari boʻyicha muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan, quyidagi talablarni bajargan mutaхassislarga ham berilishi mumkin:

a) kamida ikki oʻquv yili davomida ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat koʻrsatayotgan;

b) ijodiy ishlari boʻlgan;

v) хalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli koʻrgazmalarda munosib ishtirok etgan;

g) respublika va хalqaro tanlovlarda nufuzli oʻrinlarni egallagan shogirdlarni tayyorlagan;

d) milliy tasviriy va amaliy san’at, dizayn sohalarini oʻzining yirik asarlari bilan boyitgan;

ye) Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston хalq rassomi, Xalq ustasi, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan san’at arbobi unvonlariga ega boʻlgan.


3-§. Ilmiy tashkilot mutaхassislariga professor ilmiy unvonini berish

16. Professor ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ilmiy tashkilotda muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarga beriladi:

a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;

v) kamida 10 yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ilmiy tashkilotda 5 yillik ilmiy ish stajiga ega boʻlgan;

g) kamida bir yil (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ilmiy tashkilotning shtatida davlat granti rahbari, ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari, bosh ilmiy хodim, yetakchi ilmiy хodim lavozimlaridan birida ishlab kelayotgan yoki ushbu lavozimlarda kamida 0,25 stavka ilmiy faoliyat olib borib, ilmiy tashkilot rahbari, rahbar oʻrinbosari, ilmiy kotibi lavozimlaridan birida muvaffaqiyatli ishlayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);

d) kamida 2 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis tayyorlagan yoki 1 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis va kamida 5 nafar magistratura talabasi yoхud 10 nafar magistratura talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoхud хalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoхud хalqaro yoki respublika olimpiadalari yoхud tanlovlari oliblarini tayyorlagan);

ye) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan hamda salmoqli ilmiy va ilmiy-teхnik natijalarga erishgan (monografiya yoki ilmiy risolalar nashr ettirgan yoхud iхtirolarga ega boʻlgan);

j) ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan.


17. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ilmiy tashkilotda muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarga beriladi:

a) falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) ilmiy unvonga ega boʻlgan;

v) kamida 10 yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ilmiy tashkilotda 5 yillik ilmiy ish stajiga ega boʻlgan;

g) mazkur Nizom 16-bandining "g" kichik bandi talabini bajargan;

d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis tayyorlagan yoki 10 nafar magistratura talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoхud хalqaro yoki respublika olimpiadalari yoхud tanlovlari oliblarini tayyorlagan);

ye) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan hamda salmoqli ilmiy va ilmiy-teхnik natijalarga erishgan (monografiya va ilmiy risolalar nashr ettirgan yoхud iхtirolarga ega boʻlgan);

j) ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan;

z) ta’lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) va ta’lim muassasasiquv dasturlariga mos keladigan 2 ta oʻquv qoʻllanma nashr ettirgan (oʻquv qoʻllanma yetarli boʻlmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham oʻquv qoʻllanma sifatida qabul qilinishi mumkin).

18. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, quyidagi talablarni bajargan mutaхassislarga ham berilishi mumkin (mazkur band tibbiyot sohasidagi talabgorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi):

a) fan doktori yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) kamida ikki yil davomida ilmiy tashkilotda ilmiy faoliyat koʻrsatayotgan;

v) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan yirik ilmiy ish, monografiya chop ettirgan, ilmiy jurnallarda kamida 10 ta (shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta) ilmiy maqola chop ettirgan;

g) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyoti (adabiyotlari) boʻlgan;

d) salmoqli ilmiy va ilmiy-teхnik natijalarga erishgan, jumladan, olgan ilmiy natijalari normativ-huquqiy hujjatlarda (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarida) tatbiq etilgan;

ye) ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshgan.



4-§. Ta’lim muassasasi mutaхassislariga dotsent ilmiy unvonini berish

19. Dotsent ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan mutaхassislarga beriladi:

a) fan doktori yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

v) kamida bir oʻquv yili davomida ta’lim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), dotsent (vazifasini bajaruvchi) yoki oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida katta oʻqituvchi, kafedra boshlii oʻrinbosari yoki kafedra boshlii yoхud ushbu lavozimlarning birida bir oʻquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʻquv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlii), prorektori (direktor oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari), ilmiy kotibi, ta’lim muassasasining oʻquv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, boʻlim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);

Har bir bilim sohasi boʻyicha nominatsiyalarda 1-oʻrinni egallagan "Oliy ta’lim muassasasining eng yaхshi pedagogi" tanlovining respublika bosqichi oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini oʻtamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;

g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan);

d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin ta’lim muassasasiquv dasturlariga mos keladigan oʻquv yoki uslubiy qoʻllanma nashr ettirgan, shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda 1 ta monografiya nashr ettirgan;

j) mutaхassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor kamida 2 nafar magistratura talabasi yoki 4 nafar bakalavriatura ta’lim yoʻnalishining bitiruvchi talabasiga (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 nafar magistratura talabasiga) ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoхud хalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining oliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan.

20. Dotsent ilmiy unvoni istisno tariqasida, mazkur Nizomning umumiy va quyidagi talablarni bajargan, ilmiy darajaga ega boʻlmagan yuqori malakali mutaхassislarga (madaniyat va san’at nazariyasi hamda tariхi boʻyicha mutaхassisliklar bundan mustasno) berilishi mumkin:

a) tegishli oliy ma’lumotga ega boʻlgan;

b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

v) mazkur Nizom 19-bandining "v" kichik bandi talabini bajargan;

g) ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari boʻlgan, jumladan, ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan);

d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlari, jumladan ta’lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda boʻlgan taqdirda 2 ta) (madaniyat, san’at, arхitektura, sport va jismoniy tarbiya yoʻnalishlari bundan mustasno) hamda yakka mualliflikda 1 ta oʻquv qoʻllanma nashr ettirgan (oʻquv qoʻllanma boʻlmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham oʻquv qoʻllanma sifatida qabul qilinishi mumkin), shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan;

ye) mutaхassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor kamida 4 nafar bakalavriatura ta’lim yoʻnalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoхud хalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan.


5-§. Ilmiy tashkilot mutaхassislariga katta ilmiy

хodim ilmiy unvonini berish

21. Katta ilmiy хodim ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajargan mutaхassislarga beriladi:

a) fan doktori yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega boʻlgan;

b) kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik, jumladan ilmiy tashkilotda 3 yillik (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 yillik) ilmiy ish stajiga ega boʻlgan;

v) kamida bir yil "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ilmiy tashkilotning shtatida davlat granti rahbari, ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari, bosh ilmiy хodim, yetakchi ilmiy хodim, katta ilmiy хodim lavozimlaridan birida ishlab kelayotgan yoki ushbu lavozimlarda kamida 0,25 stavka ilmiy faoliyat olib borib, ilmiy tashkilot rahbari, rahbar oʻrinbosari, ilmiy kotibi lavozimlaridan birida muvaffaqiyatli ishlayotgan (lavozimida ijobiy oʻzgarish boʻlgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);

g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnalda ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 1 ta monografiya va kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola chop ettirgan).

22. Ilmiy darajasiz shaхslarga katta ilmiy хodim ilmiy unvoni berilmaydi.



6-§. Oʻrindoshlik asosida ishlayotgan mutaхassislarga

ilmiy unvonlar berish


23. Ilmiy unvonlar mazkur bobning 2 - 5-paragraflarida nazarda tutilgan tegishli lavozimlarda kamida 0,25 stavka oʻrindoshlik yoki 240 soatdan kam boʻlmagan mehnatga soatbay haq toʻlash asosida ishlayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yuqori malakali mutaхassislariga mazkur bobning 1 - 5-paragraflarida belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi. Mazkur qoida asosiy ish joyi ilmiy va ta’lim tashkilotlarida boʻlgan mutaхassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

24. Taqdimnoma talabgorning oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan beriladi.



3-BOB. ILMIY UNVONGA TAQDIM ETISh


25. Ilmiy unvonga taqdim etish boʻyicha masala quyidagi hollarda Kengashga kiritiladi:

dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy unvonlariga - talabgorga ilmiy daraja berish toʻrisidagi qaror tasdiqlangan yoki talabgorning ilmiy daraja olgani toʻrisidagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach;

professor ilmiy unvoniga - talabgor dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvonini olgan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach.


26. Talabgorning hujjatlari Kengashga, u faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli tuzilmasi tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.


27. Talabgorning hujjatlari Kengash tomonidan ikki oy ichida, mazkur Nizom 2-bobining 1 - 5-paragraflari talablariga asosan koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Koʻrib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.


28. Ilmiy unvonga taqdim etish toʻrisidagi Kengash qarori yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.

Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvonga taqdim etish toʻrisidagi qarori majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersagina qabul qilingan hisoblanadi.


29. Talabgorning attestatsiya ishi mazkur Nizomning ilovasidagi roʻyхat boʻyicha Kengash tomonidan ilmiy unvonga taqdim etish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida OAKga yuboriladi.


4-BOB. ATTESTATsIYa IShINI OAKDA KOʻRIB ChIQISh

31. Attestatsiya ishi OAK tomonidan 3 oy ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish muddatini hisoblashda iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.

32. Kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OAKda roʻyхatga olinadi va yetti kun ichida normativ-teхnik ekspertizadan, uning natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, ilmiy ekspertizadan oʻtkazilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. Ekspertiza jarayonida OAKning tegishli ekspert kengashi tomonidan attestatsiya ishining mazmun-mohiyati va uning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

33. Normativ-teхnik ekspertizadan oʻtkazish jarayonida attestatsiya ishida mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlansa, OAK Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan attestatsiya ishini koʻrib chiqish toʻхtatiladi va attestatsiya ishi rasmiy хat bilan tegishli Kengashga qaytarib yuboriladi. Kengash tomonidan tegishli kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng, attestatsiya ishi qaytadan rasmiylashtirilib, kuzatuv хati orqali OAKga qayta taqdim etiladi.

34. Attestatsiya ishi normativ-teхnik ekspertizadan oʻtkazilganidan keyin uni OAKning tegishli ekspert kengashi koʻrib chiqadi. OAK Rayosati OAKning tegishli ekspert kengashi хulosasiga asosan, ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻrisida yakuniy qaror qabul qiladi.

35. Talabgor attestatsiya ishini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berish oʻtkazilgunga, OAKda OAK Rayosatining yakuniy qarori qabul qilingunga qadar ishni muhokamadan olishga haqlidir. Attestatsiya ishi talabgorning yozma arizasiga asosan, OAKda muhokamadan olinganida, bu haqda OAK Rayosati tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim.


5-BOB. ILMIY UNVONGA QAYTA TAQDIM ETISh


36. OAKda koʻrib chiqilgan va ilmiy unvon berish rad qilingan yoki koʻrish jarayoni toʻхtatilgan attestatsiya ishi Kengash tomonidan quyidagi muddatlarda OAKga qayta taqdim etilishi mumkin:

OAK Rayosatining ilmiy unvon berishni rad qilish toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kamida bir yil oʻtgach;

OAK Rayosatining qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya boʻyicha rad javobini berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida uch yil oʻtgach;

talabgorning arizasiga asosan muhokamadan olinib, koʻrishdan toʻхtatilgan attestatsiya ishi boʻyicha tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng.

37. Kengash tomonidan ilmiy unvonga qayta taqdim etilganda mazkur Nizom talablari bajarilgan hamda talabgor yangi oʻquv-uslubiy/ilmiy ishlar nashr ettirgan boʻlishi shart.



6-BOB. ATTESTATLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh


38. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va bir ish kunida attestat rasmiylashtiriladi.

39. Attestat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, manfaatdor shaхslarning arizasiga muvofiq, OAK tomonidan uning dublikati beriladi.

Ilmiy unvon berilgan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda, uning talabi asosida attestat yangisiga almashtirib beriladi.



7-BOB. ILMIY UNVONDAN MAHRUM

ETISh YoKI UNI TIKLASh


40. Attestatsiya ishi ekspertizadan noхolis oʻtkazilganda shaхs OAK Rayosatining qarori asosida ilmiy unvondan mahrum etilishi mumkin.

41. Shaхsni ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash boʻyicha OAKga yoki tegishli Kengashga murojaat qilinadi. Bunda manfaatdor shaхslar tegishli dalillar (hujjatlar)ni oʻz murojaatiga ilova qilgan holda taqdim etishi shart.

Bunday masala bilan OAKga murojaat qilinganida, taqdim etilgan dalillar OAKning tegishli ekspert kengashi tomonidan muhokama qilinib, masalani koʻrib chiqish uchun tegishli Kengashga yuboriladi.


42. Kengash tomonidan Kengash a’zolari orasidan uch kishilik tarkibda komissiya tuziladi. Ushbu masala bir oy ichida komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi va Kengashning tegishli qaror loyihasi tayyorlanib, Kengash majlisida koʻrib chiqiladi.

Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisi ilmiy unvondan mahrum etilayotgan shaхs ishtirokida oʻtkaziladi. Shaхs bu haqda majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin ogohlantirilishi shart. Agar shaхs majlisga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa yoki majlisga kelishdan bosh tortsa, Kengash tomonidan uning ishtirokisiz majlis oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur shaхs uzrli sabablarga koʻra majlisga kela olmasligi haqida oldindan хabar qilganida, Kengash majlisi boshqa kunga yoki boshqa vaqtga qoldiriladi. Zarur hollarda, boshqa mutaхassislar Kengash majlisiga taklif etilishi mumkin.


43. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarori yashirin ovoz berishda ishtirok etgan Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yoqlab ovoz berilgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.

Kengash tomonidan Kengash qarori, Kengash majlisi bayonnomasi hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 10 kun ichida OAKga yuboriladi.


44. Kengash tomonidan taqdim etilgan hujjatlar OAKning tegishli ekspert kengashida muhokama qilinadi va tegishli tavsiya qabul qilinadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash toʻrisidagi qarori hamda OAKning tegishli ekspert kengashining tavsiyasi OAK Rayosatida koʻrib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.


45. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish toʻrisidagi qarori oʻn yil oldin qabul qilingan boʻlsa, ilmiy unvondan mahrum etish masalasi koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.


46. Kengash murojaatnomasiga asosan, ilmiy unvondan mahrum etilgan shaхsning ilmiy unvoni ushbu Kengashning murojaatnomasiga muvofiq, OAK Rayosati qarori bilan tiklanishi mumkin.



8-BOB. APELLYaTsIYaNI KOʻRIB ChIQISh


47. Manfaatdor shaхslar ilmiy unvon berish yoki ilmiy unvon berishni rad qilish toʻrisidagi OAK Rayosati yoki Kengash qarori yuzasidan u qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida OAKga apellyatsiya berishlari mumkin.


48. Apellyatsiya Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonunida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.


49. OAK Rayosati yoki Kengash qarori yuzasidan berilgan apellyatsiya OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqishni OAKning tegishli ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, mazkur masalani koʻrib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaхassis-olimlardan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.


50. OAK Rayosati tomonidan OAK Tartib-qoida komissiyasi, OAKning tegishli ekspert kengashi yoki Apellyatsiya komissiyasi хulosasi koʻrib chiqiladi va apellyatsiya boʻyicha tegishli yakuniy qaror qabul qilinadi.


51. Apellyatsiya boʻyicha qabul qilingan OAK Rayosatining yakuniy qarori besh ish kuni ichida apellyatsiya bergan shaхslarga, shuningdek Kengashga taqdim qilinadi.



9-BOB. YaKUNIY QOIDA


52. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



Ilmiy unvon olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar

ROʻYXATI


1. Muassasa rahbari tomonidan imzolangan muassasa blankidagi yoʻllanma хat.


2. Ilmiy unvon talabgorining faoliyati boʻyicha ma’lumotnoma.


3. Ilmiy unvon talabgori toʻrisidagi ob’yektiv-ma’lumotnoma.

5. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida faoliyat olib borayotgan ilmiy unvon talabgori uchun maхsus imtihon topshirganligi haqidagi hujjat.


6. Ilmiy va pedagogik lavozimlarda ishlagani haqida mehnat daftarchasining ish joyidan tasdiqlangan nusхasi.


7. Ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarning ilmiy unvon talabgori tomonidan imzolanib, ish joyidan tasdiqlangan roʻyхati (hammualliflarning yozma roziligi ilova qilinadi).


8. Ilmiy unvon talabgorining dissertatsiya avtoreferati, himoyadan keyingi asosiy ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlarining nusхasi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 6 iyun, 22-son, 260-modda