Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2016 y. 89-son "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.03.2016 y.

N 89



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT ChEGARASI ORQALI OʻTKAZISh

PUNKTLARI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarini tashkil etish, ularning faoliyati va ularni tugatishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati chegara qoʻshinlarining oʻtkazish punktlari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 1996 yil 2 oktyabrdagi 347-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 4 aprel, 13-son, 118-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 3-son, 21-modda