Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.2016 y. 209-son "Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.06.2016 y.

N 209



OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA

KIRISh TEST SINOVLARIGA TAYYoRGARLIK

JARAYoNI OPTIMALLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING

AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini sifat jihatidan yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2017 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 16 iyundagi

209-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2010 yil 18 iyundagi 118-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 24-25-son, 195-modda) 1-ilovaning 12-bandida:


a) ikkinchi хatboshidagi "20 iyundan 20 iyulgacha" va "20 iyundan 15 iyulgacha" soʻzlari tegishli ravishda "15 iyundan 15 iyulgacha" va "15 iyundan 10 iyulgacha" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) yigirmanchi хatboshidagi "21" raqami "16" raqami bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 27 iyun, 25-son, 306-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 6-son, 57-modda