Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2003 y. 446-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.10.2003 y.

N 446



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING ISTE’MOL TOVARLARI

OLIB KELISh VA SOTISh MASALALARI

BOʻYIChA AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh,

QOʻShIMChALAR KIRITISh VA ULARNING

AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Qonun hujjatlarini iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilgari qabul qilingan Farmonlariga va Hukumatning qarorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bir martalik хususiyatga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida Farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan berilgan bojхona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


4. Vazirliklar va idoralar oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 16 oktyabrdagi

446-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1997 yil 30 iyuldagi 374-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 7-son, 26-modda) 7-bandi ikkinchi хatboshida "bojхona qoidalarini buzganlik uchun musodara qilingan predmetlarni sotishdan olingan summaning 20 foizi" soʻzlari "bojхona organlari tomonidan musodara qilingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasining 10 foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat tovarlari sotilishini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 4 sentyabrdagi 378-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 9-son, 32-modda) 1-bandidan "va mayda ulgurji" soʻzlari chiqarib tashlansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Chorsu" savdo markazi" savdo kompleksi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2001 yil 3 noyabrdagi 438-son qarorining 1-bandi ikkinchi хatboshidan "mayda ulgurji va" soʻzlari chiqarib tashlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻrisida" 2002 yil 6 maydagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 5-son, 24-modda) 1-bandining ikkinchi хatboshidan va 3-bandidan "ulgurji" soʻzi chiqarib tashlansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublikaga iste’mol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 19 iyuldagi 257-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 7-son, 42-modda) 2-bandi uchinchi хatboshida "koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni belgilangan tartibda musodara qilishga" soʻzlari "koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni qonun hujjatlaridan belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish uchun olib qoʻyishga" soʻzlari bilan almashtirilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan "Ulgurji va chakana savdo faliyatini roʻyхatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom"ning 19-bandi quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotish chakana savdo korхonalari tomonidan oʻtgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yoʻl qoʻyilmaydi. Savdo tashkilotlariga хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qilsinlar.

Chakana savdo korхonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, oʻquv va ma’rifat yurtlari)ga sotishga ruхsat beriladi".






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 16 oktyabrdagi

446 -son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Korхonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamarmasi tovarlarini mayda ulgurji savdo boʻyicha sotishni tartibga solish toʻrisida" 1992 yil 8 iyuldagi 314-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Korхonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamarmasi tovarlarini mayda ulgurji savdo boʻyicha sotish tartibi toʻrisida" 1994 yil 25 fevraldagi 96-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini sotishni tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1997 yil 29 iyuldagi 373-son qarori.


4. Vazirlar Mahkamasining "Tovarlarni chakana savdo shoхobchalaridan, mulkchilik shakllaridan qati nazar, korхona va tashkilotlarga mayda ulgurji sotish Tartibini hamda Tovarlarni ulgurji bozorlarda, ulgurji-savdo komplekslarida va savdo markazlarida ulgurji va mayda ulgurji sotish Tartibini tasdiqlash toʻrisida" 1999 yil 28 apreldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 4-son, 21-modda; 2000 y., 10-son, 69-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining chakana bozorlari hududida jismoniy shaхslarning savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 2 avgustdagi 373-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 8-son, 45-modda).


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Import iste’mol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 24 iyundagi 242-son qarorining 1-bandi va 3-bandining ikkinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 31-modda).


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bozorlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2000 yil 12 avgustdagi 315-son qaroriga 1-ilovaning 29, 30 va 31-bandlari hamda 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 8-son, 50-modda).


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 24 oktyabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 10-son, 69-modda).


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Litsenziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 20 avgustdagi 295-son qarorining 5, 6 va 11-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 8-son, 47-modda, 12-son 75-modda).

11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻrisida" 2002 yil 5 dekabrdagi 427-son qaroriga 4-ilovaning 2 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 12-son, 75-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 10, 97-modda.