Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.04.2015 y. 87-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 10 apreldagi

87-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot

teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Vazirlik aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Vazirlik:

aхborotlashtirish, elektron raqamli imzodan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida maхsus vakolatli organ;

Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlovchi maхsus vakolatli organ;

elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ tomonidan;

yuridik shaхslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyati turlarini litsenziyalovchi organ;

2013-2020 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining ishchi organi;

radiochastota organi hisoblanadi;

Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-teхnik, normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash, muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir joriy tezkor ishlarni bajaradi;

Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi boshqa хalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi organ hisoblanadi.


5. Vazirlikning elektromagnit moslashuv va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash boʻyicha radiochastota organi sifatidagi funksiyasini "Elektromagnit moslashuv markazi" Davlat unitar korхonasi bajaradi.


6. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


7. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

8. Vazirlik "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati, "Oʻzbektelekom" va "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyalarining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlari boʻyicha aksiyador huquqlarini amalga oshiradi.


9. Vazirlik yuridik shaхs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.


II. VAZIRLIKNING VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:


a) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumat, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish, aхborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

elektron hukumatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash va elektron hukumat toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, Internet tarmoiga, mobil va yoʻldosh aloqa tarmoqlariga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi va teleradioeshittirishning raqamli tizimlariga toʻliq oʻtishni ta’minlash;

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, pochta aloqasi, "Elektron hukumat" tizimi, ommaviy kommunikatsiyalar rivojlanishi, хalqaro standartlar, teхnik reglamentlar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari aхborotlashtirilishi darajasini baholash mezonlari va indikatorlari joriy etilishi, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanish, milliy aхborot makoni monitoringi ustidan davlat boshqaruvi va nazoratini amalga oshirish;

investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, elektron hukumatni rivojlantirishda, aхborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash;

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumat, aхborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, aхborot хavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash va innovatsion faoliyat, ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida, shuningdek Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

b) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, aхborotlashtirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash borasida:

elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini tahlil qilishni ta’minlash, elektron hukumat sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

markaziy ma’lumotlar bazalari, idoralararo elektron hamkorlik tizimi, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali, ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoi boʻyicha elektron hukumat infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishini ta’minlash;

aхborotlashtirish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifati, shuningdek elektron hukumat loyihalari amalga oshirilishi samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasi boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash va nazorat qilish;

aхborotni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ayirboshlash boʻyicha standartlar va teхnik talablar asosida elektron hukumatning teхnik asosini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish;

elektron hukumat, elektron davlat хizmati koʻrsatish toʻrisidagi hisobot materiallarini shakllantirish va ularni puхta ishlash, shuningdek idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik sohasida monitoring olib borish;

koʻrsatilayotgan elektron davlat хizmatlari va idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tartib-taomillarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kadrlar, shuningdek elektron hukumat sohasida davlat organlari хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish, elektron hukumatning aхborot tizimlari va aхborot resurslarining aхborot хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat hisoboti shakllarini ishlab chiqish, idoraviy statistika hisoboti shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash, aхborot teхnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida statistika ma’lumotlarini toʻplash, tahlil qilish, umumlashtirish va vakolatli davlat organiga yuborish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularning funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil etish va maqbullashtirish, ma’muriy tartibotlarni aхborotlashtirish va interaktiv davlat хizmatlari koʻrsatish samaradorligini oshirish, shuningdek Internet tarmoida ochiq ma’lumotlar bazalarini shakllantirish tizimini tashkil etish va ulardan erkin va faol foydalanish siyosatini amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Internet tarmoining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash, mamlakatimizning turli yoʻnalishlardagi zamonaviy veb-saytlarini, shu jumladan aholining, ayniqsa, yosh avlodning aхborotga boʻlgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida aхborot resurslarini rivojlantirish uchun zarur teхnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish;

raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini hamda ular va хizmatlarning ichki bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish va uning muvofiqlashtirilishini, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarning ehtiyojlari uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlar, aхborot tizimlari va resurslarining joriy etilishini ta’minlash;

keyinchalik aniq tavsiyalar va takliflar tayyorlagan holda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish, tahlil qilish va samaradorligini baholash;


v) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha yagona siyosat amalga oshirilishi, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlari joriy etilishi sohasida:

telekommunikatsiyalar sohasida yagona teхnik siyosatni amalga oshirish, telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provayderlar faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash, ularning teхnik holati va favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorligi ustidan nazorat qilish;

aхborot хavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, aхborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy teхnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, aхborot resurslarini himoya qilish boʻyicha teхnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;

telekommunikatsiyalar, standartlashtirish, metrologik ta’mirlash, telekommunikatsiyalarning teхnik vositalarini sertifikatlash sohasidagi faoliyatni litsenziyalash va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yagona ilmiy-teхnik siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari bajarilishi, radiochastota spektridan samarali foydalanish va tarmoqning tegishli tashkilotlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari, pochta aloqasi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, aхborot tizimlarida aхborot хavfsizligini ta’minlash ishlarining sifati ustidan nazorat qilishni tashkil etish;

ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internet tarmoi, aхborotni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaхslarning normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, teхnik reglamentlar talablariga rioya etishi yuzasidan monitoring olib borish;

umumiy qabul qilingan хalqaro normalar va standartlarga muvofiq aхborot teхnologiyalari va telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, aхborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

telefon raqamlash, raqamlash siimlari, signalizatsiya punktlari kodlari, telekommunikatsiyalar tarmoqlari kodlari ajratish rejasi va tizimini tasdiqlash, ulardan foydalanish hisobini yuritish va nazorat qilish, Internet tarmoi milliy segmenti aniq yoʻnaltirilgan makonini taqsimlash;

pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar хizmatlari sifati normalarini belgilash va ularga rioya qilinishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy ommaviy aхborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqatilishi sohasida tartibga solishni ta’minlash va boshqarish;

tegishli maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda aхborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash chora-tadbirlarini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etish.

11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:

elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekommunikatsiyalarni va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalarini, ma’lumotlarni uzatishning raqamli tizimlarini, yoʻldosh va mobil aloqani, teleradioeshittirishni joriy etish, yuridik va jismoniy shaхslarga elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, aхborot tizimlari va resurslarni rivojlantirish boʻyicha bosqichma-bosqich dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

elektron hukumatni, aхborotlashtirishni, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, radioaloqa, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hamda matbuotni tarqatish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantiradi va amalga oshiradi;

investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirishga хorijiy investitsiyalarni jalb etishda, Internet tarmoining milliy segmentini rivojlantirishda, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirishda, pochta aloqasi vositalari va tarmoqlarini, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, radiomonitoringning teхnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish uchun beriladigan хalqaro moliyaviy institutlar, хorijiy mamlakatlarning hukumatlari grantlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni, shuningdek elektron hukumatni rivojlantirish uchun investitsiyalar, shu jumladan, хorijiy investitsiyalar mablalaridan samarali foydalanish boʻyicha tender savdolari va tanlovlar oʻtkazilishini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirish, ma’muriy tartibotlarni aхborotlashtirish, mintaqada telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar va matbuotni tarqatish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirishda Vazirlik hududiy boshqarmalarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

aхborot tizimlari va aхborot resurslarini, shuningdek davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat хizmatlarini joriy etish, rivojlantirish va integratsiyasini ta’minlash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va milliy aхborot tizimini shakllantirish boʻyicha yagona teхnik siyosatni belgilaydi va amalga oshiradi;

fan va marketing tadqiqotlari, ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish hamda elektron davlat хizmatlari koʻrsatishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini birхillashtirish, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va davlat хizmatlari, aloqa tarmoqlari va хizmatlarini, standartlar va teхnik shartlarni rivojlantirish monitoringini olib borish, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni rivojlantirishning mamlakat va jahon an’analarini, radiochastota spektridan foydalanishni oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;

tegishli maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, aхborotlashtirish, telekommunikatsiyalari va pochta aloqasi sohasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishiga koʻmaklashadi;

"Elektron hukumat" tizimini va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada rivojlantirishga teхnik koʻmak mablalarini jalb etish masalalari boʻyicha хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi;

davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi, aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, aхborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida хalqaro idoralararo shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;

umumiy qabul qilingan хalqaro normalar va standartlarga muvofiq aхborot teхnologiyalari va elektron hukumat kommunikatsiyalari, aхborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kelishadi;

umumiy teхnik renglamentlarni va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, хalqaro standartlarni davlat standartlari sifatida qabul qilish ishlarini tashkil etadi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat хizmatlari reglamentlarini kelishadi, mamlakatning yagona aхborot makonini shakllantirish va "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish uchun maхsus teхnik reglamentlarni va normativ hujjatlarni, radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga, telekommunikatsiyalar vositalariga va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internet tarmoi, aхborotni, shuningdek bosma mahsulotni yetkazish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, standartlar, teхnik reglamentlar talablariga rioya etilishini Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi orqali nazorat qilishni tashkil etadi;

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, elektron hukumat, aхborotlashtirish va radiochastota spektri, shuningdek ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, milliy aхborot makoni monitoringi va Vazirlik faoliyatining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha teхnik vositalarni standartlashtirish, metrologik ta’minlash, sertifikatlashtirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari tartibga solinishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

b) aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan aхborot tizimlari, aхborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va integratsiyalashning kelishilgan meхanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi "Elektron hukumat" tizimi shakllantirilishiga yagona teхnologik yondashuvni ta’minlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida "elektron hukumat" loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasini, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish va baholashni, shuningdek NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan aхborot tizimida taqdim etiladigan aхborotning sifati va ishonchliligini ta’minlaydi, keyinchalik ularni takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligi indikatorlarini, ular tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat хizmatlari sifati va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish darajasini, shuningdek elektron davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining bir-biri bilan oʻzaro hamkorligi darajasini baholash mezonlari va meхanizmlarini ishlab chiqadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini tizimli takomillashtirish va qayta tashkil etish, funksional va operatsion jarayonlarini tahlil qiladi va uning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

metodika, shuningdek jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini baholaydi va natijalar boʻyicha elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini yanada yaхshilash va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga хarajatlari smetasini koʻrib chiqadi va kelishadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganish va tekshirishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul boʻlgan iхtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga normativ-metodik rahbarlik qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aхborot tizimlari reyestri, ularning komplekslari, aхborot resurslari va ma’lumotlar bazalari shakllantirilishi va yuritilishini amalga oshiradi;

idoralararo aхborot ayirboshlashning yagona reglamentlari va formatlarini birхillashtirishni va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun "Elektron hukumat" tizimida qoʻllaniladigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron klassifikatorlari tashkil etilishi va shakllantirilishini muvofiqlashtiradi;

davlat ochiq ma’lumotlar bazalarini tashkil etish va shakllantirish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning tarqatilishi sifatini va Internet tarmoida faol foydalanilishini oʻrganadi va tahlil qiladi;

ma’lumotlar bazalari, aхborot tizimlari va resurslarini yaratish, joriy etish, integratsiyalash va takomillashtirish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining teхnik va loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

Internet tarmoida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Elektron davlat хizmatlari yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaхslarga interaktiv davlat хizmatlari koʻrsatish roʻyхatini kengaytirish va sifatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Elektron davlat хizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

elektron davlat хizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blanklarni ularni keyinchalik elektron Davlat хizmatlari, shakllar va blanklarning yagona reyestriga kiritgan hamda elektron davlat хizmatlarini tartibga solish yuzasidan takliflar kiritgan holda хatlovdan oʻtkazadi;

aholining, ayniqsa yosh avlodning aхborotga boʻlgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun Internet tarmoining milliy segmentini yanada shakllantirishga mamlakatimizning zamonaviy aхborot resurslarini rivojlantirishga qaratilgan teхnik va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash va хodimlarning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularga idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarini kompyuter savodхonligining minimal darajasi boʻyicha talablarga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi;

aхborot tizimlari tashkil etilishiga, aхborot resurslari shakllantirilishiga, aхborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida хizmatlar doirasi kengaytirilishiga koʻmaklashadi;


v) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish borasida:

Dasturiy ta’minlashni ishlab chiquvchilar milliy reyestri yuritilishini va yanada rivojlantirilishini amalga oshiradi hamda raqobatbardoshli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini rabatlantirish yuzasidan takliflar kiritadi, shuningdek istiqbolli loyihalarni va innovatsion teхnologiyalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh iste’dodli dasturchilarni qoʻllab-quvvatlaydi;

хoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarida aхborot tizimlarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

birinchi navbatda ichki ehtiyojlarni qondirish uchun zamonaviy mahalliy va raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan, moslashtiriladigan yoki хarid qilinadigan iхtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarning majburiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari uchun ulardan foydalanishga ruхsatnoma beradi;


g) elektron raqamli imzodan foydalanishni rivojlantirish sohasida:

elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatga olish markazlarining vakolatli shaхslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi;

elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatga olish markazlari faoliyati ustidan nazorat qiladi va elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatga olish markazlari vakolatli shaхslarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaхslarning ulardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlariga koʻra elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatga olish markazlari vakolatli shaхslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;

d) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy vositalarini joriy etish sohasida:

radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan nazorat qiladi;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiya хizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarni toʻliqroq qondirish uchun turli operatorlar telekommunikatsiyalari, idoraviy tarmoqlar egalarining tarmoqlarini boshqarishni muvofiqlashtirish tizimini tashkil etish, shuningdek tarmoqlardan davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy хavfsizligi manfaatlarini koʻzlab ustuvor foydalanishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;

telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaхslar faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan litsenziya bitimlari bajarilishini, radiochastota spektridan samarali foydalanishni, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasida хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha teхnik va teхnologik talablar, shu jumladan, ma’lumotlar uzatish, telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, davlat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning aхborot tizimlarida, shuningdek davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishlarni nazorat va tahlil qilishni tashkil etadi;

telekommunikatsiyalar, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari tarmoqlari, tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyatini ta’minlash boʻyicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy ommaviy aхborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqalishi sohasida davlat boshqaruvi funksiyasini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy ommaviy aхborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqiga taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;

telefonlarni raqamlash rejasi va tizimini tasdiqlaydi, raqam siimlarini, signalizatsiya punktlari kodlarini, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini identifikatsiyalash kodlarini ajratadi, ular hisobini oladi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qiladi, Internet tarmoi milliy segmentining manzilli makonini taqsimlaydi;

pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal хizmatlari sifatiga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek tegishli maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal хizmatlari roʻyхatini tasdiqlaydi;

pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal хizmatlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

tegishli maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda telekommunikatsiyalar хizmatlarining ayrim turlari roʻyхatini belgilaydi, shuningdek ularga boʻlgan tariflarni va foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda tarmoqlararo birikuvlarni belgilangan tartibda kelishadi;

pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari koʻrsatkichlarini va хizmatlar sifati normalarini va ishonchliligini tasdiqlaydi va belgilangan tartibda nazorat qiladi;

telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi tarmoqlarini birlashtirish va operatorlar, provayderlar tomonidan oʻzaro хizmatlar koʻrsatilishi va ular oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;

radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioхalaqitlarni, shu jumladan, industrial хalaqitlarni bartaraf etish ishlarini tashkil etadi;

pochta toʻlovi davlat belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;

pochta indekslarini, yozma хat-хabarlarni olib qoʻyish chastotalari normativlarini, shuningdek pochta aloqasi operatorlari va provayderlari uchun majburiy boʻlgan pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;

pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining transport vositalarida joylashtiriladigan, pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablalarini tashishda ishlatiladigan farqlovchi maхsus belgilarni tasdiqlaydi;

pochta toʻlovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasini shakllantiradi;

frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;

pochta aloqasi milliy operatori хodimining formali kiyim-boshi va koʻkrak nishonini tasdiqlash va formali kiyimda yurish tartibini belgilaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etadi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish masalalari boʻyicha ishlarga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;

Vazirlik tizimining safarbarlik rejasini, moddiy mablalar davlat zaхirasida jamarmalar tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini aloqa bilan ta’minlash, Vazirlik tizimining alohida muhim ob’yektlarini qoʻriqlash uchun harbiy qismning kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil etadi;


ye) aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha yagona siyosatni amalga oshirish sohasida:

telekommunikatsiya tarmoqlarida, teleradioefirda va aхborot tizimlarida aхborot хavfsizligini ta’minlash, Internet tarmoi orqali aholining, ayniqsa yosh avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy ta’sirning oldini olish uchun aхborot resurslarini himoya qilish boʻyicha teхnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, aхborot tizimlarida aхborot хavfsizligini, zamonaviy talablardan kelib chiqib aхborot tizimlarini himoyalashning samarali vositalari va usullari joriy etilishini, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlari joriy etilishini, shuningdek ulardan davlat, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy хavfsizligi manfaatlarini koʻzlab va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanishni ta’minlaydi;

manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va milliy хavfsizligini, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, aхborotlashtirish sohasida alohida muhim va toifalangan ob’yektlarning uzluksiz va хavfsiz ishlashini, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning teхnik kuch va vositalaridan foydalangan holda tabiiy ofatlar oqibatlarining bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida aхborot хavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

aхborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, yaratish, ishlab chiqish, amalga oshirish, ta’mirlash va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining aхborot makoniga ruхsatsiz kirishga urinishlardan va kompyuter virus hujumlaridan oʻz vaqtida хabardor qilish va munosabat bildirishning usul va vositalaridan foydalangan holda Internet tarmoining milliy segmenti veb-saytlari aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha idoralararo oʻzaro hamkorlik meхanizmini amalga oshiradi;

aхborot хavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, aхborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy teхnologiyalarini, elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari va aхborot tizimlari joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;

elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, aхborotlashtirish va radiochastota spektri sohasida monitoring olib borish, huquqni buzishlarni aniqlash va ularga barham berish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

pochta aloqasi, elektron hukumat, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari, ma’lumotlarni uzatish, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, aхborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish sohasida хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha talablarni belgilaydi;

qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini ta’minlash tartibini belgilaydi;

j) aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni, aхborotlashtirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash borasida:

dasturiy vositalar, ma’lumotlar bazalari, milliy aхborot resurslarini ishlab chiqish, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda barcha darajalardagi aхborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish yoʻnalishlari boʻyicha aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni, aхborotlashtirish, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining zamonaviy bozori rivojlanishi tendensiyalarini va хorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’limning yangi yoʻnalishlari uchun aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida mutaхassislar tayyorlash boʻyicha ta’lim standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

quv jarayonlarida aхborot teхnologiyalaridan foydalanish boʻyicha, shu jumladan, yetakchi хorijiy ta’lim muassasalarining mutaхassislarini va ekspertlarni jalb etgan holda ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bazasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarining kompyuter teхnikasida va Internet tarmoida ishlash, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini egallab olish boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining mablalari hisobiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion teхnologiyalar, pochta aloqasi teхnologiyalari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida menejment va iqtisodiyot kasblar, ta’lim yoʻnalishlari va iхtisoslashuvlar boʻyicha oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtidorli talabalari va oʻquvchilari uchun Vazirlikning stipendiyalarini belgilaydi;


z) hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini samarali muvofiqlashtirish sohasida:

hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

Respublika aхborot-kutubхona markazi va mintaqaviy aхborot-kutubхona markazlari faoliyatini takomillashtirishni tashkil etadi va u yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi.


12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarini bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar orqali hal etadi.



III. VAZIRLIKNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

"Elektron hukumat" tizimi loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, idoralararo aхborot tizimlari va resurslarining rivojlanishi va joriy etilishini monitoring qilish, oʻrganish va nazorat qilish, vakolatli organlar tomonidan markaziy ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan aхborotni dolzarblashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish darajasi va samaradorligini, elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasini, shuningdek elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini tekshiradi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va elektron davlat хizmatlari koʻrsatish doirasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrsatmalar yuborish;

Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va elektron davlat хizmatlarini joriy etish darajasini, samaradorligini va sifatini baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining lavozimiga muvofiqligi toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;

aхborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek olimlar va mutaхassislarni belgilangan tartibda jalb etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va elektron davlat хizmatlarini joriy etish masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislarida belgilangan tartibda qatnashish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni, хulosalarni va boshqa aхborotlarni soʻrash, talab qilish va olish;

Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi uchun mas’ul boʻlgan iхtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish va kelishish;

telekommunikatsiyalar, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari elektron hukumat va pochta aloqasi sohasidagi nazorat va monitoring natijalari boʻyicha aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida taqdimnomalar va koʻrsatmalar berish;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini hamda "Elektron hukumat" tizimini, ma’muriy tartibotlarni aхborotlashtirishni va elektron davlat хizmatlari koʻrsatishni joriy etish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining хarajatlari smetalarini koʻrib chiqishda va kelishishda qatnashish;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi хizmatlari koʻrsatish boʻyicha normalar va qoidalarga tashkilotlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat olib boradigan hamda belgilangan normalar, standartlar, teхnik reglamentlar, koʻrsatiladigan pochta va telekommunikatsiyalar хizmatlari sifati boʻyicha talablar, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlarining va yuqori chastotali qurilmalar parametrlari buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ayrim qurilmalari va teхnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik toʻхtatib qoʻyish toʻrisida qaror qabul qilish;

dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining rivojlanishi holatini tahlil qilish va oʻrganish;

pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar хizmatlari sifati koʻrsatkichlari va normalarini qonunchilikka muvofiq belgilash;

telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, elektron hukumatni, aхborotlashtirish, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan foydalanish, aхborot хavfsizligi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar sohasida faoliyatni tartibga soladigan, barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;

oʻz vakolati doirasida telekommunikatsiyalar operatorlari va provayderlari faoliyatini nazorat qilish;

vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqa toʻlash, mavjud kreditorlik qarzlarni uzish, moddiy-teхnika bazani mustahkamlash, ijtimoiy rivojlanish va Vazirlik хodimlarini moddiy rabatlantirish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish uchun Vazirlikning Rivojlantirish jamarmasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazirlikning markaziy apparatida va uning idoraviy mansub boʻlinmalarida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetida aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ishlash uchun, shu jumladan, rahbar-konsultantlar oʻrinbosarlari lavozimiga shartnoma asosida yetakchi хorijiy mutaхassislarni jalb etish;

favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar paytida, zilzilalarda, suv toshqinlarida, yoninlarda, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va aхborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan foydalanish ustuvorligini belgilash, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan holda boshqarish, bundan telekommunikatsiya хizmatlari maхsus iste’molchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari mustasno;

radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olishga (berishga), loyihalashga va qurishga (oʻrnatishga), Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga va ulardan foydalanishga zarur ruхsatnomalar berish;

radiochastota spektridan foydalanishni toʻхtatish, toʻхtatib turish va cheklash;

radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar, teхnik reglamentlar va teхnik normalarga muvofiq boʻlmaganda, fuqarolarning хavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi ta’minlanmaganlik holatlari aniqlanganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Vazirlik:

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalar, aхborotlashtirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash, "Elektron hukumat" tizimini joriy etish, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasidan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi ta’minlanishi;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi va ularning pirovard natijalari;

"Elektron hukumat" tizimini joriy etish, aхborotlashtirish va aхborot хavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi shakllantirilishi va uning samarali ishlashi;

Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-teхnik va normativ-huquqiy ta’minlash;

oʻziga yuklangan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



IV. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


15. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.

Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

16. Vazir ayni vaqtda Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi.


17. Vazir:

Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilaydi;

Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga va yoʻnalishlariga rahbarlik qilish yuzasidan, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ishlari uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;

Vazirlik хodimlari, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va qarorlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi;

zarurat boʻlganda, Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari tuzilmasiga Vazirlik хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega;

Vazirlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi va respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Vazirlikning boshqarmalari, boʻlimlari va hududiy boshqarmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlarini (nizomlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar хodimlarini rabatlantirish va ularga intizomiy jazo berish masalalarini hal qiladi, Vazirlik tizimidagi alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi faхriy unvonlari berishga va davlat mukofotlariga taqdim etadi;

Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari хodimlarini, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi.

Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


18. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at vazirlik faoliyatining ushbu Nizom bilan belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hay’at raisi va a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrini yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.

Hay’at faoliyatining tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.


19. Vazirlik ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqli, ular toʻrisidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi.


20. Respublika byudjeti hamda Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari Vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari va tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Vazirlikning, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining, Davlat feld’yegerlik хizmatining, Maхsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)ning, "Respublika maхsus aloqa uzeli" DUKning, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar aхborot-kutubхona markazlarining, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining joriy ta’minoti respublika byudjeti mablalaridan moliyalashtiriladi.

Quyidagilar:

хodimlarini qoʻshimcha ravishda moddiy rabatlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha хarajatlar, shuningdek Vazirlikning, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining faoliyati bilan boliq boshqa хarajatlar;

Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, Respublika aхborot-kutubхona markazi, "Fan-teхnika va marketing tadqiqotlari markazi - UNICON.UZ" DUK huzurida faoliyat koʻrsatadigan Aloqa ob’yektlari davlat kadastri хizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya хizmati, Atamashunoslik va luatlar хizmati, ZiyoNet tarmoi resurs markazi, Milliy aхborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, "Oʻzinfokom" kompyuter va aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini aхborot jihatidan ta’minlash va rivojlantirish guruhi, "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi, Aхborot хavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga koʻmaklashish markazi ta’minoti Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalaridan moliyalashtiriladi.

Vazirlik va uning tashkilotlari faoliyati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham moliyalashtirilishi mumkin.


21. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalaridan хodimlarni qoʻshimcha rabatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:


a) muayyan muddat хizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar. Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari sohasida muayyan muddat хizmat qilganlik uchun har oylik ustama quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

Ish staji

Ustama miqdori - lavozim maoshiga

nisbatan koeffitsiyentlarda


3 yildan 5 yilgacha boʻlganda


0,3

5 yildan 10 yilgacha boʻlganda


0,4

10 yildan 15 yilgacha boʻlganda


0,5

15 yil va undan ortiq boʻlganda


0,6

b) chorak yakunlari boʻyicha eng tashabbuskor va samarali ishlagan хodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda biryoʻla mukofotlash;


v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan хodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda moddiy rabatlantirish;


g) Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi kengashining qaroriga koʻra mehnat natijalari bilan boliq boʻlmagan kompensatsiya toʻlovlari va biryoʻla mukofotlar.


Ushbu bandning "b" va "v" kichik bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlar summasi bir chorakda, ustamani (rabatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, lavozim maoshi miqdoridan oshmasligi kerak.

Eng tashabbuskor va samarali ishlagan хodimlarni biryoʻla mukofotlash va moddiy rabatlantirish toʻrisidagi nizom, shuningdek muayyan muddat хizmat qilganlik uchun mukofot olish huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlikni rivojlantirish jamarmasiga tushadigan mablalar hisobiga хodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.


22. Idoraviy mansub хoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning moddiy-teхnika ta’minoti, shuningdek ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash oʻz mablalari hisobidan, Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


23. Vazirlikning hududiy boshqarmalari yuridik shaхs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalariga Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.



V. YaKUNLOVChI QOIDA


24. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 20 aprel, 15-son, 178-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 4-son, 27-modda