Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 04.06.2015 y. 177-mh-son “Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.06.2015 y. 2679-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.06.2015 y.

N 2679




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

04.06.2015 y.

N 177-mh


BUYRUI



Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini

kelishish tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan BUYuRAMAN:


1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (J. Achilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻrisidagi nizomni tushuntirish boʻyicha seminar oʻtkazsin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                      M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 8 iyun, 22-son, 297-modda