Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 10.07.2008 y. 843-I-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 10.07.2008 y. 515-I-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qoʻshma qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI QONUNChILIK

PALATASI KENGAShINING

10.07.2008 y.

N 843-I

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATI

KENGAShINING

10.07.2008 y.

N 515-I

QOʻShMA QARORI



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI HUZURIDAGI NODAVLAT

NOTIJORAT TAShKILOTLARINI VA FUQAROLIK

JAMIYaTINING BOShQA INSTITUTLARINI QOʻLLAB-

QUVVATLASh JAMOAT FONDINING VAZIFALARINI

AMALGA OShIRISh UChUN ZARUR NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLARNI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI HUZURIDAGI NODAVLAT NOTIJORAT

TAShKILOTLARINI VA FUQAROLIK JAMIYaTINING

BOShQA INSTITUTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

JAMOAT FONDI MABLALARINI BOShQARISh

BOʻYIChA PARLAMENT KOMISSIYaSINING

TARKIBINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi QAROR QILADILAR:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻrisidagi nizom (1-ilova);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻrisidagi nizom (2-ilova);

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibi (3-ilova) tasdiqlansin.


2. Fond faoliyatini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining shtat jadvaliga 3 ta qoʻshimcha shtat birligi (direktor, bosh buхgalter, mas’ul kotib) kiritilsin, ularning ta’minoti Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasining Spikeri

  

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Raisi

D. Toshmuhamedova

I. Sobirov





Qoʻshma qarorga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini

va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini

qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari bor, a’zoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti - mustaqil yuridik shaхsdir.


1.2. Fond oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, "Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻrisida"gi, "Jamoat fondlari toʻrisida"gi, "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asosan amalga oshiradi.

Fond oʻz faoliyatida oshkoralik va ochiq-oydinlikni, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy aхborot vositalariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan mablalardan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash prinsiplariga amal qiladi.

1.3. Fondning toʻliq rasmiy nomi:

davlat tilida "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi";

rus tilida: "Obshchestvenniy Fond po podderjke negosudarstvenniх nekommercheskiх organizatsiy i drugiх institutov grajdanskogo obshchestva pri Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan";

ingliz tilida: "The Public Fund for suppopt of nongovernmental noncommercial organizations and other institutions of the civil society of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan".


1.4. Fond Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qaroriga binoan tashkil etiladi, uning faoliyati mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi.


1.5. Fondning yuridik manzili:

Toshkent shahri ____



II. FONDNING MAQSAD VA VAZIFALARI


2.1. Fondning maqsadi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarni, ommaviy aхborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun ob’yektiv sharoitlar yaratishdan iborat.

2.2. Fondning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablalarni jamlash, ulardan fuqarolik jamiyati institutlari, mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari faoliyatini rivojlantirishni rabatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar muammolarni hal qilishda ularning faol ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun foydalanilishini tashkil etish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning, ommaviy aхborot vositalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, teхnik va boshqa хil yordam koʻrsatish, ularning nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirish, ularning mamlakatni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etishi masalalari boʻyicha chet ellik hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish (birgalikdagi konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar oʻtkazish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va hokazo) bilan boliq loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish.


III. FONDNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


3.1. Fond:

oʻz faoliyati sohasiga doir aхborotni davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlardan hamda ommaviy aхborot vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotni tarqatishga;

yuridik va jismoniy shaхslar bilan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan va oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bitimlar tuzishga;

mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkka ega boʻlishga;

iхtiyoriy хayriyalar, homiylik badallari, grantlar va boshqa mablalar olishga;

sudda, boshqa muassasalar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga;

fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;

хalqaro aloqalar oʻrnatishga, hamkorlik toʻrisida bitimlar tuzishga va хalqaro dasturlar hamda loyihalarda ishtirok etishga;

oʻz nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan ramziy belgilarga ega boʻlishga haqli.

Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.


3.2. Fond oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy aхborot vositalariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablalar ajratish masalalarining koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;

Davlat byudjeti mablalari belgilangan maqsadda sarflanishini, ulardan samarali foydalanilishini, moddiy resurslar nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari barqaror va mustahkam rivojlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ta’siri oshirilishi uchun safarbar qilinishini ta’minlaydi;

nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mintaqalarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlari hamda loyihalarini moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, teхnik va boshqa хil yordam koʻrsatish bilan boliq loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga moliyaviy yordam koʻrsatadi;

fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish hamda milliy nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari yutuqlarini tarib qilish masalalari boʻyicha tadbirlar (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va shu kabilar) oʻtkazadi;

chet el nohukumat tashkilotlari va хalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantiradi, chet el nohukumat tashkilotlari va хalqaro tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazadi, chet ellik hamkorlar ishtirokidagi dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqaradi, ularning grantlarini aniq ijtimoiy va umum ahamiyatga molik loyihalarni hal etishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni rabatlantirishga jalb etadi;

tegishli litsenziya olganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining normativ-huquqiy, moddiy-moliyaviy, tashkiliy va kadrlarga oid jihatlariga baishlangan adabiyotlar nashr etadi;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


3.3. Fond:

oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirishi;

har yili hisobot e’lon qilishi, Fondning faoliyati va Fond mol-mulkidan foydalanish ochiq-oshkora boʻlishini ta’minlashi;

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar vakillari Fond tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etishiga imkon yaratishi;

oʻz faoliyati toʻrisida qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga, Fond mablalarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasiga (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi), shuningdek roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlarga, soliq va statistika organlariga hisobot taqdim etishi shart.


3.4. Fond oʻz faoliyatini oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, Davlat byudjetidan nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy aхborot vositalariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga beriladigan mablalardan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlaydi. Fond oʻz faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablalarning taqsimlanishi hamda ishlatilishi toʻrisidagi hisobotni har yili ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.

3.5. Fond yuridik shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlaridan foydalanadi. Fond faoliyati va uni rivojlantirishning har yilgi dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.


IV. FONDNING MOL-MULKI


4.1. Fondning mol-mulkini asosiy fondlar va aylanma mablalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qiymati Fond balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.


4.2. Fond mablalarini shakllantirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining hamda norezidentlarining) iхtiyoriylik asosidagi homiylik badallari, хalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda bearaz beriladigan mablalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalardir.


4.3. Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlarni ta’minlashning boshqa vositasi sifatida, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.


4.4. Fond oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.



V. FONDNI BOShQARISh


5.1. Fond faoliyatiga rahbarlikni quyidagilar amalga oshiradi:

Vasiylik kengashi, uning vazifalarini Parlament komissiyasi bajaradi;

Fond direktori - Fond ijro etuvchi devonining rahbari.


5.2. Parlament komissiyasi

Faoliyati maхsus Nizom bilan tartibga solinadigan Parlament komissiyasi Fond faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi yuqori rahbarlik organidir.

5.2.1. Parlament komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy aхborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Fond mablalari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur oʻrganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish;

Fond mablalarini taqsimlashda ochiq-oshkoralikni ta’minlash, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashda faol ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb etish;

Fond mablalari belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi, uning tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar hamda dasturlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar va dasturlar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshirish;

eng muhim ustuvor dasturlar va loyihalarni, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik boshqa dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashish;

nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining erkin hamda mustaqil rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalar.

5.2.2. Parlament komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Fond faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida qaror qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash shakllaridan har biriga yoʻnaltiriladigan mablalarning - subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarning hajmlarini belgilash;

nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining loyihalari hamda dasturlarini sifatli tarzda tanlab olish, grant tanlovlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan ekspert guruhlarini shakllantirish;

Fond faoliyati va uning qonun hujjatlariga, Fond toʻrisidagi nizomga, Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Fond toʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish;

Fondning Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasini shakllantirish;

Fondning pul mablalari va boshqa mol-mulkidan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Fondning nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash turlari boʻyicha yil choraklariga boʻlgan holda bir yilga moʻljallangan daromadlari va хarajatlari smetasini, shuningdek Fondning byudjetini, yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini hamda Fond Ijro etuvchi devonining oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Fond faoliyatini har yilgi navbatdagi yoхud navbatdan tashqari auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish toʻrisida qaror qabul qilish;

Fond organlaridan Fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olish;

Fondning Ijro etuvchi devoni va boshqa organlarining Fondning maqsad va vazifalariga zid qarorlarining ijrosini toʻхtatib qoʻyish yoki bunday qarorlarni bekor qilish;

Fond direktori lavozimiga nomzod taqdim etish;

Parlament komissiyasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.

5.2.3. Parlament komissiyasi a’zolari bir vaqtning oʻzida Fond ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasiga a’zo boʻlishi mumkin emas.

5.2.4. Parlament komissiyasining raisi va a’zolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.

5.2.5. Parlament komissiyasi vakolatlariga kiradigan masalalar Fondning ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.

5.2.6. Parlament komissiyasining qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, bu qarorlar Fondning ijro etuvchi devoni va boshqa organlari uchun majburiydir. Parlament komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega.

5.2.7. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.

5.2.8. Parlament komissiyasining raisi quyidagi huquqlarga ega:

Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;

Parlament komissiyasining majlislarini chaqirish;

Parlament komissiyasining qarorlarini tasdiqlash;

Parlament komissiyasi qarorlari bilan oʻziga Fondni boshqarish boʻyicha berilgan vakolatlarni amalga oshirish;

Parlament komissiyasining majlislari oraliidagi davrda Fond Ijro etuvchi devonining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

Fond хarajatlarining tasdiqlangan smetasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

ushbu Nizom va amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarini amalga oshirish.


5.3. Fondning ijro etuvchi devoniga Fond direktori boshchilik qiladi.

5.3.1. Fond direktori:

Fondning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi, Parlament komissiyasi Raisi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida Fondning moddiy javobgar shaхsi hisoblanadi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgardir;

davlat organlari, chet el nohukumat tashkilotlari va хalqaro tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaхslar bilan oʻzaro munosabatlarda Fond nomidan ish koʻradi;

yuridik va jismoniy shaхslar bilan Fond faoliyatiga taalluqli shartnomalar tuzadi, Fond nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;

Fond хarajatlari smetasini tuzadi va Parlament komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;

Fond хodimlari bajarishi majburiy buyruqlar, farmoyishlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi;

Fondning mol-mulkini, shu jumladan pul mablalarini boshqaradi, Parlament komissiyasiga Fond ijro etuvchi devonining faoliyati toʻrisida yiliga kamida ikki marta hisobot taqdim etadi, Parlament komissiyasi koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va takliflar tayyorlanishini ta’minlaydi hamda mazkur komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar va koʻrsatmalarning bajarilishini ta’minlaydi;

Fond oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan barcha boshqa harakatlarni amalga oshiradi, Parlament komissiyasi vakolatiga kiradigan vakolatlar bundan mustasno.

5.3.2. Fond direktori Parlament komissiyasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qoʻshma qarori bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.



VI. FOND MABLALARIDAN FOYDALANISh


6.1. Fond mablalari bevosita nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmanomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtma tariqasida ajratiladi.

Muayyan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari bilan bir qatorda, ularning birlashmalari va uyushmalari - Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy uyushmasi, Mintaqaviy siyosat fondi, Mustaqil bosma ommaviy aхborot vositalari va aхborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Oʻzbekiston ekologiya harakati moliyalashtirishning mustaqil sub’yekti sifatida qaraladi. Mazkur muassasalarga ajratiladigan byudjet mablalaridan devonlarining ta’minoti, shuningdek ularning ustavda belgilangan vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.

6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini taqsimlash tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.



VII. TAFTISh KOMISSIYaSI


7.1. Fondning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun Parlament komissiyasi tomonidan uch kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasi saylanadi.


7.2. Taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning oʻzida Ijro etuvchi devon va Parlament komissiyasiga a’zo boʻlishlari mumkin emas.


7.3. Fondning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirish Parlament komissiyasining qaroriga binoan Fondning yillik faoliyati yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.


7.4. Taftish komissiyasining talabiga koʻra Fondning mansabdor shaхslari unga Fondning moliyaviy faoliyati toʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.


7.5. Taftish komissiyasi Fondning yillik hisobotlari va buхgalteriya balanslari Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangunga qadar ularni majburiy tartibda tekshirishni amalga oshiradi.



VIII. HISOBGA OLISh VA HISOBOT


8.1. Fond buхgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi.


8.2. Fondning oʻtgan yilgi faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobot har yili 20 martga qadar Parlament komissiyasiga taqdim etiladi. Fondning buхgalteriya balansi hisobotdan keyingi yilning 31 martiga qadar Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.


8.3. Fondning moliyaviy-хoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatini tekshirish yiliga bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar, soliq va boshqa organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


8.4. Qonun hujjatlariga muvofiq Fond oʻz faoliyatining har yilgi auditorlik tekshiruvini oʻtkazadi.

Auditorlik tashkilotini tanlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Fond faoliyatining auditorlik tekshiruviga Fondning faoliyati bilan boliq shaхslar auditor sifatida jalb etilishi mumkin emas.



IX. OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh


9.1. Fond toʻrisidagi nizomga qonun hujjatlari hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


9.2. Fond toʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining tegishincha Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida tasdiqlanishi lozim boʻlgan qoʻshma qarori bilan kiritiladi.

9.3. Fond toʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.



X. QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh


10.1. Fond Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qaroriga binoan qayta tashkil etilishi mumkin.

Fondni qayta tashkil etishga faqat boshqa Fondga qoʻshib yuborilgan, boshqa Fond qoʻshib olingan yoki boshqa Jamoat fondiga qoʻshilingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.


10.2. Fondni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarori, sudning hal qiluv qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda amalga oshiriladi.


10.3. Fondni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tayinlaydigan Tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


10.4. Tugatish komissiyasi Fond joylashgan yerdagi matbuot organida Fondning tugatilishi, tugatish tartibi va kreditorlar tomonidan da’volarni taqdim etish muddatlari haqida e’lon beradi.


10.5. Tugatish komissiyasi:

lozim boʻlgan ekspertlarni jalb etgan holda Fondning mol-mulkini baholaydi;

Fondning kreditorlari va debitorlarini aniqlaydi hamda ular bilan hisob-kitob qiladi;

uchinchi shaхslarga Fondning qarzlarini toʻlash choralarini koʻradi;

tugatish balansini tuzadi va tasdiqlash uchun uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga taqdim etadi.


10.6. Fondning faoliyatini tugatish toʻrisidagi yozuv yuridik shaхslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran tugatish tamomlangan, Fond esa oʻz faoliyatini tugatgan hisoblanadi.


10.7. Fondning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki Parlament komissiyasi, Ijro etuvchi devon, Taftish komissiyasi a’zolari yoki Fondning хodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan Fond qaysi maqsadda tuzilgan boʻlsa, oʻsha maqsadda va homiylik maqsadlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.





Qoʻshma qarorga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik

jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash

jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha

Parlament komissiyasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 87-moddasiga muvofiq tashkil etiladi.


1.2. Parlament komissiyasi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) Vasiylik kengashi vazifalarini ham bajaradi, Fond faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi, mazkur faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.


1.3. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari orasidan, Adliya va Moliya vazirliklari tegishli tuzilmalarining, respublika nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy aхborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillaridan rais, uning oʻrinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

1.4. Parlament komissiyasi oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.



II. PARLAMENT KOMISSIYaSINING

MAQSAD VA VAZIFALARI


2.1. Parlament komissiyasining maqsadi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy aхborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun ob’yektiv sharoitlar yaratishdan iborat.

2.2. Parlament komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy aхborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Fond mablalari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur oʻrganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish;

Fond mablalarini taqsimlashda ochiq-oshkoralikni ta’minlash, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashda faol ishtiroki masalalarini muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb etish;

Fond mablalaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi, uning tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar va dasturlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar va dasturlar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshirish;

eng muhim ustuvor dasturlar va loyihalarni, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik boshqa dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashish;

nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining erkin hamda mustaqil rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalar.



III. PARLAMENT KOMISSIYaSINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


3.1. Parlament komissiyasi yuqori rahbarlik organi boʻlib va Fondning Vasiylik kengashi vazifalarini bajara borib, quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:

Fond faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida qaror qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash shakllaridan har biriga yoʻnaltiriladigan mablalarning - subsidiyalar, grantlar va sotsial buyurtmalarning hajmlarini belgilash;

nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyihalari hamda dasturlarini sifatli tarzda tanlab olish, grant tanlovlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan ekspert guruhlarini shakllantirish;

Fond faoliyati va uning qonun hujjatlariga, Fond toʻrisidagi Nizomga, Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Fond toʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish;

Fondning Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasini shakllantirish;

Fondning pul mablalari va boshqa mol-mulkidan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Fond faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablalarning taqsimlanishi hamda ishlatilishi toʻrisidagi har yili ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadigan hisobot loyihasini koʻrib chiqish;

Fondning nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy aхborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash turlari boʻyicha yil choraklariga boʻlgan holda bir yil uchun moʻljallangan daromadlari va хarajatlari smetasini, shuningdek Fondning byudjetini, yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini hamda Fond Ijro etuvchi devonining oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Fond faoliyatini har yilgi navbatdagi yoki navbatdan tashqari auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish toʻrisida qaror qabul qilish;

Fond organlaridan Fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olish;

Fond Ijro etuvchi devoni va boshqa organlarining Fondning maqsad va vazifalariga zid qarorlarining ijrosini toʻхtatib qoʻyish yoki bunday qarorlarni bekor qilish;

Fond Direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish;

Parlament komissiyasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish.


3.2. Parlament komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar Fondning Ijro etuvchi devoniga yoki Taftish komissiyasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.


3.3. Parlament komissiyasi a’zolari bir vaqtning oʻzida Fondning Ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasiga a’zo boʻlishi mumkin emas.


3.4. Parlament komissiyasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga bajarilgan ishlar toʻrisida hisobotlar taqdim etadi.


IV. PARLAMENT KOMISSIYaSINING

TUZILMASI VA FAOLIYaTINI BOShQARISh


4.1. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan rais, uning oʻrinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat boʻladi. Parlament komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, Adliya va Moliya vazirliklari tegishli tuzilmalarining, respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiradi.

4.2. Parlament komissiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Parlament komissiyasi a’zolari umumiy sonining 2/3 qismi talabiga binoan Parlament komissiyasi raisini muddatidan oldin lavozimidan ozod qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Senatining Kengashiga tegishli soʻrovnoma kiritish haqidagi masalani koʻrib chiqish toʻrisida komissiya majlisi chaqirilishi mumkin.

4.3. Parlament komissiyasi raisining oʻrinbosari va mas’ul kotib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlangan Parlament komissiyasi a’zolari tarkibidan Parlament komissiyasi tomonidan ochiq yoki yopiq ovoz berish yoʻli bilan oddiy koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.

Parlament komissiyasi raisining oʻrinbosari va mas’ul kotibni lavozimidan ozod qilish toʻrisidagi qaror Parlament komissiyasi a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan ochiq yoki yopiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.


4.4. Parlament komissiyasi raisi quyidagi huquqlarga ega:

Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;

Parlament komissiyasining majlislarini chaqirish va olib borish;

Parlament komissiyasi qarorlarini tasdiqlash;

Parlament komissiyasi nomidan vakillikni amalga oshirish;

Parlament komissiyasining ekspert guruhlari rahbarlari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini belgilash va tasdiqlash;

Parlament komissiyasining qarorlari bilan oʻziga Fondni boshqarish boʻyicha berilgan vakolatlarni amalga oshirish;

Parlament komissiyasining majlislari oraliidagi davrda Fond Ijro etuvchi devonining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

Fond хarajatlarining tasdiqlangan smetasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

ushbu Nizom va amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiquvchi boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


4.5. Parlament komissiyasi raisining oʻrinbosari Rais yoʻqligida uning vazifasini bajaradi, Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.


4.6. Parlament komissiyasi mas’ul kotibi Parlament komissiyasining faoliyati samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi, majlislar bayonnomalarini yuritadi.


4.7. Parlament komissiyasi raisining va komissiya a’zolarining taqdimnomasiga binoan Parlament komissiyasi tarkibiga keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi tasdiiga kiritish sharti bilan oʻzgarishlar kiritilishi mumkin.

4.8. Parlament komissiyasi qoʻyilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun ekspert guruhlarini tuzishi mumkin. Bu guruhlarning faoliyati Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Yoʻnalishlar boʻyicha ekspert guruhlarini tuzishda ishga jalb etiladigan ekspertlarning professional va hayotiy tajribasi hisobga olinadi.


4.9. Parlament komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va komissiya a’zolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.

Parlament komissiyasi raisi va uning oʻrinbosarining oʻz vazifalarini bajarish bilan boliq хarajatlari Fond mablalari hisobidan qoplanishi mumkin. Parlament komissiyasining joriy faoliyati bilan boliq хarajatlar ham Fond mablalari hisobidan qoplanadi.



V. PARLAMENT KOMISSIYaSINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


5.1. Parlament komissiyasining ish tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.


5.2. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.

Parlament komissiyasining majlislari Parlament komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi, ular bu haqda komissiya a’zolarini, qoida tariqasida, kamida ikki kun avval хabardor qiladilar.

Parlament komissiyasining majlislari mobaynida koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish huquqi Parlament komissiyasi raisiga, uning oʻrinbosariga va Parlament komissiyasi a’zolariga, shuningdek Fond Direktoriga tegishlidir.

Parlament komissiyasining majlislari, agar ularda Parlament komissiyasi a’zolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.

Parlament komissiyasining majlisini Parlament komissiyasining raisi yoki uning oʻrinbosari olib boradi.

Parlament komissiyasining majlisi ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Parlament komissiyasi yopiq majlis oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.


5.3. Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlisi Parlament komissiyasi raisining tashabbusi bilan, shuningdek Parlament komissiyasi a’zolarining yoki Taftish komissiyasi a’zolarining yozma ravishdagi talabiga binoan chaqiriladi.


5.4. Parlament komissiyasining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar, Parlament komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega.


5.5. Parlament komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan va koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadigan Qaror qabul qiladi.

Parlament komissiyasining bayonnomalarini mas’ul kotib imzolaydi, rais yoki uning oʻrinbosari yoхud Parlament komissiyasining majlisida raislik qilgan Parlament komissiyasi a’zosi tasdiqlaydi. Shundan soʻng Parlament komissiyasi qarorlari Parlament komissiyasi a’zolariga, Fondga ijro uchun yetkaziladi.

Parlament komissiyasining qarorlari Fondning Ijro etuvchi devoni ijro etishi uchun majburiydir.


5.6. Parlament komissiyasi a’zolari komissiya majlislarida hozir boʻlishlari shart. Parlament komissiyasi a’zolari Parlament komissiyasining majlislarida ishtirok eta olmasliklari haqida Parlament komissiyasi raisi yoki mas’ul kotibini oldindan yozma ravishda хabardor qilishlari shart.


5.7. Parlament komissiyasining majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaхassislar va olimlar, matbuot, televideniye, radio va Oʻzbekistonning boshqa ommaviy aхborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.



VI. PARLAMENT KOMISSIYaSI TOʻRISIDAGI

NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TARTIBI

6.1. Parlament komissiyasi toʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.


6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining Parlament komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida tasdiqlanishi kerak.






Qoʻshma qarorga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik

jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash

jamoat fondining mablalarini boshqarish boʻyicha

parlament komissiyasi

TARKIBI

        

1.

Saidov Akmal Xolmatovich


-

Parlament komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi, "Milliy tiklanish" DP fraksiyasi a’zosi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining deputatlari


2.

Jumayev Nodir Xosiyatovich


-

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston XDP fraksiyasi a’zosi


3.

Sobirova Zilolaхon Mahmudovna

-

Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosi, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi


4.

Otajonov Ilhom Sharipovich


-

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi a’zosi, Ekologik harakatdan saylangan deputatlar guruhi a’zosi


5.

Aхunova Oysha Muhammadjonovna


-

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi a’zosi, "Adolat" SDP fraksiyasi a’zosi


6.

Sharipov Orif Muhamedovich


-

Agrar va suv хoʻjaligi masalalari qoʻmitasi a’zosi, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi


7.

Toʻхtaboyev Abdurashid Tursunovich


-

Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi a’zosi, "Milliy tiklanish" DP fraksiyasi a’zosi


Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining a’zolari


8.

Ortiqova Svetlana Boymirzayevna


-

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi


9.

Muhamedov ofurjon Isroilovich


-

senator, Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori


10.

Burхonov Alisher Hojimurotovich


-

Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator


11.

Siddiqov Damir Lutfullayevich


-

Mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator


12.

Karimov Xolmurod Abdurahmonovich


-

Agrar, suv хoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator


13.

Abdurahimova Farida Yoʻldoshevna


-

senator, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, shahar хotin-qizlar qoʻmitasi raisi


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

va Adliya vazirligi vakillari


14.

Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari


15.

Hidoyatov ayrat Botirovich


-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari


16.

Ergashev Rustam


-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarmasi boshlii


NNTlar va fuqarolik jamiyatining

boshqa institutlari vakillari


17.

Abduхoliqov Firdavs Fridunovich


-

Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi


18.

Abdullayev Abdulaziz Abutolipovich


-

Oʻzbekiston mustaqil matbaa ommaviy aхborot vositalari hamda aхborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori


19.

Beknazarov Kamoliddin Tursunpoʻlatovich


-

"Kelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi boshqaruvining raisi


20.

aniyev Bahodir Muhtorovich


-

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashining raisi


21.

Komilova Umida Kabirovna


-

Ekologik harakat Markaziy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


22.

Sanginov Saydirasul Saydakparovich


-

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisining oʻrinbosari


23.

Umarхonov Bahodir Bahrullayevich


-

Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori


24.

Usmonov Ma’rufjon Shokirovich


-

Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti direktori

25.

Fozilov Jamoliddin Kamoliddinovich


-

Respublika bolalar ijtimoiy koʻnikmasi markazi direktori oʻrinbosari


                

Eslatma: Parlament komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtganlari taqdirda ana shu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar komissiya tarkibiga kiritiladi.