Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 29.08.2003 y. 528-II-son "Jamoat fondlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISINING
QARORI
29.08.2003 y.
N 528-II
"JAMOAT FONDLARI TOʻGʻRISIDA"GI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI
AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:
1. "Jamoat fondlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ.Sultonov) oʻz qarorlarini "Jamoat fondlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Raisi E. Xalilov