Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 43-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-22-son "Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 06.06.2016 y. Qarori (AV tomonidan 14.06.2016 y. 2122-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.06.2016 y.

N 2122-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

06.06.2016 y.

N 43


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

06.06.2016 y.

N 2016-22


QARORI



Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al)

gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun

soliqni toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomning

6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010 yil 21 iyundagi 49, 2010-25-son qarori (roʻyхat raqami 2122, 2010 yil 17 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 28-29-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013 yil 4 martdagi 23, 2013-8-son "Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2439, 2013 yil 22 mart) bilan tasdiqlangan Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining "Qazib olish hajmi, t., kub. m." ustunida utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz hajmi koʻrsatiladi.".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 20 iyun, 24-son, 301-modda