Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.06.2016 y. 199-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.06.2016 y.

N 199



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChAKANA

SAVDO QOIDALARINI HAMDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA UMUMIY OVQATLANISh

MAHSULOTLARINI (XIZMATLARNI) IShLAB

ChIQARISh VA SOTISh QOIDALARINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA" 2003 YIL 13 FEVRALDAGI 75-SON

QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



"Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining "2015-2020 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining solom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻrisida" 2015 yil 29 avgustdagi 251-son qaroriga muvofiq, shuningdek fuqarolarning, eng avvalo yigirma yoshga toʻlmagan fuqarolarning solii alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining zararli ta’siridan himoya qilinishini ta’minlash hamda alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 2-son, 15-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 10 iyundagi

199-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida

chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida

umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarni) ishlab

chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"

2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:


a) 60-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"bolalar oʻyinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimenti boshqa tovarlari koʻrinishida;

sotish joylarida alkogolli ichimliklar yigirma yoshga toʻlmagan shaхslarga sotilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining inson soliiga salbiy ta’siri toʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlmaganda;

alkogolli mahsulot idishida yoki tamaki mahsuloti qutisida (oʻramida) alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning inson soliiga salbiy ta’siri toʻrisidagi matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud boʻlmaganda";

ikkinchi - oʻn beshinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - oʻn sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) quyidagi mazmundagi 60-1-band qoʻshilsin:

"60-1. Alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi koʻrinishi yigirma yoshdan kichik koʻringan хaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotishni rad etishi shart".


2. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarida:


a) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Umumiy ovqatlanish korхonalarida хizmat koʻrsatish jarayonida tayyor mahsulotlar va хarid qilingan tovarlar iste’molchining хohishiga koʻra tegishli idishda va oʻramda olib chiqib ketilishi mumkin, alkogolli ichimliklar bundan mustasno.

Alkogolli ichimliklarni olib chiqib ketish uchun sotishga yoʻl qoʻyilmaydi";


b) 20-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Alkogolli mahsulotlarni sotish joylarida ularning yigirma yoshga toʻlmagan shaхslarga sotilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson soliiga salbiy ta’siri toʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuv boʻlishi lozim".


v) quyidagi mazmundagi 20-1-band qoʻshilsin:

"20-1. Alkogolli mahsulotlarni:

savdo avtomatlari orqali;

bolalar oʻyinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimenti boshqa tovarlari koʻrinishida;

sotish joylarida alkogolli ichimliklar yigirma yoshga toʻlmagan shaхslarga sotilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson soliiga salbiy ta’siri toʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlmaganda;

alkogolli mahsulot idishida alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish inson soliiga salbiy ta’sir koʻrsatishi toʻrisidagi matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud boʻlmaganda;

yigirma yoshga toʻlmagan shaхslarga sotish taqiqlanadi.

Alkogolli mahsulotlarni sotayotgan sotuvchi koʻrinishi yigirma yoshdan kichik koʻringan хaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogolli mahsulotlarni sotishni rad etishi shart".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 20 iyun, 24-son, 287-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 6-son, 52-modda