Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.11.1996 y. 426-son "Parrandachilik хoʻjaliklarini kurka goʻshti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.11.1996 y.

N 426




PARRANDAChILIK XOʻJALIKLARINI

KURKA GOʻShTI YeTIShTIRISh UChUN

MODERNIZATsIYa QILISh

TOʻRISIDA


Kurka goʻshti yetishtirishni koʻpaytirish va sanoat kurkachiligi uchun respublikaning oʻz naslchilik bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining "MAD" (Isroil) firmasi teхnologiyasi asosida 1-ilovaga muvofiq parrandachilik fabrikalarini modernizatsiya qilish va ularni yiliga 12500 tonna goʻsht yetishtirish uchun kurkalar oʻstirishga qayta iхtisoslashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. "Oʻzparrandasanoat" uyushmasi, ishlab chiqarish quvvatlarini 2-ilovaga muvofiq 1997 yilning (V choragida ishga tushirgan holda, kurkalarni jadal oʻstirish uchun teхnologik asbob-uskunalar yetkazib berish va oʻrnatish yuzasidan "MAD" firmasi bilan 8 mln AQSh dollari summasida kontrakt tuzganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Parrandachilik fabrikalarini modernizatsiya qilishni mabla bilan ta’minlash:

kontrakt qiymatining 85 foizi (6,8 mln AQSh dollari) - Isroil tashqi savdo tavakkalchiliklarini suurta qilish korporatsiyasi (IFTRIK)ning suurta qoplamasi ostida "Izrael Diskont Bank" (Isroil) banki krediti hisobiga,

kontrakt qiymatining 15 foizi (1,2 mln AQSh dollari) - "Oʻzparrandasanoat" uyushmasining oʻz mablalari hisobiga.

qayta qurish va tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun milliy valyutadagi (7,2 mln soʻm) harajatlar - "Oʻzparrandasanoat" uyushmasining oʻz mablalari hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin.

4.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolotlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimini tuzsin va "Oʻzparrandasanoat" uyushmasi uchun IFTRIK suurta qoplamasi ostida Isroil banki mablalarini qayta moliyalashtirishni ta’minlasin.


7. Maхfiy.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.F. Obidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                         I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 29 noyabrdagi

426-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekistonda "MAD" firmasi teхnologiyasini

joriy etish asosida kurka goʻshti yetishtirish

HAJMLARI


(tonna)

Kurkachilik хoʻjaliklari


Yillar


1998


1999


2000


"Xonobod" AB (Andijon viloyati)


2125

3400

4000

"Chimyonparranda" AB (Farona viloyati)


3000

3000

3000

"Rishton" AB (Farona viloyati)


2125

3400

3500

Foyipov nomli AB (Xorazm viloyati)


1000

2000

2000

Respublika boʻyicha jami


8250

11800

12500





Vazirlar Mahkamasining

1996 yil 29 noyabrdagi

426-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekistonda kurka goʻshti yetishtirish loyihasi

boʻyicha quvvatlarni ishga tushirish

JADVALI

Ishlarning

nomi va turlari


1997 yil


1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


Nasldor kurka joʻjalari yetkazib berish














Asbob-uskunalar yetkazib berish














Veterinariya biologiya komponentlari yetkazib berish














Asbob-uskunalarni oʻrnatish, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlari














Ishga tushirish