Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2016 y. 239-son "Bojхona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.07.2016 y.

N 239



BOJXONA BROKERI SIFATIDAGI

FAOLIYaTNI AMALGA OShIRISh UChUN

RUXSAT BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksiga, "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Bojхona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsat berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 1 avgust, 30-son, 362-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 7-son, 71-modda