Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 03.08.2016 y. 01-266-son "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.08.2016 y. 2490-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.08.2016 y.

N 2490-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZI DIREKTORINING

03.08.2016 y.

N 01-266


BUYRUI



Toshkent davlat yuridik universiteti

magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini

tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisida nizomga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013 yil 24 iyuldagi 01-268-son buyrui (roʻyхat raqami 2490, 2013 yil 26 iyul) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                  J. Ismailov






Buyruqqa

ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti

magistraturasiga qabul qilishda test sinovlarini

tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 4-banddagi "3 - 10-sanalari" degan soʻzlar "3 - 15-sanalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 10-bandning uchinchi хatboshisidagi hamda 1-ilovaning 2-shakli nomidagi "(TOEFL yoki IELTS)" degan soʻzlar "(CEFR, IELTS yoki TOEFL)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"56. Abituriyentlar ikkita ("Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari", "Mutaхassislik fanlari") yoki uchta ("Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari", "Mutaхassislik fanlari" va "Chet tili") fan majmualari boʻyicha test sinovini topshiradi.

"Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari", "Chet tili" fanlari test savollari namunaviy oʻquv dasturlari asosida, "Mutaхassislik fanlari" test savollari TDYuU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi.".


4. 57, 58 va 65-bandlardagi "Mutaхassislik fani" degan soʻzlar "Mutaхassislik fanlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. Mazkur oʻzgartirishlar Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 8 avgust, 31-son, 386-modda