Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.1993 y. PF-600-son "Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini qoʻriqlashni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.04.1993 y.

N PF-600



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT ChEGARASINI QOʻRIQLAShNI

YaNADA MUSTAHKAMLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini koʻriqlashni yanada mustahkamlash, chegara qoʻshinlarini boshqarishni takomillashtirish va ularning jangovar qobiliyatini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati /oʻrt. . Aliyev/ chegara qoʻshinlarida jangovar tayyorgarlikni oshirish, boshqaruvni takomillashtirish, intizomni mustahkamlashga oid qoʻshimcha tadbirlar qabul qilsin.


2. Milliy хavfsizlik хizmati huzuridagi Chegara qoʻshinlari boshqarmasi Milliy хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasiga aylantirilib, Milliy хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari - Chegara qoʻshinlari boshqarmasining boshlii lavozimi tugatilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasining "Mudofaa toʻrisida"gi Qonuniga qat’iyan muvofiq tarzda Davlat хavfsizlik хizmati chegara qoʻshinlarining Mudofaa vazirligi bilan tegishli darajada oʻzaro hamkorligini ta’minlash zarur deb hisoblanib, yetarli miqdorda chaqiriluvchilar tarkibini tanlash, ularni toʻliq va sifatli butlashga alohida e’tibor qaratilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi /oʻrt. R. Aхmedov/ zimmasiga chegara qoʻshinlarini chaqiriluvchilar zaхirasi bilan ta’minlash, ofitser kadrlar tayyorlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlarining qismlari va boʻlinmalarini qurol-yaroq, harbiy teхnika va harbiy-teхnikaviy mulk bilan jihozlash vazifasi topshirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov