Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 10.06.2016 y. 2016-21-son "Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq хizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 12.07.2016 y. 2808-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.07.2016 y.

N 2808




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

10.06.2016 y.

N 2016-21


QARORI



Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning

telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat

soliq хizmati organlariga taqdim etish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi, "Elektron raqamli imzo toʻrisida"gi, "Elektron hujjat aylanishi toʻrisida"gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 4 avgustdagi 157-son "Soliq toʻlovchilarga aхborot хizmati koʻrsatish va davlat soliq хizmati organlarining aхborot tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq хizmati organlariga taqdim etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007 yil 18 dekabrdagi 2007-65-son "Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1756, 2008 yil 3 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 1-2-son, 3-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013 yil 18 martdagi 2013-14-son "Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi toʻrisida"gi Vaqtinchalik nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1756-1, 2013 yil 1 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 14-son, 186-modda).


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                               B. Parpiyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 18 iyul, 28-son, 340-modda