Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 53-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-31-son "Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 20.07.2016 y. Qarori (AV tomonidan 28.07.2016 y. 1908-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.07.2016 y.

N 1908-4

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

20.07.2016 y.

N 53


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

20.07.2016 y.

N 2016-31


QARORI



Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini

hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009 yil 9 fevraldagi 20, 2009-9-son qarori (roʻyхat raqami 1908, 2009 yil 24 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

         





Qarorga

ILOVA



Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini

hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 2-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qoʻshimcha foyda - sementni (klinkerni) qoplarga qadoqlash хarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan barcha realizatsiya qilingan sement (klinker) hajmining hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;".


2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Hisobot davrida realizatsiya qilingan sementning (klinkerning) barcha hajmi boʻyicha aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.".


3. 1-ilovaning 010-satridagi "Realizatsiya qilingan sement hajmi" degan soʻzlar "Jami realizatsiya qilingan sement hajmi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 2-ilovaning 010-satridagi "Realizatsiya qilingan klinker hajmi" degan soʻzlar "Jami realizatsiya qilingan klinker hajmi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 1 avgust, 30-son, 373-modda