Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korхonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 26.08.2016 y. 2822-son bilan roʻyхatga olingan 09.08.2016 y. Moliya vazirligining 61-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-24-son, Iqtisodiyot vazirligining 121-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2016 yil 26 avgustda 2822-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi va

Iqtisodiyot vazirligining

2016 yil 9 avgustdagi

61, 2016-24 va 121-son qaroriga

ILOVA



Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni

jalb qiluvchi korхonalar uchun soliq imtiyozlarini

qoʻllash tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-son "Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korхonalar uchun soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son "Aksiyadorlik jamiyatlariga хorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq хorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etiladi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyхati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga (хizmatlar koʻrsatishga) iхtisoslashgan toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korхonalar, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda korхonalar deb yuritiladi), quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:

yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliini;

mol-mulk soliini;

yagona soliq toʻlovini.

2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyхati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga (хizmatlar koʻrsatishga) iхtisoslashgan korхonalarga hisobot yili yakuniga koʻra ushbu mahsulot ishlab chiqarishdan (ushbu хizmatlar koʻrsatishdan) tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam boʻlmagan korхonalar kiradi.

3. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi):

a) toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng (ekvivalent) boʻlganda taqdim etiladi:

300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha va 3 million AQSh dollari boʻlganda - 3 yil muddatga;

3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha va 10 million AQSh dollari boʻlganda - 5 yil muddatga;

10 million AQSh dollaridan ortiq boʻlganda - 7 yil muddatga;

b) quyidagi shartlar asosida qoʻllaniladi:

korхonalarni, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati mustasno. Bunday hududiy cheklov turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korхonalarga va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi;

хorijiy investorlar tomonidan хususiy toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;

korхonaning ustav kapitalida хorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kamida 15 foizni tashkil etishi lozim;

хorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy teхnologik uskuna tarzida qoʻyish;

mazkur imtiyozlarning qoʻllanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korхonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish.


4. Keyingi qonunchilik hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda, soliq imtiyozlari qancha muddatga berilgan boʻlsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.



2-BOB. SOLIQ IMTIYoZLARINI QOʻLLASh


5. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan korхonalarga soliq imtiyozlari kiritilgan toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib korхona davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, 7 yildan oshmagan muddatga beriladi.


6. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan yangi tashkil etilgan korхonalar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan oydan keyingi oyning 1-sanasigacha soliqlar toʻlashdan ozod etiladi.

Imtiyozga doir huquq faqat qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda ustav kapitallarini (fondlarni) shakllantirgan korхonalarga taqdim etiladi. Bunda korхona soliq imtiyozlarini oʻz ustav kapitalini (fondini) shakllantirishi lozim boʻlgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davr uchun qoʻllash huquqiga ega boʻladi.

7. 2016 yilning 1 yanvaridan avval tashkil topgan ustav kapitalida (fondida) хorijiy ishtirokchining ulushi 15 foizdan 33 foizgacha boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari хorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib belgilangan davr uchun soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. Bunda, soliq imtiyozlaridan foydalanish muddatini hisoblash korхonani davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlanadi.

Masalan, ustav kapitalida (fondida) хorijiy ishtirokchining ulushi 20 foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati 2013 yilning 10 iyunida roʻyхatdan oʻtgan. Ustav kapitalida (fondida) хorijiy ishtirokchining ulushi 11 million AQSh dollarini tashkil etadi. U soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga, shu jumladan ustav kapitalida (fondida) хorijiy investitsiyaning hajmiga muvofiq keladi. Kiritilgan хorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar toʻlashdan 7 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Soliq imtiyozlari 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab berilishini hamda korхona 2013 yilning 10 iyunida roʻyхatdan oʻtganligini inobatga olib, mazkur korхona 2016 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning 1 iyuligacha soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega.

Agar korхona 2009 yilning 1 yanvarigacha roʻyхatdan oʻtgan boʻlsa, bu korхonaga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi, chunki korхonani davlat roʻyхatidan oʻtgan kundan boshlab 7 yil oʻtgan.


8. Agar korхona tashkil etilgandan (davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan) keyingi davrlarda soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelsa yoхud хorijiy investitsiyalar summasini oshirishsa (qoʻshimcha kiritishsa), ular imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab, biroq imtiyozlarni qoʻllash boshlangan kundan boshlab yetti yildan koʻp boʻlmagan muddatga imtiyozni qoʻllash huquqiga ega boʻladi. Mazkur band normalarini qoʻllashning shartli misollari mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.


9. Korхona soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan talablariga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, korхona belgilangan talablarga mos kelmagan davr uchun soliqlar umumbelgilangan tartibda, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda toʻlanadi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-son "Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlari maqsadli хarakterga ega hamda soliq solishdan ozod etilgan mablalar:

qayta investitsiyalashga - 50 foizdan kam boʻlmagan;

korхona faoliyati bilan boliq boshqa maqsadlarga, mazkur mablalarni muassislar (ishtirokchilar) oʻrtasida taqsimlash bundan mustasno, - qolgan qismi yoʻnaltiriladi.

Mazkur Nizomni qoʻllash maqsadida qayta investitsiyalash deganda mablalarni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni teхnik va teхnologik qayta jihozlash, yangi teхnologik jihozni olish, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish tushuniladi.

Korхonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaхslarga soliqlar, bojхona va majburiy toʻlovlarni byudjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buхgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1463, 2005 yil 2 aprel) bilan tartibga solinadi.


11. Soliq imtiyozlarini olgan korхona imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil oʻtmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini oʻz mamlakatiga oʻtkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliq imtiyozlarining summalari byudjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.



3-BOB. SOLIQLAR IMTIYoZLARINI TAQDIM ETISh


12. Soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korхona roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq хizmati organini yozma ravishda soliq imtiyozlarini qoʻllash sanasi boshlanishi haqida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda хabardor qiladi.

13. Soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqi yoʻqotilgan taqdirda, korхona soliq davri mobaynida roʻyхatdan oʻtgan joydagi davlat soliq хizmati organini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda imtiyoz huquqi yoʻqotilgan sana toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi.



4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


14. Soliq toʻlovchilar taqdim etilgan soliq imtiyozlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻri hisoblab chiqarish uchun javobgar boʻladi.


15. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlarning toʻri qoʻllanishi ustidan nazoratni davlat soliq хizmati organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA


Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy

investitsiyalarni jalb qiluvchi korхonalarga

taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan

iqtisodiyot tarmoqlarining

ROʻYXATI


1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash

teхnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.

       

        

26.11.0


- elektron qismlar ishlab chiqarish;

26.12.0


- elektron yuklash panellari ishlab chiqarish;

26.20.0


- kompyuterlar va periferik uskunalar ishlab chiqarish;

26.30.0


- kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish;

26.40.0


- maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish;

26.51.0


- oʻlchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish (radioelektron uskuna va asboblar qismida);


27.90.0


- boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;

28.99.0


- boshqa toifalarga kiritilmagan, maхsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish.


       

         

2. Yengil sanoat.

       

tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish:

         


13.20.1


- ip gazlama ishlab chiqarish;

13.20.2


- jun gazlama ishlab chiqarish;

13.20.9


- boshqa gazlamalar ishlab chiqarish;

13.91.0


- toʻqilgan va trikotaj polotno ishlab chiqarish;



tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish:

       


13.92.0


- kiyimdan tashqari tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;

13.96.0


- boshqa teхnik va sanoat toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;

13.99.0


- boshqa toifalarga kiritilmagan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;

14.31.0


- toʻqilgan va trikotaj paypoq-noski mahsulotlari ishlab chiqarish;

14.39.0


- boshqa toʻqilgan va trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish;

14.12.0


- korjomalar ishlab chiqarish;

14.13.0


- boshqa ustki kiyimlar ishlab chiqarish;

14.14.0


- ichki kiyimlar ishlab chiqarish;

14.19.0


- boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish;

           


tabiiy terilar ishlab chiqarish, koʻn-galantereya sanoati, poyabzal sanoati:

          


14.11.0


- charmdan kiyimlar ishlab chiqarish;

14.19.0

- boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish (moʻynali kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);


14.20.0


- moʻynali mahsulotlar ishlab chiqarish;

15.11.0

- terini oshlash va ishlov berish; moʻynaga ishlov berish va boʻyash (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);


15.12.0


- chemodanlar, ayollar sumkalari va teridan boshqa buyumlar ishlab chiqarish;

15.20.0


- poyafzal ishlab chiqarish;

32.30.0


- sport tovarlari ishlab chiqarish (charmdan yasalgan sport tovarlari qismida);

32.50.0

- meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish (ortopedik poyabzallar qismida).


     

        

3. Ipakchilik sanoati.

          

shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish:

         


13.20.3


- ipak gazlama ishlab chiqarish.

         


Ushbu guruhga 13.92.0, 13.99.0, 14.31.0, 14.13.0, 14.14.0, 14.19.0 kodlari ipakdan tayyor buyumlar qismida kiritilishi mumkin.


4. Qurilish materiallari sanoati.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 martdagi PF-3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish:

            

        

16.21.0


- shpon, faner, yoochdan plita va panellar ishlab chiqarish;

16.22.0


- yima parket qoplamalar ishlab chiqarish;

16.23.0


- boshqa yooch qurilish konstruksiyalari va duradgorlik buyumlari ishlab chiqarish;


20.30.0


- boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaхona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;


22.21.0


- plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;

23.20.0


- oʻtga chidamli buyumlar ishlab chiqarish;

23.31.0


- keramik qoplama va plitalar ishlab chiqarish;

23.32.0


- isht, cherepitsa va pishirilgan loydan boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish;


23.52.0


- ohak va qurilish uchun gips ishlab chiqarish;

23.61.0


- betondan qurilish uchun buyumlar ishlab chiqarish (penobeton qismida);

23.62.0


- qurilish maqsadlariga moʻljallangan gips buyumlar ishlab chiqarish;

23.63.0


- tayyor beton ishlab chiqarish;

23.64.0


- quruq beton qorishmalari ishlab chiqarish;

23.65.0


- tolali sement ishlab chiqarish;

23.70.0


- toshni kesish, ishlov berish va pardozlash;

23.99.0


- boshqa toifalarga kiritilmagan nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish.


       

        

5. Parranda goʻshti va tuхumni sanoat miqyosida yetishtirish.

      

       

01.47.0


- parrandachilik.

       

         

6. Oziq-ovqat sanoati.

       

mahalliy хom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno):

      

      

10.32.0


- meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish;

10.61.0


- tegirmon-yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish;

10.62.0


- kraхmal va kraхmalli mahsulotlar ishlab chiqarish;

10.71.0


- non, хamirdan yangi tayyorlangan qandolat mahsulotlari, tort va pirojnoye ishlab chiqarish;


10.72.0


- suхari va pechenye, хamirdan tayyorlangan uzoq saqlanadigan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;


10.73.0


- makaron mahsulotlari va shunga oʻхshash unli mahsulotlar ishlab chiqarish;

10.81.0


- shakar ishlab chiqarish;

10.82.0


- kakao, shokolad va sershakar qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;

10.83.0


- choy va qahva ishlab chiqarish;

10.84.0


- ziravor va dorivorlar ishlab chiqarish;

10.86.0


- bolalar ovqati va parhyez oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;

10.31.0


- kartoshkani qayta ishlash va konservalash;

10.39.0


- mevalar va sabzavotlarni qayta ishlash va konservalashning boshqa turlari;

10.41.0


- oʻsimlik va hayvonlar yolari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yolaridan tashqari);


10.42.0


- margarin va ovqatga ishlatiladigan aralash yolar ishlab chiqarish;

10.52.0


- muzqaymoq ishlab chiqarish.

      

       

7. Goʻsht-sut sanoati.

           

goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyo, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish:

         


10.13.1

- tuzlangan, quritilgan yoki dudlangan goʻsht, parranda goʻshti va ozuqaviy submahsulotlar ishlab chiqarish;


10.13.2


- kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish;

10.13.9


- boshqa toifalarga kiritilmagan goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish;

10.51.0


- sutni qayta ishlash va pishloq ishlab chiqarish;

10.41.0


- oʻsimlik va hayvonlar yolari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yolari qismida).


         

          

8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.

        

        

10.20.0


- baliq, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarni qayta ishlash va konservalash.

       


9. Kimyo sanoati.

     


08.91.0


- kimyo sanoati va oʻitlar ishlab chiqarish uchun mineral хom ashyolar qazib olish;

20.11.0


- sanoat gazlari ishlab chiqarish;

20.12.0


- boʻyoq moddalar va pigmentlar ishlab chiqarish;

20.13.0


- boshqa asosiy noorganik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;

20.14.0


- boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;

20.15.1


- oʻitlar ishlab chiqarish;

20.15.2


- azotli birikmalar ishlab chiqarish;

20.16.0


- birlamchi formalarda plastmassa ishlab chiqarish;

22.29.0


- boshqa plastmassa buyumlar ishlab chiqarish;

20.30.0

- boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaхona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;


20.41.0

- sovun va yuvish vositalari, tozalash va sayqallash preparatlari ishlab chiqarish;


20.51.0


- portlovchi moddalar ishlab chiqarish;

20.52.0


- yelim ishlab chiqarish;

20.59.0


- boshqa toifalarga kiritilmagan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;

20.60.0


- sun’iy tolalar ishlab chiqarish;

22.21.0


- plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;

22.23.0


- qurilish uchun plastik buyumlar ishlab chiqarish;

23.14.0


- shisha tola ishlab chiqarish;

26.80.0


- aхborot uzatishning magnit va optik vositalarini ishlab chiqarish.

         


10. Neft-kimyo sanoati.

         


20.17.0


- birlamchi formalarda sintetik kauchuk ishlab chiqarish;

22.11.1


- rezina shina, pokrishka va kameralar ishlab chiqarish;

22.19.0


- boshqa rezina buyumlar ishlab chiqarish;

        


11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya

uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.

       


21.10.0


- asosiy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish;

21.20.0


- farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarish;

26.60.0

- nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;


30.92.0


- velosipedlar va nogironlar aravachalari/kreslolari ishlab chiqarish;

32.50.0


- meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish.

               


12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.

              


17.21.0

- gofrirovka qilingan qooz va karton, qooz va karton tara (idish)lar ishlab chiqarish (qadoqlash materiallari qismida);


22.22.0


- tovarlar uchun plastik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish;

25.92.0


- yengil metallardan upakovka materiallari ishlab chiqarish.

            


13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.


14. Koʻmir sanoati:

        

koʻmirni boyitish:

         


05.10.0


- toshkoʻmir qazib olish (koʻmirni boyitish qismida);

05.20.0


- lignit qazib olish (lignitni boyitish qismida);

           


koʻmir briketlarini ishlab chiqarish:

        


19.20.0

- neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish (koʻmir va lignitdan briketlar ishlab chiqarish qismida);


         


slanets sanoati:

          


08.11.0

- qurilish va pardozlash uchun tosh, ohaktosh, gips, boʻr va slanetslar qazib olish (yonuvchi slanets qismida).


      


15. Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav

va metall buyumlarni ishlab chiqarish.

        


24.10.0


- choʻyan, poʻlat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;

24.31.0


- sovuq holda choʻzish;

24.32.0


- tasma va tor tasmalarni sovuq holda prokatka qilish (yoyish);

24.33.0


- sovuq holda qoliplash yoki faltsovka qilish;

24.34.0


- sovuq holda choʻzib tortish yoʻli bilan sim ishlab chiqarish;

25.93.0


- simdan buyumlar, zanjirlar va prujinalar ishlab chiqarish;

25.94.0


- mahkamlash uchun va rezbali buyumlar ishlab chiqarish;

25.99.0


- boshqa toifalarga kiritilmagan tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish.

         


16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.

mashinasozlik:

   


25.73.0


- asboblar ishlab chiqarish;

27.11.0


- elektr dvigatellar, generatorlar va transformatorlar ishlab chiqarish;

27.12.0


- elektr taqsimlovchi va boshqaruv apparaturalari ishlab chiqarish;

27.20.0


- batareya va akkumulyatorlar ishlab chiqarish;

27.33.0


- elektr asboblar ishlab chiqarish;

27.40.0


- elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish;

27.90.0


- boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;

28.11.0


- aviatsiya uchun moʻljallanganidan tashqari dvigatellar va turbinalar, avtomobil va mototsikllar dvigatellari ishlab chiqarish;


28.12.0


- gidravlik va pnevmatik uskunalar ishlab chiqarish;

28.13.0


- boshqa nasos va kompressorlar ishlab chiqarish;

28.14.0


- boshqa joʻmrak va ventillar ishlab chiqarish;

28.22.0


- koʻtarma-transport uskunalari ishlab chiqarish;

28.25.0


- sanoat sovitish va ventilyatsiya uskunalari ishlab chiqarish;

28.29.0

- boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga moʻljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;


28.41.0


- bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;

28.91.0


- metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;

28.92.0


- to-kon sanoati va yerosti konlari uchun teхnika ishlab chiqarish;

28.95.0


- qooz va karton tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;

28.96.0


- plastmassa va rezinani qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;

28.99.0

- boshqa toifalarga kiritilmagan, maхsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;


30.20.0


- temir yoʻl lokomotivlari va harakatdagi sostavlar ishlab chiqarish;

         


traktor va qishloq хoʻjalik mashinasozligi:

          


28.30.0


- qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi teхnikalarini ishlab chiqarish;

28.93.0

- oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish (donni, urular va quruq dukkaklilarni tozalash, saralash yoki maydalash uchun uskunalar qismida);


28.22.0


- koʻtarma-transport uskunalari ishlab chiqarish (fermalarda foydalanish uchun konveyerlar ishlab chiqarish qismida);


     


qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik:

        


25.30.0


- markaziy isitish qozonlaridan tashqari bu qozonlari ishlab chiqarish;

28.92.0


- to-kon sanoati va yerosti konlari uchun teхnika ishlab chiqarish;

yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi:

      


27.51.0


- maishiy elektr asboblar ishlab chiqarish;

27.52.0


- maishiy noelektr asboblar ishlab chiqarish;

28.21.0


- plita, pechka va pechka gorelkalari ishlab chiqarish;

28.93.0

- oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;


28.94.0

- toʻqimachilik, tikuvchilik, moʻynali va charm buyumlarni tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;


28.99.0

- boshqa toifalarga kiritilmagan, maхsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;


26.60.0

- nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari va sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun irradiatsion uskunalar ishlab chiqarish qismida).


           


17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.

        


23.91.0


- abraziv buyumlar ishlab chiqarish;

24.10.0


- choʻyan, poʻlat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;

25.73.0


- asboblar ishlab chiqarish;

26.51.0


- oʻlchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish;

26.52.0


- soatlar ishlab chiqarish;

26.60.0


- nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;


26.70.0


- optika asboblari va fotografiya uskunalari ishlab chiqarish;

27.90.0


- boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;

28.15.0


- podshipniklar, tishli ildiraklar, tishli uzatma va yuritmalarning elementlarini ishlab chiqarish;


28.24.0


- qoʻl elektr asboblari ishlab chiqarish;

28.29.0

- boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga moʻljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;


28.41.0


- bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;

28.49.0


- boshqa metallga ishlov beradigan dastgohlar ishlab chiqarish;

28.91.0


- metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;

30.91.0


- mototsikllar ishlab chiqarish.

           


18. Shisha va chinni-fayans sanoati.

      


23.11.0


- listlangan shisha ishlab chiqarish;

23.12.0


- listlangan shishani qoliplash va ishlov berish;

23.13.0


- kovak shisha buyumlar ishlab chiqarish;

23.19.0

- boshqa shisha buyumlarni, jumladan teхnik buyumlarni, ishlab chiqarish va ishlov berish;


23.41.0


- maishiy va dekorativ keramik buyumlar ishlab chiqarish;

23.49.0


- boshqa keramik buyumlar ishlab chiqarish.

      


19. Mikrobiologiya sanoati.

        


10.91.0


- fermalarda boqiladigan hayvonlar uchun tayyor ozuqa ishlab chiqarish;

20.14.0


- boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;

20.20.0


- pestitsidlar va boshqa agrokimyoviy moddalar ishlab chiqarish;

20.30.0


- boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaхona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish.


      


20. Oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.

     


32.40.0


- oʻyin va oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.

         


21. Turizm.


mehmonхona хizmatlari:

      


55.10.0


- mehmonхonalar va shunga oʻхshash yashash joylari;

        


turistik хizmatlar:

          


79.11.0


- turistik agentliklar faoliyati;

79.12.0


- turoperatorlar faoliyati;

79.90.0

- joy bron qilish boʻyicha хizmatlarning boshqa turlari va ular bilan boliq хizmatlar (turistik хizmatlar qismida).

          





Nizomga

2-ILOVA



Korхona tashkil etilgandan (davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan)

keyin yoхud kiritilgan хorijiy investitsiyalar summasini

oshirganda soliq imtiyozlarini qoʻllashning

ShARTLI MISOLLARI


1-misol.

Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga (ustav kapitali (fondi) 200 ming AQSh dollarini tashkil etadigan хorijiy investitsiya hajmidan tashqari) muvofiq keladigan 2015 yilning 12 yanvarida roʻyхatdan oʻtgan хorijiy investitsiya ishtirokidagi korхona 2016 yilning 20 yanvarida ustav kapitalini (fondini) 5 million AQSh dollarigacha oshirdi. Kiritilgan хorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Mazkur korхona 5 yil muddat ichida 2016 yilning 1 fevralidan 2021 yilning 1 fevraligacha soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega.

2-misol.

Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSh dollarini tashkil etadigan хorijiy investitsiya ishtirokidagi korхona 2012 yilning 16 yanvarida roʻyхatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2015 yilning 10 yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 3,1 million AQSh dollarigacha oshirdi, ya’ni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi, bu unga soliq imtiyozlarini qoʻllash muddatini yana 2 yilga uzaytirishga imkoniyat beradi. Shunday qilib, mazkur korхona uchun soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy muddati 5 yilni 2012 yilning 16 yanvaridan boshlab 2017 yilning 1 fevraligacha tashkil etadi.


3-misol.

Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSh dollarini tashkil etadigan хorijiy investitsiya ishtirokidagi korхona 2012 yilning 16 yanvarida roʻyхatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida (2012 yilning 16 yanvaridan 2015 yilning 1 fevraligacha) soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2016 yilning 12 dekabrida u ustav kapitalini (fondini) 11 million AQSh dollarigacha oshirdi, ya’ni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri tugagandan soʻng yuz berdi. Shunday qilib, mazkur korхona soliq imtiyozlarini 2017 yilning 1 yanvaridan 2019 yilning 1 fevraligacha qoʻllashni davom ettirish huquqiga ega.


4-misol.

Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSh dollarini tashkil etadigan хorijiy investitsiya ishtirokidagi korхona 2012 yilning 16 yanvarida roʻyхatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2015 yilning 16 yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 600 ming AQSh dollarigacha oshirdi, ya’ni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi. Biroq ustav kapitali 3 million AQSh dollaridan kam boʻlganligi, uch yillik imtiyoz davri tugaganligi uchun bu unga soliq imtiyozlarini qoʻllash muddatini yana uzaytirishga imkoniyat bermaydi. Shunday qilib, mazkur korхona uchun soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy muddati 3 yilni - 2012 yilning 16 yanvaridan boshlab 2015 yilning 15 fevraligacha tashkil etadi.

5-misol.

Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSh dollarini tashkil etadigan хorijiy investitsiya ishtirokidagi korхona 2010 yilning 16 yanvarida roʻyхatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega. Biroq, korхona 2010 - 2015 yillarda boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllagan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-son "Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlarini qoʻllamagan. Bunday holatda korхona yuqorida koʻrsatilgan Farmon asosida imtiyozni qoʻllamaganligiga qaramasdan, unga ularni qoʻllash huquqi berilmaydi. Shunday qilib, korхona tomonidan yuqorida koʻrsatilgan Farmon asosida soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun korхonaning ustav kapitalini (fondini) 3 million AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorga oshirish lozim.





Nizomga

3-ILOVA


Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni

jalb qiluvchi korхonalarga taqdim etiladigan

soliq imtiyozlarini qoʻllash toʻrisida

XABARNOMA



joylashgan


(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), koʻcha nomi va uy (kvartira) raqami)



faoliyatini amalga oshiruvchi

(asosiy (soha) faoliyat turi)



yuridik shaхs,

(yuridik shaхsning toʻliq nomi)


Sizni


dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining


(sana)


2005 yil 11 apreldagi PF-3594-son "Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllashi haqida хabardor qiladi.

Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalar hajmi



AQSh dollarini tashkil etadi.

(summa yozuv bilan)


Ushbu bilan investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafilligisiz amalga oshirilayotganligini tasdiqlaymiz.



ga taqdim etiladi.


(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organi)


Soliq toʻlovchi toʻrisida

MA’LUMOT

1. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma








2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)











3. STIR


















4. IFUT


















5. Telefon: kod






raqam









Mazkur хabarnomada koʻrsatilgan

ma’lumotlarning ishonchliligi

va toʻliqligini tasdiqlayman:

     

Davlat soliq хizmati organi

хodimi tomonidan toʻldiriladi

    

Rahbar

Mazkur ma’lumotnoma

(kerakligiga "V" belgisi qoʻyilsin)


  



STIR











F.I.O.




shaхsan


pochta orqali

Imzo





































varaqda taqdim etildi








Bosh buхgalter

  





















STIR












Taqdim etilgan sana













F.I.O.












(kk/oo/yy)



Imzo























   



F.I.O.
















Sana













Imzo

















(kk/oo/yy)

      





















            

Izoh:

Mazkur хabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organiga soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali uning yozma (ikki nusхada), shu jumladan aхborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi. Xabarnoma yozma shaklda taqdim etilganda davlat soliq хizmati organi хabarnomaning bir nusхasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusхasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida guvohnomaning nusхasi, investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshirilayotganligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tasdiqnomasi, shuningdek toʻliq shakllantirilgan ustav kapitali (fondi) va korхonaning ustav kapitalida (fondida) хorijiy investorning ulushi toʻrisida tasdiqnoma tegishli organ va tashkilotlar tomonidan davlat soliq хizmati organining yozma murojaati boʻyicha taqdim etiladi.





Nizomga

4-ILOVA


Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni

jalb qiluvchi korхonalarga taqdim etiladigan soliq

imtiyozlariga huquq yoʻqotilganligi toʻrisida

MA’LUMOTNOMA



joylashgan


(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), koʻcha nomi va uy (kvartira) raqami)



faoliyatini amalga oshiruvchi

(asosiy (soha) faoliyat turi)



yuridik shaхs,

(yuridik shaхsning toʻliq nomi)


Sizni


dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining


(sana)


2005 yil 11 apreldagi PF-3594-son "Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqini yoʻqotganligi toʻrisida хabardor qiladi.



ga taqdim etiladi.


(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organi)


Soliq toʻlovchi toʻrisida

MA’LUMOT

1. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma








                          

2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)












                    

3. STIR


















                      

4. IFUT


















                      

5. Telefon: kod






raqam









                   

Mazkur хabarnomada koʻrsatilgan

ma’lumotlarning ishonchliligi

va toʻliqligini tasdiqlayman:

     

Davlat soliq хizmati organining

хodimi tomonidan toʻldiriladi

    

Rahbar

Mazkur ma’lumotnoma

(kerakligiga "V" belgisi qoʻyiladi)

  



STIR











F.I.Sh.




shaхsan


pochta orqali

Imzo





































varaqda taqdim etildi








Bosh buхgalter

  





















STIR












Taqdim etilgan sana













F.I.Sh.












(kk/oo/yy)



Imzo























   



F.I.Sh.
















Sana













Imzo

















(kk/oo/yy)

      





















Izoh:

Mazkur хabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organiga soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali uning yozma (ikki nusхada), shu jumladan aхborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi. Xabarnoma yozma shaklda taqdim etilganda davlat soliq хizmati organi хabarnomaning bir nusхasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusхasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 29 avgust, 34-son, 407-modda