Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2016 y. 264-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2010 yil 5 avgustdagi 169-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2016 y.

N 264




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING "OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANIShDAGI

AVTOMOBIL YOʻLLARI ROʻYXATINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA" 2010 YIL 5 AVGUSTDAGI 169-SON

QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining хavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2010 yil 5 avgustdagi 169-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 32-son, 270-modda) 2-ilovada:


a) 63-bandning "Uzunligi, km" ustunidagi "12" raqami "23" raqami bilan almashtirilsin;


b) "Jami davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari" qatorining "Uzunligi, km" ustunidagi "14089" raqami "14100" raqami bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 22 avgust, 33-son, 397-modda