Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.08.2016 y. 254-son "Vazirlar Mahkamasining "Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 1997 yil 11 dekabrdagi 548-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.08.2016 y.

N 254



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"RESPUBLIKADA SAVDO TUShUMI INKAS-

SATsIYa QILINIShINI VA NAZORAT-KASSA

MAShINALARIDAN FOYDALANIShNI TUBDAN

YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

1997 YIL 11 DEKABRDAGI 548-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 11 dekabrdagi 548-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 11-12-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 9 avgustdagi

254-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Respublikada savdo

tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa

mashinalaridan foydalanishni tubdan yaхshilash

chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 11 dekabrdagi

548-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. 5-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal хotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻrisida nizom talablarining tegishli tashkilotlar tomonidan oishmay bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlasinlar".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 15 avgust, 32-son, 390-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 8-son, 77-modda