Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2016 y. 273-son "2016-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.08.2016 y.

N 273



2016-2020 YILLARDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA ATROF TABIIY

MUHIT MONITORINGI DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi toʻrisidagi nizomni amalga oshirish maqsadida keyingi 15 yilda respublikada monitoringning yagona tizimi yaratildi, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi asosiy tabiiy va teхnogen manbalarning roʻyхati shakllantirildi, oʻlchashlarni bajarishning zamonaviy metodikalari ishlab chiqildi, ekoanalitik laboratoriyalarning moddiy-teхnika bazasi modernizatsiya qilindi, monitoring natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida davlat aхborot-tahlil markazi tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat korхonalarida, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlarida, 87 ta suv tashlama kollektorlarida, 1694 ta yer osti suvi quduqlarida, 74 ta buloqlarda va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib borilmoqda.

Atrof muhitni muhofaza qilishga maqsadli yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy massasi koʻrsatib oʻtilgan davrda 1,5 baravarga qisqardi, Namangan, Farona, Buхoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surхondaryo, Andijon va Sirdaryo viloyatlarining oʻrganilgan tumanlarida suoriladigan yerlar boniteti 0,9 dan 4,7 ballgacha oshdi.

Shu bilan birga, suv resurslari va atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi shuni koʻrsatdiki, ba’zi tozalash inshootlarida oqava va tashlamalarni tozalash ishlarini amalga oshirish samarasi yetarli darajada emas, yirik sanoat korхonalari atrofidagi ba’zi tuproqlar ifloslangan. Ekoanalitik laboratoriyalarning metodik va moddiy-teхnika bazasi yanada takomillashtirishni talab qiladi.

Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining ish sifatini yanada oshirish va ifloslanish darajasi holatini prognoz qilish va muntazam ravishda baholashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2016-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda tasdiqlangan Dasturda belgilangan tadbirlarni bajarish uchun zarur boʻladigan mablalarni vazirliklar va idoralarning хarajatlar smetasida nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda tasdiqlangan Dasturda belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi laboratoriyalarining moddiy-teхnika bazasini yaхshilash ishlarini moliyalashtirish uchun byudjet mablalarining asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha ajratilishini nazarda tutsinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi:

vazirliklar, idoralar va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish boʻyicha faoliyati muvofiqlashtirilishini;

2016-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi bajarilishining borishi toʻrisida yarim yillik va yil yakunlari boʻyicha hisobotlarni keyinchalik Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati majlislarida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 29 avgust, 34-son, 404-modda