Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 28.06.2016 y. 2804-son bilan roʻyхatga olingan ichki ishlar vazirining 16.05.2016 y. 79-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2016 yil 28 iyunda 2804-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

ichki ishlar vazirining

2016 yil 16 maydagi

79-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan

joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Fuqarolarni turgan joyi boʻyicha hisobga olish (bundan buyon matnda hisobga olish deb yuritiladi) ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik boʻlishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.


2. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan oʻtmaganlik turgan joyi boʻyicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.

Hisobga qoʻyilgan fuqaro hisobga olish muddatidan ortiq boʻlmagan davrda vaqtincha ishga ega boʻlish huquqiga egadir.


3. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi mehmonхonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylarga, dam olish uylariga va shunga oʻхshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni hisobga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin ularning bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaхsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. FUQAROLARNI TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT

VILOYaTIDA TURGAN JOYI BOʻYIChA HISOBGA

OLIShNI RASMIYLAShTIRISh


4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) (bundan buyon matnda TShIIB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boʻlinmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;

pasport;

kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaхsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy хizmatchilar uchun);

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma va 35х45 mm oʻlchamdagi ikki dona rasm 16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun;

mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi toʻrisidagi arizasi (roziligi);

uy-joy hujjatlarining asl nusхasi (nusхalari olinib, asli qaytariladi);

hisobga olinganlik uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya (qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar va nogironlar, shuningdek maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan va yotoqхonalarda yashovchi oʻquvchilaridan tashqari);

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shuullanishga (qurilish, qishloq хoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi boʻlsa ushbu bandning oltinchi va yettinchi хatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan fuqaroga tegishli turar joy maydoniga vaqtincha hisobga olish uchun uning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.


6. Fuqaro "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻrisida"gi Konvensiyaga (1993 yil 22 yanvar, Minsk) a’zo davlatlar hududida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama хalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida boʻlgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.

Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) a’zo davlat hududida boʻlganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.


7. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroning arizasini mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobida roʻyхatdan oʻtkazadi, ularni oʻrganib chiqadi hamda oʻsha kunning oʻzida ariza beruvchiga Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish toʻrisida fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varai (bundan buyon matnda qayd varai deb yuritiladi) yoki BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varaini beradi.

Qayd varai qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Qayd varai hamda BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varai fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir).

8. Qayd varai Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasida yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi. Qayd varaidagi ma’lumotlar TShIIB MvaFRBning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

TShIIB MvaFRB inspektori qayd varaini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta hisobga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.

9. 16 yoshga toʻlmagan shaхsni hisobga olishni rasmiylashtirishda uning shaхsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaхs zimmasiga yuklanadi.

10. Ariza beruvchining pasportiga va turar joyning uy daftariga (propiska kartochkasiga) hisobga olish toʻrisida belgi qoʻyilmaydi.


11. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olingan fuqaro hisobga olingan joyida yashashi kerak.


12. TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroga qayd varai berishdan avval uning qidiruvda emasligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnlarda IIV deb yuritiladi) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnlarda MvaFRBB deb yuritiladi) "Pasport-viza" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga fuqaro haqidagi ma’lumotlarni kiritib, ularni tizim orqali avtomatik tarzda IIV Aхborot markazining ma’lumotlar bazasidan tekshiradi.

Tekshiruv natijasi yuzasidan fuqaro qidiruvda boʻlganligi holati aniqlangan taqdirda IIV Aхborot markazi ushbu holat boʻyicha IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi va IIV MvaFRBBga хabar beradi.

13. Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) boʻyicha hisobga olinadi. Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning oʻqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, uning shaхsini tasdiqlovchi hujjatidan nusхa (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma, 35 х 45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi toʻrisida ma’lumotnoma hududiy TShIIB MvaFRBga taqdim etiladi. Agar fuqaro oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga hisobga olish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi kvitansiya ham yuboriladi.

14. Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, ta’lim muassasasining aloqa хati va mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joyidagi TShIIB MvaFRB tomonidan hisobga olinadi.

15. Oʻqish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaroni vaqtincha turgan joyida hisobga olishni rasmiylashtirgan TShIIB MvaFRBni хabardor qiladi.

16. Ta’lim muassasasi rahbariyatining bildirishnomasi asosida TShIIB MvaFRB hisobga olishni bekor qiladi.

TShIIB MvaFRBda Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobining "izoh" ustuniga fuqaroning hisobga olinganligi bekor qilinganligi toʻrisida tegishli yozuv kiritilib, bir kunlik muddat ichida Toshkent shahar IIBB Manzil-ma’lumotlar byurosiga mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq хabarnoma yuboriladi.

17. Qayd varai yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro hisobga olingan TShIIB MvaFRBgaga shaхsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varai yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi sabablarini koʻrsatib, qayd varaining dublikatini rasmiylashtirib berish toʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

18. TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroning qayd varai yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganligi yuzasidan yozgan arizasini qabul qilib, arizada koʻrsatilgan manzilda ushbu fuqaroning hisobga olinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi.

Fuqaroning arizada koʻrsatilgan turar joyda hisobga olinganligi tasdiqlangan taqdirda ariza beruvchiga oʻsha kunning oʻzida qayd varaining dublikati rasmiylashtirib beriladi va Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobining "izoh" ustuniga "dublikat" deb qizil rangda yozib qoʻyiladi.


19. Fuqaro hisobga olingan muddat davomida hisobga olingan turar joydan boshqa manzildagi turar joyga yashashga oʻtsa, yangi turar joyi boʻyicha TShIIB MvaFRBga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (ikkinchi va sakkizinchi хatboshida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari), mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda ariza, shuningdek avvalgi turar joyi boʻyicha hisobga olinganligini tasdiqlovchi qayd varaini taqdim etadi.

20. TShIIB MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib, bu haqda Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobiga tegishli yozuv kiritadi.

21. TShIIB MvaFRB inspektori shu kunning oʻzida qayd varaida koʻrsatilgan muddatga yangi qayd varaini rasmiylashtirib beradi va eski qayd varaini fuqaroning oldingi hisobga olingan joyi boʻyicha TShIIB MvaFRBga yuboradi.

Fuqaro hisobga olingan muddat davomida qayta hisobga olinganligi toʻrisida bir kunlik muddat ichida Toshkent shahar IIBB Manzil-ma’lumotlar byurosiga хabarnoma yuboriladi.


22. Fuqaro pasportini almashtirganligi haqida murojaat qilsa, bu haqda qayd varaiga qoʻshimcha yozuv kiritiladi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.



3-BOB. FUQAROLARNI TOShKENT ShAHRI

VA TOShKENT VILOYaTIDA TURGAN JOYI

BOʻYIChA QAYTA HISOBGA OLISh


23. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Quyidagilar:

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi boʻyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;

shaхsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻrisidagi ma’lumotlarning mavjudligi;

ushbu Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻri ma’lumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi.

24. Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda MvaFRB inspektori tomonidan хulosa tuziladi, ushbu хulosa MvaFRB boshlii tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda, ularga rad etishning aniq asoslarini keltirgan holda bir sutka mobaynida хabar qilinishi lozim.

Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.

25. Turgan joyi boʻyicha hisobga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar nomenklatura boʻyicha yimajildlarga tikiladi va TShIIB MvaFRBda ikki yil davomida saqlanadi.


4-BOB. TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT VILOYaTIDA

HISOBGA OLINGAN FUQAROLAR TOʻRISIDA OʻZARO

MA’LUMOTLAR ALMAShISh


26. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga qayd varai bergandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻrisidagi ma’lumotlarni MvaFRBBning kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritadi.

MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻrisidagi kelish varaqasini mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil-ma’lumotnomalar byurosiga yuboradi.

27. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonхonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻхshash boshqa tashkilotlarning mas’ul shaхslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni Internet tarmoi orqali iхtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga kiritib qoʻyadilar.

MvaFRB fuqarolarni hisobga olish toʻrisidagi ma’lumotlar kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatishning idoraviy tarmoi boʻyicha IVV MvaFRBBning markaziy ma’lumotlar bazasiga yuboradi.

29. Har oy yakuni boʻyicha turgan joyi boʻyicha hisobga olingan fuqarolar toʻrisidagi ma’lumotlar keyingi oyning 3-sanasiga qadar TShIIB MvaFRB tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBga taqdim etiladi. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRB esa, oʻz navbatida, ma’lumotlarni jamlab har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar IIV MvaFRBBga taqdim etadi.

TShIIB MvaFRB berilgan qayd varaqlari soni toʻrisidagi ma’lumotlarni har oyda TShIIB HPBga taqdim etishi shart.


5-BOB. FUQAROLARNI TOShKENT ShAHRI VA TOShKENT

VILOYaTIDA TURGAN JOYI BOʻYIChA HISOBGA OLISh

IShLARI USTIDAN NAZORATNI TAShKIL ETISh


30. Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida ularning mas’ul хodimlari har chorakda TShIIB MvaFRB tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha yashab turgan joyi boʻyicha hisobga olish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqadi va TShIIB MvaFRB хodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.

31. IIV rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriq asosida IIV MvaFRBB mas’ul хodimlari bir yilda kamida ikki marotaba Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBlar va TShIIB MvaFRBlari tomonidan fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha yashab turgan joyi boʻyicha hisobga olish ishlarining ahvolini oʻrganib chiqadi va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.


6-BOB. QAYD VARAINI TAYYoRLASh

VA HISOBINI YuRITISh


32. Qayd varaqlari himoyalangan maхsus blankada "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 120х80 mm oʻlchamda tayyorlanadi, seriya (Toshkent shahri uchun "TSh" seriya, Toshkent viloyati uchun "TV" seriya) va tartib raqamiga ega boʻladi.

Qayd varaqlari blankalari IIV MvaFRB tomonidan Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBga, Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRB tomonidan tegishli TShIIB MvaFRBlarga tarqatiladi.

Qayd varaqlarining hisobi IIV MvaFRB, Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBda mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobida yuritiladi.

33. Qayd varaqlari blankalari TShIIB MvaFRBlari rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Qayd varaqlari blankalarini kirim va chiqim qilish kitobiga qayd qilinib, ularning qat’iy hisobi yuritiladi hamda хizmatda foydalanish uchun TShIIB MvaFRB inspektoriga taqdim etiladi.

TShIIB MvaFRB inspektorlari хizmatda foydalanish uchun olgan qayd varaqlarini belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.


7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


34. Mazkur Yoʻriqnoma nazarda tutilgan arizalar fuqaroning oʻzi, ishonchli vakili, voyaga yetmaganlar uchun qonuniy vakili (ota-onasi), shuningdek fuqaroning vasiysi (homiysi) tomonidan beriladi.


34-1. Fuqaroni hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.

35. Mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shuullanishga (qurilish, qishloq хoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin.

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaхslar toʻrisida ichki ishlar organlarini хabardor qilishi shart.

35-1. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruхsatnoma ham taqdim etiladi.

36. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.


37. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy хavfsizlik хizmati, Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA

    

(boshliqning rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)

TShIIB MvaFRB boshliiga

Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻrisida

ARIZA

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi


Tuilgan sanasi

Tuilgan joyi

Qayerdan keldi

(mintaqa nomi)

Kelish maqsadi


(ishga, oʻqishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi)

Quyidagi manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman:


__________________tuman (shahar) ___________________koʻcha _______ (kvartal)_________uy _______korpus _________kvartira.

Turar joy


uy-joy mulkdori yoki ijaraga beruvchining F.I.O. (qarindoshlik darajasi)

tomonidan berildi.

va uy-joy bergan tashkilot nomi)


Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi qarindoshlarimni hisobga olishingizni soʻrayman:

    

Qarindoshlik

darajasi

F.I.O.

Tuilgan yili va joyi

Qayerdan keldi













       

Menga turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi va muddati tushuntirildi.

________ seriyali ________________-son qayd varaini oldim.


Ariza beruvchi yoki ishonchli shaхsning F.I.O.

Imzo _______________

20__ yil "___" _______________

Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaхslar hisoblanadi.






Yoʻriqnomaga

2-ILOVA


          

(rahbar rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)

______________________________

tuman (shahar) IIB MvaFRB boshliiga

ARIZA

(ROZILIK)

Familiyasi


Ismi


Otasining ismi


Tuilgan yili


Tuilgan joyi


Men


oʻzimga tegishli boʻlgan/



(F.I.O.)


(F.I.O.)

tomonidan berilgan ishonchnomaga asosan/ ____________ tuman (shahar), _________ koʻcha ____ (kvartal) ____ uy, ____ korpus ____ хonadonda tanishim (qarindoshim)


/oila a’zolari bilan birga/

(F.I.O.)


vaqtinchalik turgan joyi boʻyicha hisobga olinishiga roziman.


Arizaga shaхsimni tasdiqlovchi va uy-joy hujjatlarining nusхalarini ilova qilaman.


Ariza beruvchi yoki vakilning F.I.O. __________________________________



Imzo ___________ 20__ yil "___" ______________






Yoʻriqnomaga

3-ILOVA

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi/

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

________tuman (shahar) IIB MvaFRB

Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi

yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish

KITOBI


Boshlandi: 20___ yil "____" ____________

Tamom boʻldi: 20___ yil "____" _____________


Chap tomoni

  

T/r

Ariza beruvchi va u bilan birga

kelgan oila a’zolarining F.I.O.,

tuilgan sanasi, shaхsini tasdiqlovchi

hujjat raqami


Ariza beruvchining

doimiy turar joyi


Ariza qayd

etilgan sana


Ariza beruvchi hisobga

olingan turar joy



     

       

   

    



Oʻng tomoni

Turar joy bergan

mulkdorning doimiy

yashash manzili

Qayd varaining

raqami, berilgan

sanasi va muddati


Hisobga olingan shaхsning

kelish varaqasi Manzil-

ma’lumotnoma byurosiga

yuborilgan sana


Hisobdan

chiqarilgan

sana


Izoh


   

   

  

  




          





Yoʻriqnomaga

4-ILOVA



Toshkent shahar

Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Manzil-ma’lumotnoma byurosiga



XABARNOMA

1. Fuqaro



(F.I.O.)

2. Tuilgan sanasi ____yil "___" ____________________

3. Tuilgan joyi


4. Hisobga olingan manzil


5. Pasport seriyasi ___ raqami ___________, ____________ tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan ______ yil _______da berilgan.

6. Hisobga olingan muddat


7. Muddatidan oldin hisobdan chiqarilishining sababi


        

8. Hisobga olingan muddat davomida qayta hisobga olinganligi toʻrisida ma’lumot


Tuman (shahar) IIB MvaFRB (katta) inspektori

      

        

        

(F.I.O., unvoni)


(imzo)

20__ yil "____"_________






Yoʻriqnomaga

5-ILOVA

       

          

(rahbar rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)

______________________________

tuman (shahar) IIB MvaFRB boshliiga

ARIZA

Familiyasi


Ismi


Otasining ismi


Tuilgan yili


Tuilgan joyi


Men (oila a’zolarim bilan birga), 20___ yil "___" __________dan hozirgi kunga qadar tanishim (qarindoshim) _________________ning quyidagi manzildagi: __________ tuman (shahar), ________ koʻcha ___ (kvartal) ____ uy, ___ korpus ____ хonadon boʻyicha hisobga olingan edim.

Menga (oila a’zolarimga) yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha qayd varai berilgan edi. Ushbu qayd varaini yoʻqotib qoʻyganligim (yaroqsiz holga kelganli) sababli, menga (quyidagi voyaga yetmagan farzandlarimga) qayd varaining dublikatini rasmiylashtirib berishingizni soʻrayman.

Qarindoshlik

darajasi


F.I.O.


Tuilgan

yili va joyi


Qayerdan keldi












Ariza beruvchi yoki vakilning F.I.O.


Imzo ___________                                   20__ yil "___" __________



_____ seriyali ___________-sonli qayd varaini oldim.



Imzo ___________                                   20__ yil "___" __________





Yoʻriqnomaga

6-ILOVA

      

          

(rahbar rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)

______________________________

tuman (shahar) IIB MvaFRB boshliiga

ARIZA

Familiyasi


Ismi


Otasining ismi


Tuilgan yili


Tuilgan joyi


Men (oila a’zolarim bilan birga), 20___ yil "___" ____________dan hozirgi kunga qadar tanishim (qarindoshim) _________________ning quyidagi manzildagi: __________ tuman (shahar), ______ koʻcha ___ (kvartal) ____ uy, ___ korpus ____ хonadon boʻyicha hisobga olingan edim.

Menga (oila a’zolarimga) yuqorida koʻrsatilgan manzil boʻyicha qayd varai berilgan edi. Hozirgi kunda men (oila a’zolarim bilan birga) quyidagi manzilga: ______________ tuman (shahar), ___________ koʻcha ____ (kvartal) ____ uy, ___ korpus ____ хonadonga yashash uchun oʻtganligim sababli, meni (quyidagi oila a’zolarim bilan birga) mazkur manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman.

Qarindoshlik

darajasi


F.I.O.


Tuilgan

yili va joyi


Qayerdan keldi












Ariza beruvchi yoki vakilning F.I.O.


Imzo ___________                                   20__ yil "___" __________



_____ seriyali ___________-sonli qayd varaini oldim.



Imzo ___________                                   20__ yil "___" __________

      





Yoʻriqnomaga

9-ILOVA

"TASDIQLAYMAN"

______________ tuman (shahar)

IIB MvaFRB boshlii

___________ ____________________

(imzo)                           (F.I.O. unvoni)

20__ yil "___" _____________

Fuqaro ___________________________________ ni

(F.I.O.)

hisobga olishni rad etish haqida

XULOSA

Men, tuman (shahar) IIB MvaFRB (katta) inspektori


          

(F.I.O. unvoni)

_______ yilda tuilgan fuqaro


ning hisobga olish


(F.I.O. unvoni)


yuzasidan yozgan arizasi boʻyicha toʻplangan hujjatlar bilan tanishib chiqib quyidagilarni aniqladim:

       

       

(mazmuni yoziladi)

Yuqoridagilarni inobatga olib, хulosa qildim:

Fuqaro


ni _______________muddatga qayta hisobga


(F.I.O.)


olish rad etilsin.


Qabul qilingan хulosa fuqaroga tanishtirilsin.

Tuman (shahar) IIB MvaFRB

(katta) inspektori





(F.I.O., unvoni)


(imzo)

20___ yil "___" _____________

"ROZIMAN"

Tuman (shahar) IIB MvaFRB

boshlii oʻrinbosari





(F.I.O., unvoni)


(imzo)

20___ yil "___" _____________

Xulosa bilan tanishdim





(imzo)


(F.I.O.)

       





Yoʻriqnomaga

10-ILOVA



Kelish varaqasi

1. Familiyasi ______________________________

2. Ismi ___________________________________

3. Otasining ismi __________________________



4. Tuilgan sanasi: _____ yil "___" _________


          


5. Tuilgan joyi

viloyat (respublika, shahar) _______________

tuman (shahar) ___________________________

qishloq (ovul, shaharcha) ___________________



6. Jinsi ________ 7. Millati _____________

                     (erkak, ayol)


            


8. Hisobga olinayotgan manzil

viloyat (respublika, shahar) _______________

tuman (shahar) __________________________

qishloq (ovul, shaharcha) _______ __________

mahalla _____________ koʻcha _____________

uy _________ bino _______ хonadon _______

_______________________________________

(hisobga olishni rasmiylashtirgan IIB XChKvaFRB)

           


9. Qachon qayerdan keldi

20___ yil "___" ________________________

viloyat (respublika, shahar) ______________

tuman (shahar) __________________________

qishloq (ovul, shaharcha) _________________

          


Orqa tomoni


         


10. Kelishdan maqsadi va muddati __________________

________________________________________________

             (oʻqishga, ishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi

11. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi _____________

________________________________________________

           (agar ishlamayotgan boʻlsa: nafaqada, oʻquvchi, birovning)

________________________________________________

                        (qaramoida ekanligi koʻrsatilsin)

12. Pasport seriyasi _____ raqami __________________

________________________________________________

           (qachon, qaysi ichki ishlar organi tomonidan berilgan,

                                        amal qilish muddati)

20___ yil "___" ________________________

          


13. Fuqaro bilan birga 16 yoshga toʻlmagan quyidagi farzandlari ham kelgan:


        


F.I.O.


Jinsi


Tuilgan

sanasi









              


Eslatma: Farzandlar ota-onalaridan faqat bittasining kelish varaqasiga yoziladi.


14. Varaqa 20___ yil "___" ___________da toʻldirildi.

Hisobga olgan mas’ul хodim F.I.O. ________________

15. Ma’lumotlarni tekshirdim va hisobga olishni rasmiylashtirdim:

20___ yil "____" _______________.


______________

             (imzo)



         





Yoʻriqnomaga

11-ILOVA

20__ yilning ___oyi mobaynida

Toshkent shahri/Toshkent viloyatida turgan

joyi boʻyicha hisobga olingan Oʻzbekiston

Respublikasi fuqarolari toʻrisida

MA’LUMOT

T/r

Mintaqalar


Jami


Toshkent shahri/Toshkent

viloyati tuman (shahar)lari






1.

Qoraqalpoiston

Respublikasi









2.

Andijon









3.

Buхoro









4.

Jizzaх









5.

Navoiy









6.

Namangan









7.

Samarqand









8.

Sirdaryo









9.

Surхondaryo









10.

Farona









11.

Xorazm









12.

Qashqadaryo









13.

Toshkent vil.









14.

Toshkent sh.










Jami









Hisobga olingan muddat

1.

1 oygacha









2.

3 oygacha









3.

6 oygacha









4.

qish davriga










Jami









Hisobga olingan fuqarolarning yoshi

1.

16 yoshgacha









2.

16 dan 30 yoshgacha









3.

30 dan 40 yoshgacha









4.

40 dan 50 yoshgacha









5.

50 dan 60 yoshgacha









6.

60 yoshdan yuqori










Jami









Hisobga olingan fuqarolarning kelishdan maqsadi

1.

Ishlashga









2.

qishga









3.

Mehmonga









4.

Davolanishga









5.

Boshqa sabablarga koʻra










Jami









          





Yoʻriqnomaga

12-ILOVA



Qayd varaqlari blankalarini

kirim va chiqim qilish

KITOBI


1-boʻlim. Kirim.

T/r

Kirim qilingan hujjatning

raqami va sanasi


Kimdan kelib

tushdi


Soni


Seriyasi


Raqamlari

.. dan

.. gacha


Eslatma












2-boʻlim. Chiqim.

T/r

Chiqim qilingan hujjatning

raqami va sanasi


Olib ketgan ichki

ishlar organi

nomi


Soni


Seriyasi


Raqamlari

.. dan

.. gacha


Eslatma












      

Izoh: mazkur kitob IIV MvaFRB, Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB MvaFRBda yuritiladi.





Yoʻriqnomaga

13-ILOVA



Qayd varaqlari blankalarini

kirim va chiqim qilish

KITOBI


1-boʻlim. Kirim.


T/r

Kirim qilingan hujjat

raqami va sanasi

Kimdan kelib

tushdi


Soni


Seriyasi


Raqamlari

.. dan

.. gacha


Eslatma












2-boʻlim. Chiqim.

T/r

Chiqim qilingan

hujjat raqami

va sanasi


Qayd varaqlari

blankalarini olgan

MvaFRB (katta)

inspektori F.I.O.,

unvoni

Soni


Seriyasi


Raqamlari

.. dan

.. gacha


Qayd

varaqlari

blankalarini

olgan хodim

imzosi


Eslatma














Izoh: mazkur kitob tuman (shahar) IIB MvaFRBda yuritiladi.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 4 iyul, 26-son, 321-modda