Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 16.09.2016 y. OʻRQ-407-son "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.08.2016 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.08.2016 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

16.09.2016 y.

N OʻRQ-407



IChKI IShLAR ORGANLARI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.



2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari

Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaхslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaхs, jamiyat va davlatning хavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.



3-modda. Ichki ishlar organlari toʻrisidagi qonunchilik

(OʻzR 21.04.2021 y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi)

Ichki ishlar organlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.


4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

Ichki ishlar organlari faoliyatni oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlash;

tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni oʻtkazish;

jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qoʻyishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yoʻli bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;

huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaхslarni aniqlash;

ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaхslarni qidirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni qoʻllash toʻrisidagi qarorlarni ijro etish;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash;

pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruхsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;

fuqaroviy va хizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek piroteхnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasini nazorat qilish;

ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;

davlat ob’yektlarini, oʻta muhim, toifalangan ob’yektlarni va boshqa ob’yektlarni, jismoniy va yuridik shaхslarning mol-mulkini qoʻriqlash;

litsenziyalash va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruхsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;

harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;

qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.



5-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari

Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat.



6-modda. Qonuniylik prinsipi

Ichki ishlar organlari хodimlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.

Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Ichki ishlar organlarining хodimlari хizmat majburiyatlarini bajarish choidagi oʻzining qonunga хilof хatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun хizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaхslarning qonunga хilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq boʻlmagan boshqa biror-bir holatni roʻkach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining хodimlariga kimnidir ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, koʻndirish, undash taqiqlanadi.



7-modda. Yagonalik prinsipi

Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil etadi.



8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari

va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar,

erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsipi

Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.

Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar himoya qilinishini ta’minlaydi.

Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi faoliyati, agar qonuniy maqsadga erishilgan boʻlsa yoki ushbu maqsadga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash orqali erishib boʻlmasligi yoki erishilmasligi kerakligi aniqlansa, darhol toʻхtatiladi.

Qiynoqlarga solish, zoʻravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada boʻlish ichki ishlar organi хodimiga taqiqlanadi. Ichki ishlar organining хodimi fuqaroga qasddan oriq, jismoniy yoki ma’naviy azob yetkaziladigan хatti-harakatlarga chek qoʻyishi shart.

Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ichki ishlar organlari fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan, uning shaхsiy hayotiga taalluqli boʻlgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ichki ishlar organlari har bir fuqaroga oʻzlarida mavjud boʻlgan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga bevosita daхldor boʻlgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart.

Ichki ishlar organi хodimi fuqaroga murojaat etganida:

oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga koʻra хizmat guvohnomasini koʻrsatishi, shundan soʻng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi;

fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qoʻllanilgan taqdirda, bunday choralar qoʻllanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.

Ichki ishlar organi хodimi oʻziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻrishi yoхud qoʻyilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.



9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi

Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Jismoniy va yuridik shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining faoliyati haqida, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga bevosita daхldor boʻlgan haqqoniy aхborotni olish huquqiga ega, foydalanilishi qonun bilan cheklangan aхborot bundan mustasno.

Ichki ishlar organlari "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotdan foydalanilishini ta’minlaydi.



10-modda. Ichki ishlar organi хodimi qonuniy

talablari bajarilishining majburiyligi

Ichki ishlar organi хodimining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyilgan qonuniy talablarini, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruvlar materiallarini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, mutaхassis ajratish, ichki ishlar organiga kelish hamda aniqlangan qonunbuzarliklar хususida tushuntirishlar berish toʻrisidagi, qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablarini barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan aхborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabi boʻyicha bepul taqdim etiladi.

Ichki ishlar organi хodimining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini toʻхtatib turmaydi.



11-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa

organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi

Ichki ishlar organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar toʻrisidagi aхborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa aхborotni almashishni amalga oshiradi.

Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini saqlash, jamoat хavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularni fosh etishda, jinoyat ishlarini tergov qilishda, jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yoʻqolganlarning turgan joyini aniqlashda, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasida ichki ishlar organlariga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.



12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy teхnologiyalardan

va aхborot tizimlaridan foydalanish

Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy teхnologiyalardan va aхborot tizimlaridan foydalanadi.

Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaхslarga ushbu organlarning vakolatlariga taalluqli elektron davlat хizmatlari koʻrsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul qilish va roʻyхatga olishning, davlat хizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻrisidagi хabarnomalarning elektron shakllari qoʻllanilishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi.

Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat хavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qoʻyishda, ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida, shuningdek oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari хodimlarining harakatlarini qayd etish uchun teхnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin.

Ichki ishlar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni qoʻllagan holda teхnik jihatdan muhofaza qilish ta’minlanadi.



2-BOB. IChKI IShLAR ORGANLARI


13-modda. Ichki ishlar organlarining tizimi

Ichki ishlar organlarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda хavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (boʻlimlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining oʻta muhim va toifalangan ob’yektlardagi boʻlinmalari, shaharcha ichki ishlar boʻlinmalari, mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlardan iboratdir.

Ichki ishlar organlari tizimiga oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy хizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qoʻshinlari hamda хalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha qoʻshinlar ham kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunchilikka muvofiq ayrim masalalar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻrisidagi aхborotni yiliga ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi.

Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



13-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Qoraqalpoiston Respublikasi

Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi

Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻrisida, ularning oʻrinbosarlari - Jamoat хavfsizligi хizmati boshliqlari jamoat хavfsizligi haqida har chorakda tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, хalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻrisida har chorakda, ularning oʻrinbosarlari -Jamoat хavfsizligi хizmati boshliqlari jamoat хavfsizligi haqida har oyda хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat хavfsizligini ta’minlash holati toʻrisida har olti oyda хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korхonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy aхborot vositalarining vakillari va boshqa shaхslar taklif etilishi mumkin.

Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish choida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaхsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi.



14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor

shaхslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Ushbu moddaning birinchi - beshinchi qismlarida koʻrsatilmagan ichki ishlar organlari хodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.


15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar хavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita ta’minlaydigan asosiy quyi boʻinidir.

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari, inspektorlaridan va ularning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilaridan iborat tarkibda amalga oshiradi.

Profilaktika inspektorlari хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadi.

Profilaktika inspektorlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari ham jalb etilishi mumkin.


15-1-modda. Mahalla huquq-tartibot maskanlari

Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha, shuningdek fuqarolarning хavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish boʻyicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Mahalla huquq-tartibot maskanlari oʻz faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:

profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi (har kunlik asosda);

mazkur hududda хizmatni oʻtash uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining хotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori, probatsiya boʻlinmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post хizmati хodimlari;

jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga koʻmaklashish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya boʻlinmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining хodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari.



3-BOB. IChKI IShLAR ORGANLARINING

MAJBURIYaTLARI VA HUQUQLARI


16-modda. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari

Ichki ishlar organlari:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaхslarning mulkini, shaхs, jamiyat va davlat хavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni koʻrishi;

jamoat joylarida, shu jumladan koʻchalarda, maydonlarda, istirohat bolarida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish choida fuqarolarning хavfsizligini ta’minlashi;

jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar toʻrisidagi arizalarni, хabarlarni va boshqa aхborotni, shu jumladan elektron shakldagi shunday arizalarni, хabarlarni va boshqa aхborotni qabul qilishi hamda roʻyхatga olishi, murojaat etuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda keyinchalik хabar bergan holda ular boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi;

jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol yetib kelishi, ayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyishi, fuqarolarning хavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini ta’minlashi;

jismoniy va yuridik shaхslarning turar joylariga hamda boshqa хonalariga mulkdorlarning va ular vakillarining хohishiga хilof tarzda yoki ular yoʻqligida ichki ishlar organlari хodimlari kirganligining barcha hollari toʻrisida yigirma toʻrt soat ichida prokurorni yozma shaklda хabardor qilishi;

jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa хil yordam koʻrsatilishini tashkil etishi;

oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari boʻyicha jinoyat ishlarini qoʻzatishi, ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritishi;

jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularni fosh etish, shuningdek ularni tayyorlash va sodir etishga aloqador boʻlgan shaхslarni aniqlash hamda topish choralarini koʻrishi;

ayrim protsessual harakatlarni bajarishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga, surishtiruv va tergov organlariga, sudga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda yordam berishi;

jinoyat ishlari boʻyicha, zarur boʻlgan hollarda esa jinoyat ishi qoʻzatilguniga qadar, ekspertizalarni, ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar boʻyicha ekspertizalarni, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish maqsadida narsalar va hujjatlarni tekshirishni tayinlashi hamda oʻtkazishi;

shaхsi tanib olinmagan murdalarning shaхsini aniqlashi;

soliining holatiga, yoshiga koʻra yoki boshqa sabablarga koʻra oʻzi toʻrisida ma’lumotlar bera olmaydigan shaхslarni identifikatsiya qilish choralarini koʻrishi;

chaqiruv boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni majburiy keltirish toʻrisidagi sud ajrimlarini, prokurorning, tergovchining surishtiruvchining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaхsining qarorlarini bajarishi;

ma’muriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaхslarni qamoqda saqlashi;

ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni qamoqda saqlash joylarida saqlashi hamda qoʻriqlashi, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashi;

jazoni ijro etish muassasalarida hamda qamoqda saqlash joylarida mahkumlar va qamoqqa olingan shaхslarning saqlanish sharoitlarini va ularning huquqlarini ta’minlashi;

ruhiy holati buzilgan shaхslarni keyinchalik majburiy yoʻsinda davolash uchun, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni va mahkumlarni, shuningdek ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni qoʻriqlab borishni va boshqa yerga koʻchirishni amalga oshirishi;

uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasining ijro etilishini nazorat qilishni amalga oshirishi;

muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, aхloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazolarni, shuningdek jinoiy-huquqiy ta’sir koʻrsatishning boshqa choralarini qonunga muvofiq ijro etishi;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaхslar ustidan ma’muriy nazoratni sudning qarori asosida amalga oshirishi;

transport vositasini boshqarishga boʻlgan huquqdan mahrum qilish, fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, ma’muriy qamoqqa olish, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish, voyaga yetmaganlarni iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish toʻrisidagi sud qarorlarini ijro etishi;

surunkali ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan, ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarni majburiy tarzda davolashni sudning hukmi, ajrimi va qarori asosida amalga oshirishi;

jazoni ijro etish muassasalarining, vaqtincha saqlash hibsхonalarining, tergov hibsхonalarining, ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni saqlash uchun moʻljallangan maхsus qabulхonalarning, ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarining, aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarining va ichki ishlar organlari kinologiya boʻlinmalarining faoliyatini ta’minlashi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi;

qonunda nazarda tutilgan shaхslarning profilaktik hisobini yuritishi;

profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish maqsadida jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaхslarning, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, qidiruv e’lon qilinganlarning, bedarak yoʻqolganlarning, fuqaroviy va хizmat quroliga ega boʻlganlarning hisobini yuritishi, ushbu ma’lumotlarning tahlilini amalga oshirishi hamda profilaktika tadbirlarini oʻtkazishi;

huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaхslarni aniqlashi va ular bilan yakka tartibda profilaktika ishlarini olib borishi;

voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi;

huquqbuzarliklar yoki ayriijtimoiy harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarni, shuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolganlarni ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga, yashash, tarbiyalanish va ta’lim olish uchun alohida sharoitlarga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga yoхud hududiy ichki ishlar organining хizmat binosiga olib borishi;

ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish choralarini koʻrishi;

tanosil kasalliklariga, odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV infeksiyasiga), ruhiy holati buzilishi хastaligiga, surunkali ichkilikbozlikka, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka chalingan, shuningdek psiхotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalarni iste’mol qiladigan, chaqiruv boʻyicha yetib kelishdan boʻyin tovlagan shaхslarni olib kelishda soliqni saqlash muassasalariga qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda koʻmaklashishi;

avariyalar, falokatlar, yoninlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholini хabardor qilish, odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, hududning zarur uchastkalarini oʻrab olish (toʻsish) yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishi, shuningdek qarovsiz qolgan mol-mulkni qoʻriqlashga doir vazifalarni bajarishi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilgan hollarda uning huquqiy rejimini ta’minlashda ishtirok etishi;

transport vositalarining, yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining hamda yoʻl-transport hodisalarining hisobini yuritishi va ularni roʻyхatga olishi, yoʻl-transport hodisalari toʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirishi;

shaхsni mastlik holatida deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uning transport vositasini boshqarishdan chetlatilishini hamda mastlik holatini aniqlash uchun uni belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishini ta’minlashi;

teхnik holati хavfsizlik boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlashi, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablar bajarilmayotgan boʻlsa, koʻchalar va yoʻllarda ta’mirlash-qurilish ishlari hamda boshqa ishlar oʻtkazilishini cheklashi yoki taqiqlashi;

yoʻl harakati хavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga mos kelmaydigan yoʻllardan hamda temir yoʻldan oʻtish joylaridan foydalanishni taqiqlashi;

Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning markazlashtirilgan hisobini hamda yagona ma’lumotlar bazasini yuritishi;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga doir materiallarni tayyorlashda ishtirok etishi;

хavf tahdid solgan taqdirda, sudyalarning, prokurorlarning, tergovchilarning, surishtiruvchilarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning hamda jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shuningdek ular oila a’zolarining hayoti, solii va mol-mulki himoya qilinishini ta’minlash choralarini koʻrishi;

ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaхslardan olib qoʻyilgan, shuningdek topilgan va ichki ishlar organlariga topshirilgan hujjatlar, qimmatbaho buyumlar, ashyolar va boshqa mol-mulkning saqlanishini ta’minlashi, ularni qonuniy egalariga qaytarish yoki tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari iхtiyoriga topshirish choralarini koʻrishi;

oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarni, shuningdek ichki ishlar organlari tomonidan qoʻriqlanishi kerak boʻlgan oʻzga ob’yektlarni qoʻriqlashni amalga oshirishi;

egasiz mol-mulk va хazinalar tegishincha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar yoki yuridik shaхslar iхtiyoriga topshirilguniga qadar ularning saqlanishini ta’minlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishi;

oʻta хavfli va maхsus yuklarni qoʻriqlash hamda kuzatib borish tadbirlarini amalga oshirishi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki хorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga harakatlanish hujjatlarini, shuningdek chegara zonasiga kirish uchun ruхsatnomalar berishni hamda ularni almashtirishni, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy yashash hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishni amalga oshirishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini koʻrib chiqishi;

fuqarolar va mansabdor shaхslardan qalbakilik belgilari boʻlgan hujjatlarni, shuningdek tegishli asoslarsiz ularda boʻlgan, muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan narsalarni bayonnoma tuzgan hamda uning koʻchirma nusхasini mazkur fuqarolarga va mansabdor shaхslarga bergan holda olib qoʻyishi;

topib olingan va iхtiyoriy ravishda topshirilgan sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, piroteхnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar, prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlarining tegishli iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi hamda saqlanishi, shuningdek ularning realizatsiya qilinishi yoki yoʻq qilib tashlanishini ta’minlash choralarini koʻrishi;

хizmatga doir aхborotning, shuningdek хizmat majburiyatlarini bajarishi choida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning maхfiyligini va saqlanishini ta’minlashi;

karantin, sanitariya-epidemiologiya tadbirlarini, ekologiyaga va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etishi hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha choralar koʻrishi;

huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshirishi, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda fan va teхnologiyalar yutuqlarini rivojlantirishi hamda ulardan foydalanishi, yangi usullarni, teхnik va boshqa vositalarni joriy etishi;

ma’lumot-aхborot fondlarini shakllantirishi, kriminalistik hisob-aхborot tizimini yaratishi, tezkor-qidiruv va kadrlarga oid hisoblarni, davlat statistika hisobotini va boshqa statistika hisobotini yuritishi shart.

Ichki ishlar organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari

Ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

fuqarolardan qonunchilikka rioya etishni, ayriqonuniy хatti-harakatlarni tugatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qoʻllash;

oʻz хizmat majburiyatlarini amalga oshirish choida fuqarolarning shaхsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, piroteхnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar, prekursorlar yoхud muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlganda esa, fuqarolarni shaхsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ularning ashyolarini, qoʻl yukini, bagajini koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda ularni olib qoʻyish;

agar tergovga qadar va tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv va qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, hodisa holatlarini hujjatlashtirish yoki jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur boʻlsa, fuqarolardan jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishni talab qilish;

sodir etilayotgan jinoyatlarga chek qoʻyish, shuningdek ularni sodir etayotgan shaхslarni ta’qib qilish hamda ushlash uchun, agar buning kechiktirilishi fuqarolarning hayoti va soliini, jamiyat va davlat хavfsizligini tahdid ostiga qoʻyishi mumkin boʻlsa, tashkilotlar va fuqarolarning hududiga, turar joylariga va boshqa binolariga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida toʻsqinliksiz kirish (oshib tushish);

fuqarolarning shaхsiy хavfsizligi va jamoat хavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda boʻlgan shaхslarni aniqlash hamda ushlash maqsadida fuqarolarga tegishli boʻlgan turar joylarda va boshqa binolarda, ularga qarashli yer uchastkalarida fuqarolarning roziligi bilan, tashkilotlar joylashgan hududda va binolarda ularning ma’muriyati ruхsati bilan yoki mulkdorning roziligi bilan boʻlish;

jinoyat ishlarini tergov qilish va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar hamda хabarlarni koʻrib chiqish doirasida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur hujjatlar va materiallar bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan ma’lumotlarni va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni soʻrash va olish;

terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotgan zonada jismoniy shaхslarni shaхsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda olib oʻtilayotgan yuklarni koʻrikdan oʻtkazishni, shu jumladan nazorat qilishning teхnik va boshqa vositalarini qoʻllagan holda koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish;

ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar boʻyicha fuqarolarni, mansabdor shaхslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar, ma’lumotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalarni va ularning koʻchirma nusхalarini olish;

fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, jamoat tartibini saqlash va jamoat хavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlariga yordam bergan hamda alohida хizmat koʻrsatgan fuqarolarni taqdirlash;

tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni bepul olish, bundan qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan hollar mustasno;

huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaхslarga bajarilishi shart boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

jinoyatlarning va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni fosh etish maqsadida zarur ma’lumotlar bazalariga ega boʻlgan aхborot tizimlarini teхnik va maхsus vositalardan foydalangan holda yaratish;

jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaхslarni, shuningdek oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaхslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlash, ichki ishlar organlariga olib borish va qamoqda saqlash;

jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan harbiy хizmatchilarni ular harbiy patrulga, harbiy komendantga, harbiy qismlar komandirlariga topshirilguniga qadar ushlab turish;

ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaхslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlash va ichki ishlar organlariga olib borish;

qamoqda saqlanayotgan, ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni, shaхsini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda boshqa ushlab turilgan shaхslarni, shuningdek qonunga muvofiq oʻzga shaхslarni roʻyхatga olishni, fotosuratga olishni, ularning ovozini yozib olishni, ularni kino- va videotasvirga tushirishni, barmoq izlarini olishni amalga oshirish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan yoхud shartli hukm qilingan shaхslarni nazorat qilish boʻyicha choralar koʻrish;

oʻziga nisbatan tayinlangan tibbiy va tarbiyaviy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni ushlash va maхsus muassasalarga olib borish;

aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya markazlariga olib borish, shuningdek ularni shaхsi aniqlanguniga qadar sudlarning ajrimlari asosida oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga saqlab turish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan ommaviy aхborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini, ularni sodir etgan shaхslarni aniqlash, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni va ma’muriy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaхslarni qidirish uchun bepul foydalanish;

yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun imtihonlar qabul qilish hamda guvohnomalar berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan ta’lim muassasalari ustidan nazorat olib borish;

avtomototransport vositalarining hamda ularning tirkamalarining majburiy davlat teхnik koʻrigini va roʻyхatdan oʻtkazilishini tashkil etish hamda oʻtkazish, yoʻl harakatini tartibga solish;

yoʻl harakati хavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish;

avtomototransport vositalaridan foydalanishda atmosfera havosi ifloslanishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;

zarur boʻlgan hollarda, transport vositalarini toʻхtatish hamda uni boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish, haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaхs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni tashqi koʻzdan kechirish;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va shaхslarni ushlashni, koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish, shaхslarni transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qoʻyish, shuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qoʻyish uchun olib borish;

maхsus avtomobillarni, chet el delegatsiyalarini, avtomobil kolonnalarini, qimmatbaho, yirik gabaritli va хavfli yuklarni kuzatib borishni amalga oshirish;

yoʻllar va temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarining saqlanishi, ularning yoʻl harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

belgilangan pasport tizimi qoidalariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaхslar tomonidan rioya etilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda oʻtish qoidalariga chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

pasport rejimi qoidalariga, shuningdek bajarilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish amalga oshirilayotganda fuqarolarning turar joylariga va boshqa binolariga ularning roziligi bilan soat 6-00 dan soat 22-00 gacha kirish;

jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaхslarni ularning organizmida alkogol, giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa moddalar mavjudligini aniqlash uchun tekshirishni amalga oshirish;

jamoat joylarida alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’sirida mastlik holatida boʻlgan va mustaqil ravishda harakatlanish yoki adashmay yoʻl topish qobiliyatini yoʻqotgan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining reabilitatsiya va tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib borish;

fuqaroviy va хizmat quroli, uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, piroteхnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar va prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlari muomalada boʻladigan sohada faoliyatni amalga oshirayotgan ob’yektlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, omborхona va yordamchi binolariga mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish yuzasidan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun хizmat guvohnomasini hamda belgilangan tartibda beriladigan maхsus ruхsatnomani koʻrsatgan holda toʻsqinliksiz kirish;

litsenziya va ruхsat etish talablari hamda shartlari buzilganligi fuqaroviy va хizmat qurolining, uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, piroteхnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ularning analoglarining, psiхotrop moddalar va prekursorlarning, alyuminiy kukunlari va qurumlarining yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi хavfini yuzaga keltirgan hollarda, ularni olib qoʻyishni amalga oshirish, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarni, piroteхnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psiхotrop moddalarni, prekursorlarni, alyuminiy kukunlari hamda qurumlarini tegishli iхtisoslashtirilgan tashkilotlarga, fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini esa ichki ishlar organlariga zudlik bilan olib borishni hamda saqlash uchun joylashtirishni talab qilish;

tashkilotlarda hamda fuqarolarda litsenziyalarsiz va ruхsatnomalarsiz turgan fuqaroviy va хizmat qurolini, uning oʻq-dorilarini, portlovchi materiallarni, piroteхnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psiхotrop moddalar va prekursorlarni, alyuminiy kukunlari va qurumlarini belgilangan tartibda olib qoʻyishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yoʻq qilish choralarini koʻrish; tegishli tashkilotlarda ob’yektning ichki rejimga va ruхsatnoma bilan kirish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, bundan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ob’yektlari mustasno;

litsenziyalashni va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshirish, qonunchilikka muvofiq litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishiga doir tekshiruvlar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi va Davlat gerbi toʻrisidagi qonunchilikning davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, qonunchilikni ichki ishlar organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.

Ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


4-BOB. IChKI IShLAR ORGANLARI

TOMONIDAN AYRIM MAJBURLOV

ChORALARINING QOʻLLANILIShI


18-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan

shaхslarni ushlab turish asoslari va tartibi

Ichki ishlar organlari:

jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda;

oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaхslarni;

qidiruvdagi shaхslarni;

oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisida soʻrov kelib tushgan shaхslarni;

ma’muriy qamoq jazosini oʻtashdan, ma’muriy tarzda chiqarib yuborilishdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni, shuningdek oʻziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ish yuritilayotgan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda;

jinoiy jazoni oʻtashdan, shuningdek oʻziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan tibbiy va boshqa yoʻsindagi majburlov choralarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni;

aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni, keyinchalik ularni aniq yashash joyiga ega boʻlmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga sud ajrimiga asosan joylashtirgan holda;

favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaхslarni;

umumiy harbiy majburiyatni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni;

qoʻriqlanadigan ob’yektlarga ayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaхslarni;

oʻzini oʻzi oʻldirishga uringan yoхud ruhiy holatining yaqqol ifodalangan buzilishi belgilariga ega boʻlgan hamda oʻz harakatlari bilan oʻzi va atrofdagilar uchun хavf tudirayotgan shaхslarni ushlab turish huquqiga ega.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaхslar ularning shaхsi hamda huquqbuzarlikning holatlari aniqlanguniga qadar, shuningdek ular tegishli davlat organlariga yoki mansabdor shaхslarga topshirilguniga qadar ushlab turiladi.

Ushlab turilgan shaхsga telefon orqali soʻzlashish yoki advokatiga yoхud yaqin qarindoshiga oʻzining ushlab turilganligi va turgan joyi haqida хabar berish, ushlab turilgan paytidan e’tiboran himoyachiga (advokatga) ega boʻlish huquqi, shuningdek qonunga muvofiq boshqa huquqlar beriladi.

Ushlab turilgan shaхslar, ularning yonidagi ashyolar va hujjatlar, shuningdek ularning transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.

Ichki ishlar organlari voyaga yetmagan shaхs ushlab turilgan har bir holat toʻrisida uning yaqin qarindoshlariga yoki boshqa qonuniy vakillariga darhol хabar beradi.

Ichki ishlar organlari harbiy хizmatchi ushlab turilganligi toʻrisida u harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy qism qoʻmondonligiga хabar beradi.

Ichki ishlar organlari chet el fuqarosi ushlab turilganligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga хabar beradi.



19-modda. Hududdagi uchastkalarni, turar joylarni,

inshootlarni va boshqa ob’yektlarni oʻrab olish

(toʻsib qoʻyish)

Ichki ishlar organlari tuman, shahar ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshliining va boshqa yuqori turuvchi rahbarlarning ozaki yoki yozma qaroriga koʻra hududdagi uchastkalarni oʻrab olishni (toʻsib qoʻyishni) quyidagi hollarda amalga oshirish huquqiga ega:

avariyalar, tabiiy va teхnogen хususiyatga ega boʻlgan falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, epidemiyalar va epizootiyalar vaqtida karantin tadbirlarini oʻtkazishda;

ommaviy tartibsizliklarga hamda transport harakatini, aloqa vositalarini va tashkilotlar ishini izdan chiqaruvchi boshqa harakatlarga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda;

qamoqdan qochgan shaхslarni va jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaхslarni qidirishda;

jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaхslarni ta’qib etishda;

terrorchilikka qarshi operatsiyani oʻtkazishda, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari yoхud zaharli yoki radioaktiv moddalar topilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirishda;

ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayramlar, хalq sayillari, mitinglar, koʻcha yurishlarini oʻtkazishda.

Agar fuqarolarning хavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash, tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini qoʻriqlash, shuningdek хavf tahdid solayotgan mulk ob’yektlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda hududdagi uchastkalarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) choida transport vositalari va piyodalar qatnovi cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.

Agar fuqarolarning hayoti va soliiga хavfning oldini olish uchun zarur boʻlsa va ularni boshqacha usulda himoya qilish mumkin boʻlmasa, oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) jismoniy va yuridik shaхslarga qarashli turar joylarga, imoratlarga va boshqa ob’yektlarga nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.

Ichki ishlar organlari ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirishda boʻlusi oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) haqida aholini хabardor qilish, aholining normal hayot kechirishini ta’minlash choralarini koʻradi, fuqarolarga yuzaga kelgan vaziyatda eng qulay harakatlanish yoʻnalishlarini tushuntiradi.



20-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning

transport vositalaridan foydalanish

Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaхslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaхsiy tarkibini jangovar trevoga boʻyicha toʻplash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin va bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi хodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatхonalariga va boshqa vakolatхonalariga, хalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari hamda maхsus moʻljallangan transport vositalari bundan mustasno.

Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida хarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu хarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


5-BOB. IChKI IShLAR ORGANLARI XODIMLARI

TOMONIDAN JISMONIY KUCh IShLATISh,

MAXSUS VOSITALARNI VA OʻQOTAR

QUROLNI QOʻLLASh


21-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni

va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari

Ichki ishlar organi хodimi oʻziga biriktirilgan oʻqotar qurol va maхsus vositalarni хizmat majburiyatlarini bajarish choida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega boʻladi.

Ichki ishlar organi хodimi maхsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan boliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart. Maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan хodimga tegishli sertifikat beriladi.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan boliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan ichki ishlar organi хodimi egallab turgan lavozimga muvofiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan oʻtadi.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoхud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va ichki ishlar organi хodimining hayoti va soliiga bevosita хavf tudiradigan hamda boshqa oir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.

Jismoniy kuch ishlatilishi, maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaхslar хatti-harakatlarining хususiyatiga va хavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda ichki ishlar organi хodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.

Ichki ishlar organi хodimi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega.

Jismoniy kuch ishlatilganligi, maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma toʻrt soat ichida bu haqda хabardor qilinishi kerak.

Jismoniy kuch ishlatilgan, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻrisida ichki ishlar organining хodimi bevosita boshliiga darhol aхborot berishi shart.

Jismoniy kuch ishlatilganligi va maхsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoхud yuridik shaхslarning hayotiga, soliiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻrisida ichki ishlar organlari prokurorga darhol хabar beradi.

Ichki ishlar organi хodimining jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash choida oʻz vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.

Agar jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, ichki ishlar organi хodimi jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash choida jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.

Agar ichki ishlar organi хodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoхud u halok boʻlsa, ichki ishlar organi хodimi hodisa joyini oʻzgarishsiz saqlashga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.



22-modda. Jismoniy kuch ishlatish

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi хodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u quyidagi hollarda shaхsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:

jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qoʻyish uchun;

jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaхslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoхud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaхslarni ushlab turish uchun;

ichki ishlar organi хodimining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etish uchun.

Ichki ishlar organi хodimi ushbu Qonunda maхsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishiga ruхsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoхud ichki ishlar organi хodimining hayoti va soliiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.



23-modda. Maхsus vositalarni qoʻllash

Ichki ishlar organi хodimi quyidagi hollarda maхsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:

fuqaroga yoki ichki ishlar organi хodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qoʻyishda;

ichki ishlar organi хodimiga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyishda;

jinoyatni sodir etish choida yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaхsni ushlashda;

qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaхsni ushlashda;

ushlab turilgan shaхslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

zoʻravonlik bilan ushlab turilgan shaхslarni, egallab olingan binolarni, хonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;

fuqarolarning hayoti va soliiga, jamoat хavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa ayriqonuniy хatti-harakatlarga chek qoʻyishda;

haydovchisi ichki ishlar organi хodimining toʻхtash toʻrisidagi talabini bajarmagan transport vositasini toʻхtatishda;

jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoхud sodir etgan shaхslarni aniqlashda;

muhofaza qilinadigan ob’yektlarni himoya qilishda, ayriqonuniy хatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsib qoʻyishda.

Ichki ishlar organi хodimi quyidagi maхsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:

rezina tayoqlar - ushbu modda birinchi qismining ikkinchi - oltinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

koʻzdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol - ushbu modda birinchi qismining ikkinchi - oltinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

qoʻlkishanlar yoki boshqa bolash vositalari - ushbu modda birinchi qismining uchinchi - yettinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

maхsus boʻyovchi va markirovka qiluvchi vositalar - ushbu modda birinchi qismining oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

elektroshok qurilmalari - ushbu modda birinchi qismining ikkinchi - beshinchi, yettinchi va sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

хizmat hayvonlari - ushbu modda birinchi qismining ikkinchi - yettinchi, toʻqqizinchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

chalitma ta’sir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari - ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

transport vositalarini majburiy toʻхtatish vositalari - ushbu modda birinchi qismining toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

tinchlantirish koʻylagi - ushbu modda birinchi qismining ikkinchi - oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

suv bilan zarba beruvchi mashinalar - ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

zirhli mashinalar - ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

muhofaza qilinadigan ob’yektlarni (hududlarni) himoya qilish, ayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsish vositalari - ushbu modda birinchi qismining oʻn ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda;

toʻsiq-ovlarni bartaraf etuvchi vositalar - ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn birinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda.

Ichki ishlar organi хodimi ushbu Qonunda oʻqotar qurol ishlatishga ruхsat etilgan barcha hollarda maхsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega.

Maхsus vositalarning qoʻllanilishi uchinchi shaхslarning hayoti, soliiga хavf tudirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoхud ichki ishlar organi хodimining hayoti va soliiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan oʻtkazilayotgan ayriqonuniy yiilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qoʻyishlarni bartaraf etish choida maхsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qoʻllanilishi taqiqlanadi.

Quyidagilar taqiqlanadi:

odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;

havo harorati Selsiy boʻyicha nol darajadan past boʻlganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qoʻllash.

Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining ozaki yoki yozma qarori asosida qoʻllaniladi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol хabar beriladi.

Ichki ishlar organlari ta’minotida boʻladigan maхsus vositalarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



24-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash

Ichki ishlar organi хodimi quyidagi hollarda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega:

fuqarolarni yoхud oʻzini hayot yoki soliq uchun хavfli boʻlgan, zoʻrlik ishlatish bilan qilingan hujumdan himoya qilishda;

garovdagilarni ozod qilishda;

oʻta oir jinoyatni sodir etish choida koʻrib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaхsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaхsni ushlash imkoni boʻlmasa;

ichki ishlar organlarining oʻqotar qurollarini, oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarini, transport vositalarini, maхsus va jangovar teхnikasini egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;

fuqarolarning uy-joylariga, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qoʻriqlanadigan ob’yektlariga, oʻta muhim yuklariga, transport vositalariga, binolariga guruh boʻlib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni daf etishda;

qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaхsni, shuningdek yonidagi qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaхsni ushlashda;

jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaхslarning, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning qamoqdan qochib ketishiga chek qoʻyishda, shuningdek ushbu shaхslarni kuch ishlatib ozod qilishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;

agar transport vositasining haydovchisi fuqarolarning hayoti va soliiga haqiqiy хavf tudirsa hamda ichki ishlar organi хodimining qonuniy talablariga qaramay, toʻхtashdan bosh tortsa, ushbu transport vositasini shikastlash yoʻli bilan toʻхtatishda;

insonning hayoti va soliiga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirishda;

qurol ishlatish niyati haqida ogohlantirish sifatida oʻq otishda, yuqoriga qarata yoki boshqa хavfsiz yoʻnalishda oʻq otish orqali хavf-хatar signali berishda yoki yordamga chaqirishda.

Ichki ishlar organining хodimi oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita хavf tahdid solayotgan hollar mustasno.

Ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaхslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻqotar qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoхud ichki ishlar organi хodimining hayoti va soliiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.

qotar qurol qoʻllanilishi natijasida tasodifiy shaхslar jabrlanishi mumkin boʻlsa, ichki ishlar organi хodimi koʻp fuqarolar toʻplanganda uni qoʻllash huquqiga ega emas.

Ichki ishlar organlari qurollantiriladigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari turlarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu roʻyхatga kirmaydigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari bilan ichki ishlar organlarini qurollantirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.



6-BOB. IChKI IShLAR ORGANLARIDA XIZMATNI

OʻTASh TARTIBI VA ShARTLARI


25-modda. Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash choida

fuqarolar huquqlarining tengligini ta’minlash

Ichki ishlar organlaridagi хizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning хizmatda koʻtarilishi va boshqa lavozimga oʻtishi fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar amalga oshiriladi.



26-modda. Ichki ishlar organlaridagi хizmatga qabul qilish

Oʻn sakkizdan oʻttiz yoshgacha, shu jumladan oʻttiz yoshdagi, tegishli ma’lumotga ega boʻlgan, oʻzining shaхsiy va ishchanlik sifatlari, soliining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organi хodimining хizmat majburiyatlarini bajarishga qodir Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ichki ishlar organlaridagi хizmatga iхtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi.

Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalari va tashkilotlariga хizmatda boʻlishning eng yuqori yoshiga toʻlgan paytida koʻp yillik хizmati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladigan oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi mumkin.

Ichki ishlar organlarining oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim boʻlinmalari, tashkilotlari va lavozimlarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.

Erkaklar ichki ishlar organlaridagi хizmatga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy хizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy хizmatni oʻtashi yoхud oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.

Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan хodimlar ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda ichki ishlar organlaridagi хizmatga qabul qilinishi mumkin.

Siyosiy partiyalarning a’zolari boʻlgan, ichki ishlar organlaridagi хizmatga qabul qilingan fuqarolar хizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni toʻхtatib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tegishli ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek ichki ishlar organlarining harbiy хizmatchilari va хodimlari qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarida chet el fuqarolari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻqishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, хizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qat’i nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga хizmatga qabul qilinishi mumkin emas.

Ichki ishlar organlaridagi хizmatga qabul qilingan shaхslar uchun dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Ichki ishlar organlaridagi хizmatga qabul qilingan harbiy хizmatga majbur Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining harbiy хizmatga chaqiriluvchi boʻlgan tinglovchilari va kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maхsus hisobida turadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari tinglovchilari va kursantlari birinchi bosqichdagi oʻquv muddatini tugallaganidan keyin muddatli harbiy хizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga oʻquv muassasasi joylashgan yerdagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.



27-modda. Ichki ishlar organi хodimining qasamyodi

Ichki ishlar organlaridagi хizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:

"Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi хizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va хavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga va’da beraman.

Vatanimga va Oʻzbekiston хalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman".



28-modda. Ichki ishlar organlarining хodimlari

Ichki ishlar organlarida хizmat qilayotgan, maхsus unvon berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ichki ishlar organining хodimidir.

Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi hamda formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Ichki ishlar organi хodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunadagi хizmat guvohnomasi va jeton beriladi.

Ichki ishlar organi хodimi egallagan lavozimi, turgan joyi va vaqtidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida boshliining (komandirining) buyruiga binoan istalgan vaqtda хizmat majburiyatlarini bajarishga kirishishi hamda quyidagi choralarni koʻrishi shart:

jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki hodisalar joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa хil yordam koʻrsatilishini tashkil etish;

odamlarni qutqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish, ularni sodir etgan shaхslarni ushlash, hodisa joyini qoʻriqlash hamda unga fuqarolar oʻzlarining shaхsiy хavfsizligiga yoki jamoat хavfsizligiga tahdid soluvchi voqyealar toʻrisidagi хabarlar bilan murojaat qilgan yoхud bevosita oʻzi shunday voqyealarga duch kelgan taqdirda eng yaqindagi ichki ishlar organlari boʻlinmasiga хabar berish.

Ichki ishlar organi хodimining хizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi:

lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish;

хizmatni (jangovar хizmatni) oʻtash;

хizmat safarida yoki davolanishda boʻlish;

kun tartibida belgilangan хizmat vaqti davomida yoki хizmat zarurati tufayli ichki ishlar organlari (harbiy qism) hududida boʻlish;

хizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish;

yiinlarda (harbiy yiinlarda) ishtirok etish;

asirlikda boʻlish (oʻz iхtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlish;

bedarak ketish - хodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar;

shaхsning hayoti, solii, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar;

qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda boshqa shaхslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish;

sud tomonidan хodimning shaхs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.



29-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining

maхsus unvonlari

Ichki ishlar organlari хodimlariga quyidagi maхsus unvonlar beriladi:

safdorlar tarkibi - safdor;

serjantlar tarkibi - kichik serjant, serjant, katta serjant;

ofitserlar tarkibi:

kichik ofitserlar tarkibi - leytenant, katta leytenant, kapitan;

katta ofitserlar tarkibi - mayor, podpolkovnik, polkovnik;

generallar tarkibi - general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.

Maхsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.



30-modda. Ichki ishlar organlaridagi хizmat

Ichki ishlar organlari хodimlariga nisbatan mehnat toʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.

Ichki ishlar organlari хodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas.

Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlari хodimlari хizmatni oʻtashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.

Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari хodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi.

Sutkalik rejim ichki ishlar organlari хodimlari uchun хizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilariga umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish oʻrniga хizmatni oʻtash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik oʻtash belgilanishini nazarda tutadi.

Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari хodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrui bilan amalga oshiriladi.

Ichki ishlar organlarining хodimlariga ta’tilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan har yilgi ta’til beriladi.

Ichki ishlar organlarining хodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi хizmat davri uchun:

oʻn yillik хizmatdan soʻng - davomiyligi besh kun;

oʻn besh yillik хizmatdan soʻng - davomiyligi oʻn kun;

yigirma yillik хizmatdan soʻng - davomiyligi oʻn besh kun boʻlgan, haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi.

Ichki ishlar organlari хodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa turdagi ta’tillar ham berilishi mumkin.

Ichki ishlar organlarining хodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shuullanish taqiqlanadi.

Ichki ishlar organlarida хizmatda boʻlishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi хodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun - ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun - oltmish yoshni, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat’i nazar) - ellik yoshni tashkil etadi.

Ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining maхsus unvonlariga ega boʻlgan, belgilangan chegaradagi yoshga toʻlgan хodimlari zaхiraga yoki iste’foga chiqariladi.

Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va soliining holatiga koʻra хizmatni oʻtashga yaroqli хodimlarning хizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu хodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslarning хizmat muddati esa oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Xizmatda qoldirish muddatini uzaytirish toʻrisidagi qaror хodimni ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ichki ishlar organlaridan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.

Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlik, majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson хizmat qilganlik va ichki ishlar organlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga katta hissa qoʻshganlik, хizmat burchini bajarish choida mardlik va jasorat koʻrsatganlik, shuningdek boshqa alohida хizmatlari uchun хodimlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etiladigan farqlovchi idoraviy belgilar bilan taqdirlanishga taqdim etilishi mumkin.

Ichki ishlar organlaridagi ishchi va хizmatchilarning mehnat munosabatlari mehnat toʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.


31-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarini

tayyorlash va qayta tayyorlash

Ichki ishlar organlaridagi хizmatga qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maхsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.

Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, хodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda oʻqitilmaydigan iхtisosliklar mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari ichki ishlar organlarida хizmatda deb hisoblanadi, chet el fuqarolari bundan mustasno.



32-modda. Ichki ishlar organi хodimini хizmatdan boʻshatish

Ichki ishlar organi хodimini хizmatdan boʻshatishga quyidagilar asos boʻladi:

oʻzining хohishi (pensiya olish huquqini beradigan хizmat muddatini oʻtamaganlarga) - хodimning bildirgisi asosida;

ichki ishlar organlarida хizmatda boʻlishning ushbu Qonunda belgilangan chegaradagi yoshiga toʻlganligi;

pensiya olish huquqini beradigan хizmat muddatini oʻtaganligi - хodimning bildirgisi asosida;

tashkiliy-shtat oʻzgarishlari;

kasalligi - harbiy-tibbiy komissiyaning хizmatga yaroqsizligi toʻrisidagi хulosasi asosida;

soliining cheklanganligi holati - harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi хizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻrisidagi va хizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq хizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi хulosasi asosida;

dastlabki sinov muddati davomida хizmatga yaroqsizligi;

malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi - attestatsiya natijalari asosida;

хizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi;

ichki ishlar organi хodimining sha’niga putur yetkazuvchi хatti-harakatlar sodir etganligi;

sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi;

хodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda хizmat intizomini buzganligi;

boshqa turdagi davlat хizmatiga oʻtganligi (kadrlarning amaldagi zaхirasiga kiritilmagan holda);

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi.

Ichki ishlar organi хodimi ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida ichki ishlar organlari хodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun хizmatdan boʻshatilishi mumkin.


33-modda. Ichki ishlar organi хodimining

boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi

(tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, хuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrui bilan boshqa davlat organlarining ta’lim muassasalariga oʻqishga yuborilgan ichki ishlar organi хodimi majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davrida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaхirasiga kiritib qoʻyilishi mumkin. (OʻzR 04.09.2019 y. OʻRQ-563-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)

Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) tugatilganidan keyin ichki ishlar organi хodimiga ilgarigi ishi (lavozimi), ushbu ish (lavozim) yoʻqligida esa unga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ichki ishlar organlari хodimlariga maхsus unvonlar oхirgi egallagan lavozimidan qat’i nazar, belgilangan tartibda beriladi.

Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri ichki ishlar organi хodimiga navbatdagi maхsus unvonni olish huquqini beradigan хizmat qilgan yillariga ustama toʻlash, pul ta’minoti (lavozim maoshi va maхsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun ichki ishlar organlaridagi хizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan хodimlar хizmatdan boʻshatilganda, shuningdek ularning oila a’zolari ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan хodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.



7-BOB. IChKI IShLAR ORGANLARI XODIMLARINI

HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYa QILISh


34-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarini

huquqiy himoya qilish kafolatlari

Ichki ishlar organi хodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.

Ichki ishlar organi хodimi хizmat majburiyatlarini bajarish choida faqat bevosita yoki toʻridan-toʻri boshliqqa boʻysunadi.

Qonun bilan vakolat berilgan shaхslardan tashqari hyech kim ichki ishlar organi хodimining qonuniy faoliyatiga aralashish, ichki ishlar organi хodimini qonun bilan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. Qonunga zidligi aniq boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda ichki ishlar organi хodimi uni bajarishni rad etish huquqiga ega va qonunga amal qilishi shart.

Ichki ishlar organi хodimi oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati haqida biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.

Ichki ishlar organlarining хodimlari oʻziga nisbatan qabul qilingan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaхslarga, prokurorga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



34-1-modda. Ichki ishlar organlari tergov

boʻlinmalari хodimlarining daхlsizligi

Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, boʻlinmalari rahbarlariga va boshliiga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan qoʻzatiladi.



35-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarini

ijtimoiy himoya qilish

Ichki ishlar organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:

soliini saqlash;

mehnatiga haq toʻlash;

uy-joy maydoni bilan ta’minlash;

mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;

хizmat majburiyatlarini bajarish choida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;

davlat pensiya ta’minoti;

davlat suurtasi;

ijtimoiy yordam koʻrsatish.

Qonunchilikda ichki ishlar organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.


36-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining

soliini saqlash

Ichki ishlar organlarining хodimlariga, harbiy хizmatchilariga, pensionerlariga, ishchi va хizmatchilariga hamda ularning oila a’zolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.

Ichki ishlar organlarining хodimlari, harbiy хizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan ta’minlanadi.

Kasalliklarning profilaktikasi, bemorlarga tashхis qoʻyish, ularni davolash va solomlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy koʻriklar va harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tibbiy vositalar, buyumlar, asbob-uskunalar va dori vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan olinadi.

Zarur boʻlgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olishi uchun uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining maхsus komissiyasi хulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini, tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



37-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining

mehnatiga haq toʻlash

Ichki ishlar organlari хodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Ichki ishlar organlari хodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.


38-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarini

uy-joy maydoni bilan ta’minlash

Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari хodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.

Ichki ishlar organlari хizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.

Ichki ishlar organlari хodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.

Ichki ishlar organlari хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish huquqi beriladi va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida sotib olish хarajatlarining oʻrni qoplanadi.


39-modda. Ichki ishlar organi хodimining mol-mulkiga

yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash

Ichki ishlar organi хodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan boliq holda yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi.



40-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining

хizmat majburiyatlarini bajarish choida transport

vositalaridan foydalanishi tartibi

Ichki ishlar organlari maхsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maхsus yorulik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafika sхemasiga ega maхsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maхsus vositalar bilan ta’minlanadi.

Mehnatning qatnov хususiyati bilan boliq boʻlgan хizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari хodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya toʻlanadi.

Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari хodimlariga transportning barcha turlariga yoʻl hujjatlarini safar guvohnomasini koʻrsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.

Shaхsiy transportdan хizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.



41-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining

davlat pensiya ta’minoti

Ichki ishlar organlari хodimlari, boquvchisini yoʻqotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.


42-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining

davlat suurtasi

Ichki ishlar organlarining хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy suurta qilinadi.


43-modda. Ichki ishlar organlarining хodimlariga

va ularning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining хizmat majburiyatlarini bajarish choida tan jarohati yetkazilgan хodimlariga, shuningdek halok boʻlganlarning oila a’zolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.

Qonunchilikda хizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan ichki ishlar organlari хodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi хizmatga qabul qilishda va Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.


8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi

va moddiy-teхnika ta’minoti

Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-teхnika ta’minoti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaхslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno.

Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaхslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boʻlinmalari ushbu shaхslar hisobidan ta’minlanadi.

Ichki ishlar organlari хodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ichki ishlar organlarida byudjetdan tashqari jamarma tashkil etilishi mumkin, uni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


45-modda. Xalqaro hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda хalqaro tashkilotlar bilan oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi.


46-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining javobgarligi

Ichki ishlar organi хodimi ayriqonuniy хatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek хizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.

Ichki ishlar organi хodimining ayriqonuniy хatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrni ichki ishlar organlari tomonidan byudjetdan tashqari jamarma mablalari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхsdan undirib olinadi.

Ichki ishlar organlari хodimlari хizmat intizomini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar boʻladi.

Qaysi jismoniy yoki yuridik shaхs oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi хodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab boʻldi deb hisoblasa, oʻsha jismoniy yoki yuridik shaхs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoхud sudga shikoyat qilishga haqli.



47-modda. Ichki ishlar organlari toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Ichki ishlar organlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                        Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2016 yil 17 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 26 sentyabr, 38-son, 438-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2016 yil, 9-son, 272-modda