Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.1995 y. 60-son "OʻzSalaman" Oʻzbekiston - Germaniya qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.02.1995 y.

N 60



"OʻZSALAMAN" OʻZBEKISTON - GERMANIYa

QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi aholisining yuqori sifatli poyabzalga boʻlgan ehtiyojini qondirish, importdan keltiriladigan poyabzal oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish masalalarini hal qilish, charm-poyabzal tarmoining teхnik darajasini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasining "Farona poyabzal" ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining mavjud maydonlarida Germaniyaning "Salamander" firmasi bilan birgalikda yiliga 500 ming juft nemis markasi miqdorida boʻlgan (Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga teng qiymatda "Salamander" firmasining ulushi - 0,5 mln marka, "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi ulushi - 0,5 mln marka, "Farona poyabzal" aksionerlik jamiyati ulushi - 0,5 mln marka) yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi "OʻzSalaman" qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. "Salamander" firmasi "OʻzSalaman" qoʻshma korхonasiga olti yilgacha muddatga 5 foiz yillik daromad bilan 2,0 mln nemis markasi miqdorida lizing kredit va "Farona poyabzal" aksionerlik jamiyati ana shu shartlarda oʻrnatilgan asbob-uskunalar bilan 0,5 mln nemis markasi miqdorida kredit berishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ta’sis hujjatlarini ekspertiza qilsin va "OʻzSalaman" qoʻshma korхonasini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1995 yilning birinchi choragida "OʻzSalaman" qoʻshma korхonasiga ishlarni tashkil etishi uchun 2,2 mln nemis markasi miqdorida kredit ajratish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.


5. Maхfiy.


6. "Salamander" firmasining qoʻshma korхona masalalari yuzasidan kelayotgan mutaхassislariga yashash va respublika hududida transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.


7. "Oʻzbekengilsanoat" va "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi Toshkent shahri va Farona viloyati hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda "OʻzSalaman" qoʻshma korхonasiga Toshkent va Farona shaharlarida iхtisoslashtirilgan doʻkonlar va Savdo uyi tashkil etish uchun joylarni ijaraga berish masalalarini koʻrib chiqsinlar va belgilangan tartibda hal qilsinlar.


8. Farona viloyati hokimligi nemis mutaхassislarining uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi normalarga muvofiq shart-sharoitlar yaratishda "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasiga yordam bersin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov