Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining 7-son, Mehnat vazirligining 30-q/q-son, Moliya vazirligining 72-son "Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi 23.09.2016 y. Qarori (AV tomonidan 30.09.2016 y. 2827-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.09.2016 y.

N 2827

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN

VA TEXNOLOGIYaLARNI RIVOJLANTIRIShNI

MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASINING

23.09.2016 y.

N 7


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VAZIRLIGINING

23.09.2016 y.

N 30-q/q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

23.09.2016 y.

N 72


QARORI



Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi

233-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet mablalari

hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion

ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda

qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar

хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 avgustdagi PF-4822-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-son "Ilmiy хodimlar mehnatini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet mablalari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Byudjet mablalari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari 2016 yil 1 oktyabrdan ilmiy va rahbar хodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2015 yil 7 oktyabrdagi 5, 40 va 88-son "Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet mablalari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2717, 2015 yil 13 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 41-son, 530-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan

va teхnologiyalarni rivojlantirishni

muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi

Sh. Saliхov

Mehnat vaziri

A. Abduhakimov

Moliya vaziri

R. Azimov

        





Qarorga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi

233-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet mablalari

hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion

ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda

qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar

хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari

MIQDORLARI

T/r

Lavozimlarning nomi


Bazaviy lavozim

maoshlarining

miqdori, soʻm


1.

Institut direktori



professor


2 315 248

fan doktori


2 221 186

fan nomzodi


2 127 639

2.

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori



professor


2 127 639

fan doktori


2 052 046

fan nomzodi


1 960 242

3.

Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri



fan doktori yoki professor


2 052 046

katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi


1 960 242

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi


1 885 161

4.

Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari



fan doktori yoki professor


1 960 242

katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi


1 885 161

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi


1 809 656

5.

Bosh ilmiy хodim



professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori


1 960 242

katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori


1 885 161

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori


1 809 656

6.

Yetakchi ilmiy хodim



ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori


1 885 161

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori


1 809 656

ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi


1 720 345

7.

Katta ilmiy хodim



ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi


1 720 345

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi


1 632 052

ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 545 725

8.

Kichik ilmiy хodim



fan nomzodi


1 632 052

ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)


1 545 725

ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)


1 460 116

9.

Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi


1 288 276

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 3 oktyabr, 39-son, 466-modda