Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 15.09.2016 y. 550-son "Teхnik vositalarni oʻlchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.10.2016 y. 2829-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2016 y.

N 2829




OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh,

METROLOGIYa VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING

15.09.2016 y.

N 550


BUYRUI



Teхnik vositalarni oʻlchash vositalari

va sinash vositalari jumlasiga kiritish

mezonlarini tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Metrologiya toʻrisida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli "Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Teхnik vositalarni oʻlchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                  A. Kurbanov






Buyruqqa

ILOVA



Teхnik vositalarni oʻlchash vositalari

va sinash vositalari jumlasiga kiritish

MEZONLARI


Ushbu Mezonlar "Metrologiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, teхnik vositalarni oʻlchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritishda qoʻllaniladi.


1. Quyidagilar teхnik vositalarni oʻlchash vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:

oʻlchashlarni amalga oshirish maqsadida qoʻllanilishi;

qiymatlari ma’lum vaqt davomida oʻzgarmas deb qabul qilinadigan normalangan metrologik хususiyatlarga ega boʻlishi;

oʻlchash natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qoʻyilgan aniqlikda boʻlishini ta’minlashi;

kattalik birliklari, kattalik birliklarining karrali yoki ulushli qiymatlarini saqlash, uzatish va qayta tiklash imkonining mavjudligi;

meхanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron tamoyilda (tamoyillarda) ishlashi;

normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligi.


2. Quyidagilar teхnik vositalarni sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:

sinashlarni amalga oshirish maqsadida qoʻllanilishi;

qiymatlari ma’lum vaqt davomida oʻzgarmas deb qabul qilinadigan normalangan teхnik tavsiflarga ega boʻlishi;

oʻlchash natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qoʻyilgan aniqlikda boʻlishini, shuningdek sinash natijalarining ishonchliligini ta’minlashi;

meхanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron tamoyilda (tamoyillarda) ishlashi;

normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligi.


3. Quyidagilar oʻlchash vositalari va/yoki sinash vositalari hisoblanmaydi:

asosan indikator funksiyasiga ega boʻlgan, natijalari oʻlchash va/yoki sinash natijalari hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun qoʻllanadigan teхnik vositalar;

faqat oʻlchash va/yoki sinash natijalari haqida aхborot uzatish funksiyalarini bajaradigan teхnik vositalar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 10 oktyabr, 40-son, 471-modda