Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2016 y. 350-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.10.2016 y.

N 350



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING OʻRINBOSARI - SOLIQNI

SAQLASh, EKOLOGIYa, ATROF MUHITNI MUHOFAZA

QILISh, JISMONIY TARBIYa VA SPORT MASALALARI

KOMPLEKSI RAHBARINING FUNKSIONAL VAZIFALARI

HAMDA SOLIQNI SAQLASh, EKOLOGIYa, ATROF MUHITNI

MUHOFAZA QILISh, JISMONIY TARBIYa VA SPORT

MASALALARI AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻrisida" 2016 yil 10 sentyabrdagi PQ-2584-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamenti rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimotini bir hafta muddatda tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Bosh vazir oʻrinbosari - Soliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Soliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2015 yil 14 oktyabrdagi 293-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 17 oktyabr, 42-son, 488-modda