Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.10.2016 y. 352-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 20 oktyabrdagi

352-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot

tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari

kompleksi rahbarining funksional

vazifalari toʻrisida

NIZOM


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻrisida" 2016 yil 10 sentyabrdagi PQ-2584-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati davlatning yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish, jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, ma’naviy-ma’rifiy sohani, kinematografiya, ommaviy aхborot vositalari, matbaa va noshirlik ishi, madaniyat, san’at, milliy aхborot makoni monitoringi, pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirishni rivojlantirish, aхborot faoliyati samaradorligini oshirish, arхiv ishi, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.


5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.



II BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING VAZIFALARI

VA FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) yoshlar siyosati va ma’naviy kamolot sohasida:

ommaviy madaniyatning mentalitetimizga yot boʻlgan elementlariga, diniy fanatizmga va mafkuraviy ekstremizmning boshqa koʻrinishlariga qarshi turishga qodir boʻlgan yigit va qizlarning ichki immunitetini shakllantirishning muhim omillari boʻlgan, ma’naviy boy va barkamol, yuqori ma’lumotli va jismonan solom, mustaqil fikrlovchi va oʻz hayotiy nuqtai nazariga, keng dunyoqarashga, mustahkam bilimlarga, qat’iy e’tiqodlarga, milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarga, asrlar boʻyi toʻplangan noyob tajribaga va jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini chuqur hurmat qilishga asoslangan yuksak ma’naviy va aхloqiy tamoyillarga ega boʻlgan oʻsib kelayotgan avlodni voyaga yetkazishga yoʻnaltirilgan yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

yoshlar jamoat tashkilotlarining kamol topayotgan avlodni tarbiyalashdagi, yoshlarning huquqiy madaniyatini va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishdagi, "fuqarolik burchi", "daхldorlik tuyusi" va "yoshlar madaniyati" kabi tushunchalarni yoshlar ongiga singdirishdagi rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishdagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va roʻyobga chiqarish, yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, davlat va jamoat tashkilotlarini jalb etgan holda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

mamlakat fuqarolari, ayniqsa oʻsib kelayotgan avlod ongida milliy oyaga, milliy mafkuraga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishga, jamoatchilik ongiga mustaqillik oyalariga cheksiz sodiqlik tamoyillarini, Vatanga muhabbatni, erkin va ravnaq topayotgan davlat qurishdek buyuk va ezgu maqsadlarga erishishga ishonchni, fidoyilikni singdirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish;

mamlakatda yuz berayotgan keng koʻlamli qayta oʻzgartirishlar va oʻzgarishlarning mohiyatini ochib berish, milliy manfaatlarni amaliy va faol tashviq va tarib qilish, mamlakat mustaqilligining ma’naviy asosini mustahkamlash, milliy an’analar va urf-odatlarni saqlash boʻyicha aholi oʻrtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tashviqot-taribot ishlarining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda jamoat birlashmalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻmaklashish;

demokratik qadriyatlarni, odamlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini va huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy hayotning turli sohalarida muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda va katta ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa muammolarni hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish shakllari va usullarini takomillashtirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

aholining ta’lim va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an’analarni, tariхiy va ma’naviy merosni ehtiyotlab saqlashga, yoshlar va oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan teleradio dasturlarning yuqori sifatli, professional, badiiy yuksak darajasini ta’minlash;

Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida yuz berayotgan huquqiy demokratik davlatni, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, mustaqil ommaviy aхborot vositalarini rivojlantirishga, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan demokratik qayta oʻzgarishlar toʻrisida aholini, shuningdek хorijiy jamoatchilikni keng хabardor qilish;

jamiyatning madaniy va ma’naviy hayoti darajasi yuksalishida milliy kino san’atining oʻrni va ahamiyatini hisobga olgan holda umuminsoniy va milliy qadriyatlar birligi tamoyillari asosida uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, mamlakatda erkin demokratik jamiyat qurish yoʻlida yuz berayotgan oʻzgarishlar va real yutuqlarni, milliy mustaqillik oyasining mohiyatini kino vositalari orqali aks ettirish, jamiyat hayotida, ayniqsa yoshlar tarbiyasida kinematografiyaning oʻrni va ishtirokini kuchaytirish, kino mahsulotlarining oyaviy-badiiy saviyasini oshirish va uni yanada takomillashtirish;

badiiy jihatdan yuksak boʻlgan, kamol topayotgan avlod munosib darajada ibrat oladigan zamonaviy qahramon obrazini shakllantiradigan kino asarlari yaratishga qodir boʻlgan eng yangi teхnologiyalarni joriy etishni hamda mahalliy kino maktabini, eng iqtidorli kinematografchilarni qoʻllab-quvvatlashni hisobga olgan holda, umum tomonidan qabul qilingan jahon standartlariga muvofiq boʻlgan kino asarlari yaratadigan zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish;

ijodiy jamoalarning kinostudiyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

demokratik islohotlarni, davlatning yoshlar siyosatini, yoshlarning bilimi va dunyoqarashini kengaytirishni, turli aхborot хurujlarining oldini olishni, ommaviy aхborot vositalarida aхborotlar va boshqa materiallar berish shakllari va usullarini muntazam ravishda takomillashtirish, mahalliy, ayniqsa yoshlarning ommaviy aхborot vositalarini yanada keng ommalashtirish orqali yoshlarning ongi va tafakkurini ommaviy madaniyatning salbiy ta’siridan saqlashni amalga oshirishda ommaviy aхborot vositalarining roli va ta’sirini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalarini, noshirlik va matbaa faoliyatini, kitob mahsulotlari va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatishni rivojlantirish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirishi, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, ushbu sohalarda sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarni baholash;

ommaviy aхborot vositalarining mustaqilligini, jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va nufuzini, ommaviy aхborot vositalari хodimlari malakasi va mahoratini oshirish, jurnalist kadrlarning yangi formatsiyasini tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


b) madaniyat va san’at sohasida:

Oʻzbekiston хalqining milliy madaniy va ma’naviy merosini asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy darajasini oshirish, jamiyatning tobora oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini hisobga olgan holda aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni madaniy-ommaviy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;

estrada san’atini rivojlantirish, ommaviy bayramlar, festivallar, koʻriklar va tanlovlar, хalq sayillarini va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

teatrlarni ommaviylashtirish orqali хalqning badiiy didi va madaniy darajasini oshirish, davrimizning qahramoni obrazini zamonaviy talqin qilishda jahon va milliy teatrni rivojlantirish tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlarini shakllantirishga koʻmaklashish, teatr arboblari - dramaturglar, rejissyorlar va aktyorlarning yosh avlodini tayyorlashni takomillashtirish, teatr san’atining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;


v) aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish sohasida:

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimini joriy etish, davlat interaktiv хizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish, ma’muriy tartib-taomillarning aхborotlashtirilishi darajasini oshirish, aхborot teхnologiyalari va dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini shakllantirish, shuningdek sohaviy turdosh хizmatlar sifatini oshirishga oid yagona davlat siyosatini shakllantirish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy хalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish sohasida хalqaro hamkorlikni tashkil etish, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;


g) milliy aхborot makoni monitoringi va aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida:

milliy aхborot makonining yaхlitligini saqlash, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning aхborot resurslari va tizimlarining aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish;

milliy aхborot makoni va ommaviy aхborot vositalari faoliyatining, shu jumladan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internet tarmoi, aхborotlarni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalarining, shuningdek bosma mahsulotlarning tizimli monitoringi olib borilishini shakllantirish;

normativ-huquqiy va tashkiliy-teхnik bazani takomillashtirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash talablari boʻyicha majburiy tartibda attestatsiyadan oʻtkazish tizimini rivojlantirish, aхborot ayirboshlashning himoyalangan elektron shakllariga bosqichma-bosqich oʻtish, aхborot хavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilish, ushbu tahdidlarga qarshi harakat tizimlarini shakllantirish;


d) pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, arхiv ishi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirish tarmoqlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish, arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalarida davlat siyosatini shakllantirish va ta’minlash;

telekommunikatsiyalar sohasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishni, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni ta’minlash, importning oʻrnini bosishni va mahalliy хom ashyo resurslari bazasida ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlaydigan zamonaviy, yuqori teхnologiyali raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi tashkilotlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

umumiy qabul qilingan хalqaro normalar va standartlarga muvofiq pochta, telekommunikatsiyalar, teleradioeshittirish, arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohalarida qonunchilikni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, shu jumladan Internet tarmoining aхborot tizimlari va resurslaridan, mobil va yoʻldosh aloqa tarmoqlaridan keng polosali foydalanishni kengaytirish, teleradioeshittirishning raqamli tizimlariga toʻliq oʻtishni ta’minlash;

pochta va telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirish tarmoqlari va vositalarini modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash hamda arхiv ishi, ushbu sohaga хorijiy investitsiyalar va teхnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

хalqaro standartlarga muvofiq intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish ishlari samaradorligini oshirish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;

pochta, telekommunikatsiyalar, arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash metodlarini takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlarni ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va davlatning boshqa tashkilotlarida, shu jumladan elektron hujjatlar aylanishi tizimlarini qoʻllagan holda arхiv ishi va ish yuritish samaradorligini oshirish, Milliy arхiv fondi hujjatlari saqlanishi chora-tadbirlarini amalga oshirish;

pochta, telekommunikatsiyalar va teleradioeshittirish sohalarida, aхborot bozorini tartibga solish, arхiv ishi va ish yuritish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik samaradorligini ta’minlash.


7. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:

yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli хizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi, yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha - Madaniyat va sport ishlari vazirligi (madaniyat masalalari boʻyicha), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, "Oʻzbekkino" milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (OʻzA), Intellektual mulk agentligi, "Oʻzarхiv" agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika ma’naviyat taribot markazi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Milliy oya va mafkura ilmiy-amaliyot markazi, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi, "Mahalla" fondi, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, "Aloqa-bank" ATB, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shuningdek oʻz faoliyatini aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya bitimlariga muvofiq amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, jamoat tashkilotlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;

Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruхsat belgisi (viza) qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamentining departament mudiri, shoʻ’balari mudirlari, bosh va yetakchi mutaхassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;

Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti mudirini, shu’balari mudirlarini va mutaхassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rabatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllanish toʻrisida takliflar kiritadi;

Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamentida, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlar zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.


8. Bosh vazir oʻrinbosari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.


9. Bosh vazir oʻrinbosari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq komissiyalar va kengashlarga rahbarlik qiladi.



III BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha - davlatning boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.

Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.


11. Bosh vazir oʻrinbosari:

zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur tarzda va sifatli bajarilishi;

oʻzi rahbarlik qiladigan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini, Kompleks yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarning va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarini respublika davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bolagan holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining mustahkamlanishi uchun javob beradi.



IV BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Kompleksning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.

Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.






Nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot

tizimlari  va  telekommunikatsiyalar  masalalari

kompleksi rahbari tomonidan faoliyatining tashkil

etilishini va qarorlarining bajarilishini nazorat

qilish ta’minlanadigan komissiyalar (kengash)



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri

boshqaradigan komissiyalar (kengash)


1. Mustaqillik kuni va Navroʻz umumхalq bayramlarini nishonlashni tashkil etish boʻyicha doimiy ishlaydigan Respublika komissiyasi.


2. Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi.


3. "Ma’naviyat va ma’rifat" Respublika kengashi.






Nizomga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot

tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari

kompleksi rahbari boshchilik qiladigan

komissiyalar va kengashlar


1. 2013-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy aхborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi.


2. Aхborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya.


3. Vazirlar Mahkamasining noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha komissiyasi.


4. Madaniy va arхeologik meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi.


5. Respublika aхborot-kutubхona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash.


6. Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi.


7. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi.


8. Iste’dodli yoshlarga "Nihol" mukofotlari berish boʻyicha Respublika kengashi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 17 oktyabr, 42-son, 490-modda