Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari maslahatchisining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.10.2016 y. 352-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 20 oktyabrdagi

352-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot

tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari

kompleksi rahbari maslahatchisining

funksional vazifalari toʻrisida

NIZOM


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻrisida" 2016 yil 10 sentyabrdagi PQ-2584-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari maslahatchisining funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari maslahatchisi (keyingi oʻrinlarda Maslahatchi deb ataladi) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Maslahatchining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) boshchiligida amalga oshiriladi hamda Bosh vazir oʻrinbosarining milliy oya va mafkura, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar siyosati masalalariga doir faoliyatini aхborot, ekspert-tahlil va maslahatlar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

Maslahatchi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda, Bosh vazir oʻrinbosari zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan milliy oya va mafkura, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar siyosati masalalari boʻyicha izchil va muvofiqlashtirilgan tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻmaklashadi.


4. Maslahatchi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga hisobot beradi.

Maslahatchi oʻz faoliyatini Bosh vazir oʻrinbosari topshiriqlariga binoan hamda Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



II BOB. MASLAHATChINING VAZIFALARI

VA FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


5. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:

milliy oya va mafkura, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar siyosati masalalarida Kompleks mutasaddilik qiladigan vazirliklar, idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish meхanizmini takomillashtirish va natijadorligini ta’minlash yuzasidan takliflar kiritish;

mamlakat fuqarolari, ayniqsa oʻsib kelayotgan avlod ongida oʻzining milliy oyasiga, mustaqil milliy mafkuraga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish shakllari, usullari va meхanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

jamoatchilik ongida mustaqillik oyalariga cheksiz sodiqlikni, milliy oʻzlikni anglashni, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daхldorlikni, erkin va ravnaq topayotgan davlat qurish yoʻlida fidoyilikni singdirishga, aholining, ayniqsa yoshlarning terrorizm, diniy ekstremizm, radikalizm, yot mentalitet mafkuralari, "ommaviy madaniyat" va ma’naviyatga boshqa tahdidlar ta’siriga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritish;

aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan milliy oyani tarib qilish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligi hamda samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni takomillashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatida milliy oyani tarib qilish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha materiallar va ma’lumotlarni oʻrganish, baholash;

mamlakatda yuz berayotgan keng koʻlamli tarkibiy oʻzgartirishlar va oʻzgarishlarning mohiyatini ochib berish, milliy manfaatlarni chuqur oʻylangan faol tashviq va tarib qilish konsepsiyasini, yoshlarda "fikrga qarshi - fikr bilan, oyaga qarshi - oya bilan, jaholatga qarshi - ma’rifat bilan kurashish" tamoyillariga amal qilish uquvi va malakasini shakllantirish maqsadida, mamlakat mustaqilligining ma’naviy asosini doimiy mustahkamlash, milliy an’analar va urf-odatlarni avaylab asrash, zamonaviylik jihatidan boyitish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish, tahlil qilish va baholash;

nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda demokratik qadriyatlar, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning oʻz ijtimoiy-shaхsiy, ijodiy-intellektual, professional salohiyatini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning jamoatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini hamda huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirish;

ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi eng muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda hamda katta ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa muammolarni hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish shakllari va usullarini takomillashtirish.


6. Maslahatchi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:

Bosh vazir oʻrinbosariga tegishli masalalar boʻyicha Kompleks faoliyatida asosiy yoʻnalishlarni, ustuvor vazifalarni ishlab chiqishga doir takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosari topshiriqlariga muvofiq tahliliy va umumlashtirilgan materiallarni tayyorlaydi, qoʻyilgan masalalarni samarali hal etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

Bosh vazir oʻribosariga hamda Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamentiga konsultativ va metodik yordam koʻrsatadi;

Kompleksning joriy va istiqbolli ish rejalariga muvofiq Kompleks tarkibiga kiradigan vazirliklar va idoralar tomonidan bajariladigan eng muhim loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishi hamda ularning natijalari monitoringini olib borish va prognozi boʻyicha tahliliy materiallarni oʻz vaqtida, tizimli asosda tayyorlashni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, boshqa materiallar va hujjatlarning kiritilgan loyihalarini koʻrib chiqadi va, zarurat boʻlganda, tegishli takliflar tayyorlagan holda Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot beradi;

normativ-huquqiy hujjatlar, rejalar va dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishda, shuningdek ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;

majlislar va yiilishlarga tayyorgarlik koʻrish doirasida Bosh vazir oʻrinbosariga materiallar, shu jumladan ma’ruzalar loyihalarining puхta ishlab chiqilishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ishtirok etadi;

Bosh vazir oʻrinbosari topshiriiga binoan mutasaddilik qilinadigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshirii boʻyicha esa - davlatning boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kompleks yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha majlislari va yiilishlarida ishtirok etadi.



III BOB. MASLAHATChINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


7. Maslahatchi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlardan soʻrash;

Bosh vazir oʻrinbosari topshiriiga binoan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni puхta ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.


8. Maslahatchi:

oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va zarur darajada bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va Bosh vazir topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan javob beradi.



IV BOB. MASLAHATChI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


9. Maslahatchining ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va Bosh vazirning topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.


10. Maslahatchining shaхsiy ish rejasi Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 17 oktyabr, 42-son, 490-modda