Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 5-2016-son, Xalq ta’limi vazirligining 12-mh-son, Mehnat vazirligining 34-q/q-son "Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 19.10.2016 y. Qarori (AV tomonidan 24.10.2016 y. 2834-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.10.2016 y.

N 2834

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

19.10.2016 y.

N 5-2016


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

19.10.2016 y.

N 12-mh


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VAZIRLIGINING

19.10.2016 y.

N 34-q/q


QARORI



quv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga

soatbay haq toʻlash miqdorlarini

tasdiqlash toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 avgustdagi PF-4822-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 dekabrdagi 312-son "Oʻquv mashulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari toʻrisida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻquv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻquv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash 2016 yil 1 oktyabrdan boshlab mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015 yil 12 oktyabrdagi 6-2015, 24-mh va 42-q/q-son "Oʻquv mashulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2719, 2015 yil 15 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 41-son, 533-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

R. Kasimov

Xalq ta’limi vaziri

U. Inoyatov

Mehnat vaziri

A. Abduхakimov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 31 oktyabr, 43-son, 508-modda