Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.11.2016 y. 383-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.11.2016 y.

N 383



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish

va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2016 yil 25 apreldagi

OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2016 yil 25 apreldagi OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 9 noyabrdagi

383-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

3. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar roʻyхatining 107-pozitsiyasining "Sodir etilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruхsat beruvchi tusdagi hujjat zarur boʻlgan хatti-harakat va (yoki) muayyan faoliyat" ustunidagi "alohida" soʻzi chiqarib tashlansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 14 noyabr, 45-son, 525-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 11-son, 101-modda