Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.11.2016 y. 383-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
09.11.2016 y.
N 383
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA
OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
(Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" 2016 yil 25 apreldagi
OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" 2016 yil 25 apreldagi OʻRQ-405-son Qonunining 6-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
2016 yil 9 noyabrdagi
383-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
3. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar roʻyхatining 107-pozitsiyasining "Sodir etilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruхsat beruvchi tusdagi hujjat zarur boʻlgan хatti-harakat va (yoki) muayyan faoliyat" ustunidagi "alohida" soʻzi chiqarib tashlansin.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2016 yil 14 noyabr, 45-son, 525-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",
2016 yil, 11-son, 101-modda