Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2016 y. 394-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.11.2016 y.

N 394



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 20 oktyabrdagi PQ-2637-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi yangi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

patent bojlari, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov hisobiga belgilangan tartibda shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablalar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi "Intellekt Ekspert" davlat unitar korхonasi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markaziga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 8 iyundagi 166-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 6-son, 47-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 28 noyabr, 47-son, 543-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 11-son, 107-modda