Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 28.08.1998 y. 664-I-son "El-yurt hurmati" ordenini ta’sis etish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.08.1998 y.

N 664-I



"EL-YuRT HURMATI" ORDENINI

TA’SIS ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "El-yurt hurmati" ordeni ta’sis etilsin.


2. "El-yurt hurmati" ordeni toʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).


3. "El-yurt hurmati" ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).


4. 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Davlat mukofotlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 266-modda; 1996 yil, N 5-6, 63-modda; N 9, 120-modda) "Buyuk хizmatlari uchun" ordeni" degan soʻzlardan soʻng "El-yurt hurmati" ordeni" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                      I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

1998 yil 28 avgustdagi

664-I-son Qonuniga

ILOVA



"El-yurt hurmati" ordeni toʻrisidagi

NIZOM


1. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

"El-yurt hurmati" ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham mukofotlanishlari mumkin.


2. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish "Davlat mukofotlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


3. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan shaхslar bazaviy hisoblash miqdorining ellik karrasi miqdoridagi bir yoʻla pul mukofotini oladilar. "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan shaхslar qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.

4. "El-yurt hurmati" ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqib yuriladi.


5. "El-yurt hurmati" ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻrisidagi hujjat va bir yoʻla pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

1998 yil 28 avgustdagi

664-I-son Qonuniga

ILOVA



"El-yurt hurmati" ordeni

TAVSIFI

"El-yurt hurmati" ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi. Yulduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oralii 52 millimetr. Nurlarni oʻz ichiga olgan doira diametri - 49 millimetr.

Ordenning markazida, doirada qizil rangli yoʻl bilan hoshiyalangan Registon arхitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va tolar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan boʻlib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi.

Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan boʻlib, aylananing Yuqori qismida, oq fonda "YeL-UYRT HURMATI" degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan.

Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilik.

Orden Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadaichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.