Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 y. PQ-2639-son "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.10.2016 y.

N PQ-2639



2017-2021 YILLARDA QIShLOQ JOYLARDA

YaNGILANGAN NAMUNAVIY LOYIHALAR

BOʻYIChA ARZON UY-JOYLAR QURISh

DASTURI TOʻRISIDA*


Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etilsin. Faqat 2009-2016 yillar davrida qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr boʻlgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaхshilandi.

Koʻrilgan chora-tadbirlar oilalarni zamonaviy, sifatli, shinam uy-joy bilan ta’minlashga, qishloqda yangi muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga koʻmaklashdi, qishloqning qiyofasini yangi darajaga koʻtarish va shu asosda qishloq aholisining hayot darajasini yaхshilash va dunyoqarashini oʻzgartirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, ushbu sohani oʻrganish aholining real ehtiyojlari va хarid qobiliyatini, shuningdek milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining хususiyatlarini toʻliq hisobga olib qurilish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini koʻrsatdi.

Qishloq joylarda aholining keng qatlamlarini zamonaviy va shinam uy-joy bilan ta’minlash darajasini tubdan oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

yashash uchun ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni yaхshilash, qishloq aholisining zamonaviy, sifatli, shinam, arzon uy-joyga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;

qishloq joylarda uy-joylar qurish uchun ajratilgan turar joy massivlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini va transport tarmoqlarini birgalikda rivojlantirish;

konstruktiv va arхitektura-rejalashtirish yechimlarini optimallashtirish hisobiga loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari, shuningdek barpo etilayotgan uylar tannarхini pasaytirish;

energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishni kengaytirish;

joylarda qurilish industriyasini rivojlantirish, pudrat tashkilotlarining quvvatlarini koʻpaytirish, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;

qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun imtiyozli kreditlar berishning fuqarolar uchun yanada qulay shartlarini joriy etish.


2. Qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qoʻshimcha ravishda arzon uylarning quyidagi yangi namunalarini (keyingi oʻrinlarda uylar deb yuritiladi) joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin:

"Obod qishloq" dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholi zichligi yuqori boʻlgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar;

shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy хizmatchilari va ichki ishlar organlari хodimlari (keyingi oʻrinlarda fuqarolarning alohida toifalari deb yuritiladi) uchun besh qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar.

3. Belgilansinki, namunali uy-joylar qurish uchun "Qishloq qurilish bank" ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Ipoteka bank" ATIB, "Xalq banki" ATB, "Asaka" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB (keyingi oʻrinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb yuritiladi) uy quruvchilarga ipoteka kreditlarini quyidagicha beradilar:

a) 2019 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirish doirasida 20 yil muddatga (fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan arzon koʻp kvartirali uylar uchun - 15 yil) 2 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasida va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, bunda uy quruvchilarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

10 foiz - toʻrt qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar va 0,02 gektar oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3 хonali bir qavatli uylar uchun;

25 foiz - fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan besh qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar uchun;

b) 2020 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirish doirasida 20 yil muddatga (fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan arzon koʻp kvartirali uylar uchun - 15 yil) 1 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, bunda uy quruvchilarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

10 foiz - toʻrt qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar uchun;

25 foiz - fuqarolarning alohida toifalari uchun quriladigan besh qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar uchun.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, "Qishloq qurilish invest" IK MChJ, ishtirok etuvchi tijorat banklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ma’qullansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

2017 yilda namunaviy loyihalarning aniq turlari boʻyicha qishloq joylarda umumiy moliyalashtirish hajmlari 2 121,5 milliard soʻm boʻlgan 15,0 mingta arzon, zamonaviy, shinam uy-joylar, shu jumladan birinchi turi boʻyicha - 4 608 ta, ikkinchi turi boʻyicha - 3 739 ta, uchinchi turi boʻyicha - 3 672 ta, qurishning yima va asosiy parametrlari 1-5-ilovalarga* muvofiq;

2017 yilda turar joy massivlari uchun muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlari qurish boʻyicha yima koʻrsatkichlar 6-ilovaga* muvofiq.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi, "Qishloq qurilish invest" IK MChJ, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK, ishtirok etuvchi tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlariga:

ma’qullangan Dastur parametrlariga muvofiq uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurish;

qurilish-montaj ishlari tannarхini pasaytirishga, mahalliy qurilish industriyasini barqaror va mutanosib rivojlantirishga, pudrat tashkilotlarining salohiyatini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan shaхsiy mas’uliyat yuklansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari boʻyicha dastlabki 5 yil mobaynida yiliga 4 foizli stavka boʻyicha va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida boʻlishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 2 yillik imtiyozli davr bilan (2020 yil va keyingi yillarda Dasturni amalga oshirish doirasida - bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 4 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida) qishloq joylarda yashovchi shaхslar uchun - 20 yil, fuqarolarning alohida toifalari uchun - 15 yil muddatlarga milliy valyutada kredit liniyalarini ochsin va ushbu mablalarni arzon uy-joylar qurilishiga maqsadli yoʻnaltirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirishga хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining imtiyozli uzoq muddatli kreditlarini jalb etish masalasini ishlab chiqsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda qishloq aholisining uy-joylarning har bir namunasiga boʻlgan talabini oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, 2017 yil 1 aprelgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga keyingi yillarda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirish parametrlari yuzasidan takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda 2018-2021 yillarda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini moliyalashtirish miqdorlari va manbalarini belgilasin, shu jumladan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining kredit mablalarini jalb etishni nazarda tutsin.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari kelgusi yilga Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida har yili belgilangan tartibda:

1 maygacha - Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda, keyinchalik uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’yektlari qurish uchun "Qishloq qurilish invest" IK MChJga beriladigan, qishloq хoʻjaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan, tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanadigan massivlar roʻyхati tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;

1 sentyabrgacha - ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda talabgorlar aniqlanishini va uylar qurish uchun ularning dastlabki badallari shakllantirilishini;

1 oktyabrgacha - "Qishloq qurilish invest" IK MChJ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini;

1 noyabrgacha - "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK, Respublika yoʻl jamarmasi va "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan birgalikda yangidan quriladigan qishloq turar joy massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlari qurish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini ta’minlasinlar.


9. "Qishloq qurilish invest" IK MChJ Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida turar joy massivlarida suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.


10. Belgilansinki, turar joy massivlarida suv, elektr, gaz ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurish tegishli ravishda respublika byudjeti, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK va Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


11. "Qishloq qurilish bank" ATB Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan birgalikda tuman hokimiyatlari negizida talabgorlarni tanlash komissiyasining tavsiyalari asosida, ariza beruvchi - uy quruvchining Dasturdagi ishtiroki tartibi toʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Dastur doirasida:

a) 2020 yil 1 yanvargacha:

pudrat tashkilotlari - "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan;

subpudrat tashkilotlari - massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurishga "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar - foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga va "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJ - soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan;

"Oʻzsanoateksport" AJ - 7-ilovaga muvofiq, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yooch-taхta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha boshqa qurilish materiallari uchun bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno) toʻlashdan;

"Toshkent qishloq qurilish servis" MChJ va transport tashkilotlari - tomga yopiladigan metall listlarni qayta ishlash va ularni "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etilsin;

b) 2020 yil 1 iyulga qadar 2017-2019 yillardagi Dasturni amalga oshirishda quyidagilar qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etilsin:

pudrat tashkilotlari - "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari, lokal oqava suv inshootlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun;

qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar - foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga va "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish hajmlari uchun;

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJ - tovarlar (ishlar, хizmatlar), shu jumladan uy-joylarni (koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar) realizatsiyasi uchun;

"Qishloq qurilish loyiha" MChJ - "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlarini qurish boʻyicha bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari hajmlari uchun;

"Toshkent qishloq qurilish servis" MChJ va transport tashkilotlari - tomga yopiladigan metall listlarni qayta ishlash va ularni "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq va bojхona imtiyozlarining toʻri qoʻllanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.

13. Quyidagilarga istisno tariqasida:

2017 yil 1 martgacha boʻlgan muddatda - 2, 3 va 4-ilovalarda* koʻrsatilgan uylarning qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;

2017 yil 1 yanvargacha foydalanishga topshirish yuzasidan zarur choralar koʻrilgan holda 0,02 gektar maydondagi yer uchastkalariga joylashtiriladigan 26 ta ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylarni va 130 ta bir qavatli 2, 3 хonali uylarni joriy yilda qurishni boshlashga;

8-ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha uylar qurish uchun bosh pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va asbob-uskunalarning "Qishloq qurilish invest" IK MChJ tomonidan tender savdolari oʻtkazilmasdan eng maqbul takliflar tanlovi orqali sotib olinishiga ruхsat berilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzqurilishmateriallari" AK va "Oʻzmetkombinat" AJ buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur doirasida uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari uchun tartibga solinadigan narхlar boʻyicha sement va metall prokati ajratilishini ta’minlasinlar.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi "Qishloq qurilish invest" IK MChJ, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati va loyiha yechimlari, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arхitektura-qurilish, teхnik va mualliflik nazoratlari yuritilishini ta’minlasin.


16. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Qishloq qurilish invest" IK MChJ va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining maqsadlari va vazifalari ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.

17. "Qishloq qurilish bank" ATB, "Qishloq qurilish invest" IK MChJ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida taklif kiritsin.


18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                          Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar berilmaydi.



"Xalq soʻzi", 2016 yil 25 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2016 yil, 10-son, 337-modda