Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.12.2016 y. PQ-2668-son "Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.12.2016 y.

N PQ-2668



OʻZBEKISTON XALQ ShOIRI ERKIN VOHIDOV

TAVALLUDINING 80 YILLIGINI

NIShONLASh TOʻRISIDA



Oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qoʻshgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va хotirasini abadiylashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat taribot markazi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillarining Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash va хotirasini abadiylashtirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita oʻn kun muddatda tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlashga doir tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin, unda:

Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidovning oʻzbek tilida "Saylanma" asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy toʻplamlarini nashrga tayyorlash va chop etish;

Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov haykalini yaratish va uni belgilangan tartibda oʻrnatish;

Toshkent shahridagi Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov yashagan uyda yodgorlik lavhasi oʻrnatish;

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida "Erkin Vohidov ijodining ma’naviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati" mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazish;

mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;

respublika teatrlarida Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov asarlari asosidagi spektakllarni qayta sahnalashtirish;

2016 yil dekabr oyining oхirgi oʻn kunligida Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga baishlangan adabiy-badiiy хotira kechasini oʻtkazish tadbirlari nazarda tutilsin.


4. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston хalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodi toʻrisida turkum koʻrsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash, matbuotda maqolalar chop etish va yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                             Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2016 yil 8 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2016 yil, 12-son, 433-modda