Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 09.09.2016 y. "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYaSINING

QARORI

09.09.2016 y.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI SAYLOVI BOʻYIChA SAYLOV

KAMPANIYaSI BOShLANIShINI

E’LON QILISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96 va 117-moddalari, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi, "Oʻzbekistan Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi


QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2016 yil 8 sentyabrdagi 568-III/SQ-105-III-sonli koʻshma qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2016 yil 4 dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi 2016 yilning 9 sentyabridan boshlanishi e’lon qilinsin.


4. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.



Markaziy saylov komissiyasi Raisi                      M. Abdusalomov



"Xalq soʻzi", 2016 yil 10 sentyabr