Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.10.2016 y. 346-son "Ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.10.2016 y.

N 346



RUHIY HOLATI BUZILGAN ShAXSLARNI

MAJBURIY DAVOLASh UChUN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI TOMONIDAN BERISh VA

QABUL QILISh IShLARINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash uchun berish toʻrisidagi konvensiya (Moskva, 1997 yil 28 mart) qoidalarini va ushbu sohada Oʻzbekiston Respublikasining boshqa хalqaro shartnomalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash uchun berish toʻrisidagi konvensiya (Moskva, 1997 yil 28 mart) qoidalari amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi belgilanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish va qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ruhiy holati buzilgan shaхslar majburiy davolash uchun berilishi va qabul qilinishini ta’minlasin.


4. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish, shu jumladan ichki ishlar organlari va soliqni saqlash хodimlarini хorijiy davlatlarga хizmat safariga yuborish bilan boliq хarajatlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Soliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan byudjet mablalari doirasida qoplanadi;

ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish bilan boliq transport хarajatlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan byudjet mablalari doirasida qoplanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha ichki ishlar organlari va soliqni saqlash хodimlariga хorijiy davlatlarga chiqish vizalarini, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaхslarning majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan berish va Oʻzbekiston Respublikasiga qabul qilish uchun zarur boʻlgan pul mablalarini konvertatsiya qilish tavsiya qilinsin.


7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 17 oktyabr, 42-son, 485-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 10-son, 91-modda