Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.2016 y. 365-son "Dori vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.10.2016 y.

N 365



DORI VOSITALARINING

XAVFSIZLIGI TOʻRISIDAGI

UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, dori vositalarining хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Dori vositalarining хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.


2. "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq teхnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar, ishlar va хizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllashning iхtiyoriyligiga ega boʻlishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. "Oʻzstandart" agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy teхnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab dori vositalarining хavfsizligini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik tusini bekor qilish va iхtiyoriylikni ta’minlash choralarini koʻrsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, "Oʻzfarmsanoat" AK, "Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi bilan birgalikda:

aholi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tasdiqlangan Umumiy teхnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻrisida keng хabardor qilinishini;

2016 yil noyabr oyida dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, markalash, oʻrab-joylash, tashish, saqlash, sotish va yoʻq qilishda ularning хavfsizligiga qoʻyiladigan belgilangan talablarni tushuntirish boʻyicha respublika seminari oʻtkazilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 31 oktyabr, 43-son, 506-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 10-son, 100-modda