Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2016 y. 356-son "Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.2016 y.

N 356



XALQARO VA RESPUBLIKA OLIMPIADALARI,

TANLOVLARI, MUSOBAQALARI OLIBLARI BOʻLGAN

AKADEMIK LITsEYLAR, KASB-HUNAR KOLLEJLARI

VA UMUMTA’LIM MAKTABLARI OʻQUVChILARINI

TAQDIRLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA


Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini fanlar boʻyicha turli хalqaro va respublika olimpiadalarida, sport tanlovlari va musobaqalarida faol ishtirok etish yoʻli bilan oʻzlarining bilimlari va koʻnikmalari darajasini muntazam oshirishga boʻlgan intilishlarini rabatlantirish, respublikada sportning olimpiya turlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 10-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari oliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻrisidagi nizomning 1-bandiga "sport musobaqalari" soʻzlaridan keyin "(sportning olimpiya turlari, shaхmat, shashka boʻyicha)" soʻzlari qoʻshilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 31 oktyabr, 43-son, 500-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 10-son, 96-modda