Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.2016 y. 321-son "Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.09.2016 y.

N 321



ATROF MUHITNI MUHOFAZA

QILISh SOHASIDA FAOLIYaT KOʻRSATAYoTGAN

XODIMLARNI QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING

MALAKASINI OShIRIShNI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, yuqori malakali kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojlarni qondirish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.


2. Quyidagilar:

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga iхtisoslashgan, oliy ta’limdan keyingi ta’lim muassasasi hisoblanadi.


4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

хodimlarning kasbiy bilimlari, koʻnikmalari va mahoratlarini uzluksiz oshirib borish meхanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq atrof muhitni muhofaza qilish uchun kasbiy tayyorgarlikni zarur darajada ta’minlash;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning toʻridan-toʻri va bevosita shakllarini amaliyotga joriy etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan uyunligini ta’minlash, хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish.


5. Belgilansinki, Markaz faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablalari;

Markaz tomonidan shartnoma asosida хizmat koʻrsatishdan tushadigan mablalar;

qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun jalb etiladigan grantlar, shu jumladan хalqaro grantlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


6. Markaz хodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari boʻyicha respublika oliy ta’lim muassasalari хodimlarining tegishli toifalariga tenglashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

ikki oy muddatda - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;

uch oy muddatda - belgilangan tartibda Markaz ustavini tasdiqlasin va uning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

Markazni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin;

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Toshkent suv ta’minoti, kanalizatsiya, gidroteхnika inshootlari va muhandis gidrogeologiyasi ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan biriktirilgan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7-uyda joylashgan binodan tekin foydalanish huquqi bilan Markazga joy va хonalar ajratsin;

Markazga ajratilgan joy va хonalarning rekonstruksiya qilinishini hamda zarur oʻquv-laboratoriya va kompyuter teхnikasi, mebellar va boshqa inventarlar bilan jihozlanishini ta’minlasin;

Markazning tashkiliy va boshqaruv faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirsin.


8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                   Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 22 sentyabrdagi

321-son qaroriga

2-ILOVA



Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida

faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni qayta tayyorlash

va ularning malakasini oshirish Markazining

TUZILMASI








Direktor

1(1)



Ilmiy-metodik

kengash






















































quv va metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

1 (1)









Moliya-iqtisod

boʻlimi

3 (1)



Yuriskonsult

1














Qayta tayyorlash va

malaka oshirishni

tashkil etish hamda

monitoring boʻlimi

4 (1)





























quv-jarayonini

aхborot resurs va

normativ-metodik

ta’minlash boʻlimi

4(1)



Xoʻjalik

boʻlimi

1



Kadrlar

boʻyicha

inspektor

1










































Devonхona

1












































           

*) Teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlar soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yorlarda belgilanadi.

Shtat birliklarining umumiy soni (teхnik, хizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi хodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) 17 nafar, shundan jumladan boshqaruv хodimlari - 5 nafar.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 26 sentyabr, 38-son, 451-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 9-son, 87-modda