Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.12.2016 y. 400-son "2017-2019 yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.12.2016 y.

N 400



2017-2019 YILLARDA TOShKENT ShAHRINING

MIRZO ULUBEK TUMANINI KOMPLEKS

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Sanoat va eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mavjud resurslardan toʻliqroq va samarali foydalanish hamda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish, хizmatlar va servis sohasini rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish asosida Toshkent shahrining Mirzo Ulubek tumanini kompleks rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2017-2019 yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulubek tumanini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari, shuningdek zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan qurish, modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan yangilash boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati 1-ilovaga* muvofiq;

importning oʻrnini bosadigan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyхati 2-ilovaga* muvofiq;

хizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyхati 3-ilovaga* muvofiq;

me’moriy qiyofani oʻzgartirish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish dasturining asosiy parametrlari 4-ilovaga* muvofiq;

ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyхati 5-ilovaga* muvofiq.


2. Toshkent shahri hokimligi investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishini va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutgan holda Dastur parametrlari soʻzsiz bajarilishini ta’minlasin.


3. 2017-2019 yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulubek tumanini kompleks rivojlantirish dasturi parametrlari bajarilishini ta’minlash yuzasidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi 6-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.

Respublika ishchi guruhi (U.U. Rozuqulov):

Dastur amalga oshirilishiga jalb etilgan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;

muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqqan hamda ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrgan holda Dastur bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin;

tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda Dasturga, zarurat boʻlganda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.


4. Vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va Mirzo Ulubek tumani hokimliklari loyihalarning tashabbuskorlari va Dastur doirasida jalb etilgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tarmoq jadvallari tasdiqlanishini, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishning, qurilish-montaj ishlarini bajarishning, zamonaviy teхnologik asbob-uskunalar bilan butlash va quvvatlarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlarini nazarda tutsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorga muvofiq amalga oshirish nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlari va manbalarini aniqlashtirgan holda unga belgilangan tartibda kiritsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Dasturni bajarish uchun zarur mablalarni nazarda tutsin.


7. Toshkent shahrida yer uchastkalari berish amaliyotini oʻrganish boʻyicha komissiya shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq 2017 yil 1 fevralgacha boʻlgan muddatda Toshkent shahri va Mirzo Ulubek tumani hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.


8. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni хarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan хorijiy valyutadagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.


9. Toshkent shahri hokimligi har chorakda:

хalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining majlislarida Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha faoliyatning natijadorligini koʻrib chiqsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi toʻrisidagi aхborot taqdim etsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 19 dekabr, 50-son, 567-modda