Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 20.12.2016 y. 294-mh-son "Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 20.12.2016 y. 2848-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.12.2016 y.

N 2848




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

20.12.2016 y.

N 294-mh


BUYRUI



Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining

namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi va 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllari 1 - 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (M. Maхmudov) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 26 dekabr, 51-son, 586-modda