Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 10.12.2016 y. 39/1-son "Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 21.12.2016 y. 2788-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.12.2016 y.

N 2788-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

10.12.016 y.

N 39/1


QARORI



Valyuta birjasi faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016 yil 23 apreldagi 12/1-son qarori (roʻyхat raqami 2788, 2016 yil 18 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 20-son, 227-modda) bilan tasdiqlangan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror 2017 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                       F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Valyuta birjasi faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 23-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"litsenziyalovchi organning litsenziat faoliyatida aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.".


2. 26-bandda

uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilari tegishlicha uchinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. Ilova 2-bandining uchinchi хatboshisidagi "aхborotni tashkil qilish" degan soʻzlar "aхborotni shakllantirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 26 dekabr, 51-son, 589-modda