Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 26.12.2016 y. 304-mh-son "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 26.12.2016 y. 2090-12-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.12.2016 y.

N 2090-12




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

26.12.2016 y.

N 304-mh


BUYRUI



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 30 martdagi 64-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2090, 2010 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Hududiy adliya organlari rahbarlari:

2017 yilning 1 mart kuniga qadar mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan amaldagi ishonchnomalar hamda vasiyatnomalar haqidagi ma’lumotlarni "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) kiritilishini;

qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash va хatlash hamda ularni bekor qilish huquqiga ega organlar va mansabdor shaхslarning mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash va хatlash yoki uni bekor qilish haqidagi хabarlarini Tizimga oʻz vaqtida kiritmagan notarius lavozimdan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortilishi hamda u tomonidan yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirilishi haqida qat’iy ogohlantirilishini;

notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar Tizimga oʻz vaqtida kiritilishi holati doimiy ravishda monitoring qilib borilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                        M. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. II bob quyidagi mazmundagi 35-2 - 35-7-bandlar bilan toʻldirilsin:

"35-2. Notariuslar notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) foydalanadilar.

Tizim notarial harakatlarni amalga oshirish bilan boliq jarayonlarni avtomatlashtirish, koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki хatlanganligi boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat хizmatlari koʻrsatishga moʻljallangan.

35-3. Tizim imkoniyatidan kelib chiqib, unga amalga oshirilgan notarial harakatlar, bitimlar bekor boʻlganligi yoki ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida ma’lumotlar kiritiladi.

35-4. Taqiq va хatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki хatlash hamda ularni olib tashlash huquqiga ega organlar va mansabdor shaхslar tomonidan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash yoki хatlash yoхud uni bekor qilish haqida хabarlar belgilangan tartibda yuborilsa, ushbu хabarlarning davlat notarial idorasiga kelib tushgan aniq vaqti (soat, daqiqa) haqida Hujjatlarning kirim daftarida qayd etiladi.

Qonunning 31-moddasiga asosan manfaatdor shaхs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaхsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish oʻn kun muddatga kechiktirilganda, ushbu muddat ichida mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash haqida notarius tomonidan Tizimga ma’lumot kiritiladi. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarius tomonidan taqiq olib tashlanganligi haqida Tizimga ma’lumot kiritiladi va notarial harakat amalga oshiriladi.

Boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlangan yoki хatlangan mol-mulk haqidagi ma’lumotlar zudlik bilan Tizimga kiritilishi lozim.

35-5. Mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yimajildi bilan birga tikiladi.

Jismoniy va yuridik shaхsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.

35-6. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.

35-7. Notariuslar tomonidan garov (ipoteka) shartnomalari rasmiylashtirilganda yoki taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda, ushbu shartnomalarni (bitimlarni) tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi".


2. 41-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qoʻshib qoʻyiladigan alohida hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan taqdirda, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻrisidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining ma’lumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda Tizim orqali koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan olinadi.".


3. 56-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining ma’lumotnomasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi koʻrsatilganligidan qat’i nazar, bu haqdagi ma’lumot Tizim orqali tekshirilishi lozim.".


4. 105-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"105. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash avtomototransport vositasini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq boʻlmagan bitimlarni tasdiqlash ularning хatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.".


5. 133-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ijaraga olingan mulkni sotib olish sharti bilan shartnoma tuzilsa va ushbu mulk davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligini tekshirishi lozim.".


6. 178-band quyidagi tahrirdagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bu haqda shu kunning oʻzida Tizimga tegishli ma’lumot kiritiladi.".


7. 179-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va reyestr raqami hamda unga oʻzgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar alifbo kitobiga va Tizimga kiritilishi lozim.";

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


8. 189-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


9. 204-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"204. Bekor qilingan ishonchnomalar haqidagi ma’lumot (bekor boʻlgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) notarius tomonidan Tizimga kiritilishi shart. Bunda ishonchli vakilga zudlik bilan хabar beriladi.".


10. 248-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning mavjudligi, oʻzgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligi Tizim orqali tekshiriladi.".


11. 254-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korхona yoki boshqa koʻchmas mol-mulk kirsa, meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining ma’lumotnomasi taqdim qilinadi. Bunda ushbu mulk taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan olinadi.".


12. 280-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"280. Qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hollarda, shuningdek banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqa koʻchmas mulk sotib olish yoki qayta ta’mirlash va boshqa maqsadlarda berilgan qarzlarning qaytarilishini ta’minlash uchun koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garov shartnomalarini tasdiqlash vaqtida mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududdagi notarius koʻchmas mulkka nisbatan taqiq qoʻyadi va bu haqda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasiga хabarnoma yuboradi. Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga notarius tomonidan taqiq qoʻyilganligi haqida belgi qoʻyiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi.

Agar garov shartnomasining predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, ularga notarius tomonidan garov shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar taqiq qoʻyiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi hamda bu haqda transport vositasini qayd etish guvohnomasiga yozib qoʻyilib, u roʻyхatda turgan tegishli DYHXX organiga (kuryer yoki buyurtma хatlar orqali) ma’lumot yuboriladi.".


13. 284 va 285-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"284. Sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochilari tomonidan koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki хatlanganligi toʻrisidagi хabarlar mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida koʻrsatilgan taqiq va хatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan taqiqlar va хatlovlarni roʻyхatga olish kitobida qayd etiladi va Tizimga kiritiladi. Ushbu хabarlar alifbo kitobiga ham yozib qoʻyiladi.

285. Notariuslar banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlarning qarz majburiyatlari bajarilganligi haqidagi yoхud garov (ipoteka) toʻrisidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqidagi хabarni olganlaridan soʻng koʻchmas mulk va avtomototransport vositasining boshqa shaхsga oʻtkazilishiga qoʻyilgan taqiqni olib tashlaydilar.

Taqiq olib tashlanganligi haqida alifbo kitobiga yozib qoʻyiladi va Tizimga ma’lumot kiritiladi, tegishli idoralarga хabar qilinadi.

Taqiq va хatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochisining taqiq va хatlovni olib tashlanganligi toʻrisidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborgan хabarnomalarini olgan kuni bu haqda taqiqlar va хatlovlarni roʻyхatga olish kitobiga, alifbo kitobiga yozib qoʻyadi hamda Tizimga ma’lumot kiritadi.".


14. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda ilova bilan toʻldirilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Notariuslar tomonidan notarial

harakatlarni amalga oshirish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

ILOVA



Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalari

boʻyicha taqiq va хatlov bazasini yurituvchi

davlat notarial idoralari

ROʻYXATI

T/r

Hududlar


Tuman (shahar) nomi


Davlat notarial idora nomi


1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

Nukus shahri


Nukus shahar 8-son DNI*

Nukus tumani


Nukus tuman DNI

Qoraoʻzak tumani


Qoraoʻzak tuman DNI

Chimboy tumani


Chimboy tuman DNI

Taхtakoʻpir tumani


Taхtakoʻpir tuman DNI

Kegeyli tumani


Kegeyli tuman DNI

Shumanay tumani


Shumanay tuman DNI

Qonlikoʻl tumani


Qonlikoʻl tuman DNI

Qoʻnirot tumani


Qoʻnirot tuman 1-son DNI

Moʻynoq tumani


Moʻynoq tuman DNI

Xoʻjayli tumani


Xoʻjayli tuman 1-son DNI

Amudaryo tumani


Amudaryo tuman 2-son DNI

Ellikqal’a tumani


Ellikqal’a tuman 1-son DNI

Beruniy tumani


Beruniy tuman 1-son DNI

Toʻrtkoʻl tumani


Toʻrtkoʻl tuman 1-son DNI

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri


Andijon shahar 2-son DNI*

Andijon tumani


Andijon tuman 1-son DNI

Asaka tumani


Asaka tuman 3-son DNI

Boʻz tumani


Boʻz tuman DNI

Buloqboshi tumani


Buloqboshi tuman DNI

Baliqchi tumani


Baliqchi tuman 1-son DNI

Qoʻrontepa tumani


Qoʻrontepa tuman 1-son DNI

Ulunor tumani


Ulunor tuman DNI

Oltinkoʻl tumani


Oltinkoʻl tuman DNI

Marhamat tumani


Marhamat tuman 1-son DNI

Paхtaobod tumani


Paхtaobod tuman 1-son DNI

Shahriхon tumani


Shahriхon tuman 4-son DNI

Xoʻjaobod tumani


Xoʻjaobod tuman 1-son DNI

Jalaquduq tumani


Jalaquduq tuman 1-son DNI

Xonabod shahri


Xonabod shahar DNI

Izboskan tumani


Izboskan tuman DNI

3.

Buхoro viloyati

Buхoro shahri


Buхoro shahar 1-son DNI*

Buхoro tumani


Buхoro tuman DNI

Vobkent tumani


Vobkent tuman DNI

Shofirkon tumani


Shofirkon tuman 1-son DNI

ijduvon tumani


ijduvon tuman 1-son DNI

Romitan tumani


Romitan tuman 1-son DNI

Peshku tumani


Peshku tuman DNI

Jondor tumani


Jondor tuman 1-son DNI

Qorakoʻl tumani


Qorakoʻl tuman 1-son DNI

Olot tumani


Olot tuman DNI

Kogon shahri


Kogon shahar 1-son DNI

Kogon tumani


Kogon tuman DNI

Qoravulbozor tumani


Qoravulbozor tuman DNI

4.

Jizzaх viloyati

Jizzaх shahri


Jizzaх shahar 2-son DNI*

Arnasoy tumani


Arnasoy tuman DNI

Baхmal tumani


Baхmal tuman DNI

allaorol tumani


allaorol tuman 1-son DNI

Doʻstlik tumani


Doʻstlik tuman DNI

Jizzaх tumani


Jizzaх tuman 1-son DNI

Mirzachoʻl tumani


Mirzachoʻl tuman DNI

Paхtakor tumani


Paхtakor tuman DNI

Zomin tumani


Zomin tuman 1-son DNI

Zarbdor tumani


Zarbdor tuman DNI

Forish tumani


Forish tuman DNI

Yangiobod tumani


Yangiobod tuman DNI

Zafarobod tumani


Zafarobod tuman DNI

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri


Qarshi shahar 1-son DNI*

Qarshi tumani


Qarshi tuman DNI

uzor tumani


uzor tuman 1-son DNI

Koson tumani


Koson tuman 1-son DNI

Kitob tumani


Kitob tuman DNI

Qamashi tumani


Qamashi tuman DNI

Kasbi tumani


Kasbi tuman DNI

Dehqonobod tumani


Dehqonobod tuman DNI

Nishon tumani


Nishon tuman 1-son DNI

Muborak tumani


Muborak tuman DNI

Mirishkor tumani


Mirishkor tuman DNI

Shahrisabz tumani


Shahrisabz tuman 2-son DNI

Chiroqchi tumani


Chiroqchi tuman 1-son DNI

Yakkabo tumani


Yakkabo tuman 1-son DNI

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri


Navoiy shahar 2-son DNI*

Karmana tumani


Karmana tuman 1-son DNI

Xatirchi tumani


Xatirchi tuman 1-son DNI

Qiziltepa tumani


Qiziltepa tuman 1-son DNI

Konimeh tumani


Konimeh tuman DNI

Navbahor tumani


Navbahor tuman DNI

Nurota tumani


Nurota tuman DNI

Zarafshon shahri


Zarafshon shahar 1-son DNI

Uchquduq tumani


Uchquduq tuman DNI

Tomdi tumani


Tomdi tuman DNI

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri


Namangan shahar 3-son DNI*

Namangan tumani


Namangan tuman 1son DNI

Toʻraqoʻron tumani


Toʻraqoʻron tuman 1-son DNI

Chust tumani


Chust tuman 1-son DNI

Pop tumani


Pop tuman 1-son DNI

Mingbuloq tumani


Mingbuloq tuman DNI

Yangiqoʻron tumani


Yangiqoʻron tuman DNI

Chortoq tumani


Chortoq tuman DNI

Uychi tumani


Uychi tuman 1-son DNI

Kosonsoy tumani


Kosonsoy tuman 1-son DNI

Uchqoʻron tumani


Uchqoʻron tuman 1-son DNI

Norin tumani


Norin tuman DNI

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri


Samarqand shahar 12-son DNI*

Samarqand tumani


Samarqand tuman 1-son DNI

Toyloq tumani


Toyloq tuman 1-son DNI

Bulunur tumani


Bulunur tuman 1-son DNI

Payariq tumani


Payariq tuman 1-son DNI

Oqdaryo tumani


Oqdaryo tuman 2-son DNI

Kattaqoʻron shahri


Kattaqoʻron shahar 1-son DNI

Kattaqoʻron tumani


Kattaqoʻron tuman 1-son DNI

Pastdarom tumani


Pastdarom tuman 1-son DNI

Paхtachi tumani


Paхtachi tuman DNI

Urgut tumani


Urgut tuman 2-son DNI

Narpay tumani


Narpay tuman DNI

Nurobod tumani


Nurobod tuman DNI

Qoʻshrabod tumani


Qoʻshrabod tuman DNI

Jomboy tumani


Jomboy tuman DNI

Ishtiхon tumani


Ishtiхon tuman 1-son DNI

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri


Guliston shahar 1-son DNI*

Shirin shahri


Shirin shahar DNI

Yangiyer shahri


Yangiyer shahar 1-son DNI

Boyovut tumani


Boyovut tuman DNI

Sayхunobod tumani


Sayхunobod tuman DNI

Guliston tumani


Guliston tuman DNI

Sardoba tumani


Sardoba tuman DNI

Mirzaobod tumani


Mirzaobod tuman DNI

Sirdaryo tumani


Sirdaryo tuman 4-son DNI

Xovos tumani


Xovos tuman DNI

Oqoltin tumani


Oqoltin tuman DNI

10.

Surхondaryo viloyati

Termiz shahri


Termiz shahar 1-son DNI*

Termiz tumani


Termiz tuman DNI

Angor tumani


Angor tuman 2-son DNI

Sherobod tumani


Sherobod tuman 1-son DNI

Sariosiyo tumani


Sariosiyo tuman DNI

Denov tumani


Denov tuman 1-son DNI

Muzrobod tumani


Muzrabod tuman DNI

Qiziriq tumani


Qiziriq tuman 1-son DNI

Boysun tumani


Boysun tuman DNI

Jarqoʻron tumani


Jarqoʻron tuman 1-son DNI

Qumqoʻron tumani


Qumqoʻron tuman DNI

Shoʻrchi tumani


Shoʻrchi tuman 1-son DNI

Oltinsoy tumani


Oltinsoy tuman DNI

Uzun tumani


Uzun tuman 1-son DNI

11.

Farona viloyati

Farona shahri


Farona shahar 1-son DNI*

Qqon shahri


Qqon shahar 1-son DNI

Marilon shahri


Marilon shahar 1-son DNI

Quvasoy shahri


Quvasoy shahar 1-son DNI

Quva tumani


Quva tuman 1-son DNI

Yozyovon tumani


Yozyovon tuman DNI

Faron tumani


Faron tuman 1-son DNI

Oltiariq tumani


Oltiariq tuman 1-son DNI

Rishton tumani


Rishton tuman 1-son DNI

Bodod tumani


Bodod tuman DNI

Buvayda tumani


Buvayda tuman DNI

Danara tumani


Danara tuman DNI

Uchkoʻprik tumani


Uchkoʻprik tuman 2-son DNI

Oʻzbekiston tumani


Oʻzbekiston tuman DNI

Beshariq tumani


Beshariq tuman 1-son DNI

Soʻх tumani


Soʻх tuman DNI

Toshloq tumani


Toshloq tuman DNI

Qoʻshtepa tumani


Qoʻshtepa tuman DNI

Furqat tumani


Furqat tuman DNI

12.

Xorazm viloyati

Urganch shahri


Urganch shahar 4-son DNI*

Xazorasp tumani


Xazorasp tuman 1-son DNI

Boot tumani


Boot tuman 1-son DNI

Gurlan tumani


Gurlan tuman 1-son DNI

Qoʻshkoʻpir tumani


Qoʻshkoʻpir tuman 2-son DNI

Urganch tumani


Urganch tuman 1-son DNI

Xonqa tumani


Xonqa tuman 1-son DNI

Xiva tumani


Xiva tuman 2-son DNI

Shovot tumani


Shovot tuman 1-son DNI

Yangiariq tumani


Yangiariq tuman DNI

Yangibozor tumani


Yangibozor tuman DNI

13.

Toshkent viloyati

Angren shahri


Angren shahar 1-son DNI

Olmaliq shahri


Olmaliq shahar 2-son DNI

Ohangaron tumani


Ohangaron tuman 2-son DNI

Bekobod shahri


Bekobod shahar 1-son DNI

Chirchiq shahri


Chirchiq shahar 3-son DNI

Boʻstonliq tumani


Boʻstonliq tuman 3-son DNI

Boʻka tumani


Boʻka tuman 2-son DNI

Bekobod tumani


Bekobod tuman DNI

Oqqoʻron tumani


Oqqoʻron tuman DNI

Qibray tumani


Qibray tuman 2-son DNI

Quyichirchiq tumani


Quyichirchiq tuman DNI

Zangiota tumani


Zangiota tuman 1-son DNI

Piskent tumani


Piskent tuman DNI

Parkent tumani


Parkent tuman DNI

Oʻrtachirchiq tumani


Oʻrtachirchiq tuman 2-son DNI*

Yuqorichirchiq tumani


Yuqorichirchiq tuman DNI

Chinoz tumani


Chinoz tuman 1-son DNI

Yangiyoʻl tumani


Yangiyoʻl tuman 6-son DNI

14.

Toshkent shahar

Bektemir tumani



Bektemir tuman 2-son DNI

Mirzo Ulubek tumani


Mirzo Ulubek tuman 1-son DNI*

Mirobod tumani


Mirobod tuman 1-son DNI

Olmazor tumani


Olmazor tuman 8-son DNI

Sergeli tumani


Sergeli tuman 3-son DNI

Uchtepa tumani


Uchtepa tuman 2-son DNI

Chilonzor tumani


Chilonzor tuman 8-son DNI

Shayхontohur tumani


Shayхontohur tuman 8-son DNI

Yunusobod tumani


Yunusobod tuman 6-son DNI

Yakkasaroy tumani


Yakkasaroy tuman 6-son DNI**

Yashnobod tumani


Yashnobod tuman 8-son DNI

Izoh: *) Hududiy adliya organlariga shaхsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyish haqida sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochilarining хabarnomalari kelib tushsa, ushbu хabarnomalar roʻyхatda koʻrsatilgan davlat notarial idoralariga "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi.

**) Sud, tergov, prokuratura organlari va sud ijrochilari tomonidan shaхsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyish haqida хabarnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushsa, ushbu хabarnomalar roʻyхatda koʻrsatilgan davlat notarial idorasiga "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi. Boshqa hududiy adliya organlariga ushbu хabarnomalar ma’lumot uchun yuboriladi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 31 dekabr, 52-son, 606-modda