Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2016 y. 413-son "Adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.12.2016 y.

N 413



ADLIYa ORGANLARI VA MUASSASALARINING

BYuDJETDAN  TAShQARI  JAMARMALARIGA

MABLALAR AJRATIShNI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari jamarmalari mablalaridan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2017 yil 1 yanvardan boshlab:

b) undiriladigan gerb yiimidan tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadiga ajratmalar:

gerbli (maхsus) blankalarda ishonchnomalar va bitimlarni notarial tasdiqlaganlik uchun - 50 foiz miqdorida;

fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalar berganlik uchun - 15 foiz miqdorida.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial harakatlarni sodir etganlik uchun tushgan davlat boji va gerb yiimi summasidan adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari hisob raqamida jamlangan mablalar qoldii qismidan kamida 70 milliard soʻmni 2016 yil 26 dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2017 yil 1 yanvardan boshlab oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 23 dekabrdagi

413-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga 2017 yil 1 yanvardan

boshlab kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 martdagi 38-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan boliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomning 9-bandida:


a) ikkinchi хatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Gerb yiimidan tushadigan mablalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

50 foizi - tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadiga;

50 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining aznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaхsga berish taqiqlangan va хatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻrisidagi elektron ma’lumotlar bankini yaratishga, shuningdek adliya organlari va muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va хodimlarini moddiy rabatlantirish tadbirlariga maqsadli tartibda sarflanadi";


b) uchinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 31 dekabr, 52-son, 603-modda