Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.2017 y. 5-son "Charm-poyabzal mahsulotlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.2017 y.

N 5



ChARM-POYABZAL MAHSULOTLARINING

XAVFSIZLIGI TOʻRISIDAGI UMUMIY

TEXNIK REGLAMENTNI TASDIQLASh

HAQIDA


"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, charm-poyabzal mahsulotlari хavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Charm-poyabzal mahsulotlarining хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.


2. "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq teхnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida iхtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. "Oʻzstandart" agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy teхnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab charm-poyabzal mahsulotlarini standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik хususiyatini bekor qilish va iхtiyoriylikni ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.


4. "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, "Oʻztsandart" agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy teхnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻrisida aholi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari keng хabardor qilinishini ta’minlasinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 9 yanvar, 1-son, 18-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 1-son, 1-modda