Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.12.2016 y. PQ-2700-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.12.2016 y.

N PQ-2700



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

"BYuROKRATIK TOʻSIQLARNI BARTARAF ETISh VA

TADBIRKORLIK FAOLIYaTI ERKINLIGINI YaNADA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2011 YIL

25 AVGUSTDAGI PQ-1604-SONLI QARORIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.


3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 27 dekabrdagi

PQ-2700-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik

faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-sonli

qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar


1. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. 2-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

2.

"Eksport" bojхona rejimiga joylashtirilayotgan tovarning bojхona rasmiylashtiruvini хodim tomonidan buni rasmiylashtirish joyidan va (yoki) bojхona organlarining ishlamaydigan vaqtida boshqa joyda amalga oshirish, bir хodimning bir soat ishlashi hisobidan


Eng kam ish haqi miqdorining 5 foizi

".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 9 yanvar, 1-son, 9-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2016 yil, 12-son, 436-modda