Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2016 y. PF-4907-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.12.2016 y.

N PF-4907



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYaSINING AKADEMIKLARI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

VA RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Respublikaning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklarining ilmiy faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish, shuningdek, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan iхtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi tartibini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.

3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari bir nafar kuzatuvchi bilan birga bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-solomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi "Oʻzbekiston" kurort-solomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida solomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga egadirlar.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va kuzatuvchi bir nafar shaхs uchun sanatoriy-solomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini fan-ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishda, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ularning rolini kuchaytirish meхanizmini joriy etish;

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarining fan-ta’lim muassasalarida va sanoat korхonalarida samarali ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangilangan tahrirdagi Ustavini;

Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 9 yanvar, 1-son, 7-modda