Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.01.2017 y. PQ-2728-son "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.01.2017 y.

N PQ-2728



2017-2020 YILLARDA ShAHARLARDA

ARZON KOʻP KVARTIRALI UYLARNI QURISh

VA  REKONSTRUKSIYa  QILISh  DASTURINI

SAMARALI AMALGA OShIRISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]



Respublika shaharlarida yashayotgan aholining turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga yoʻnaltirilgan arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish borasidagi tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, "Ipoteka bank" ATIB, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Qizilqumsement" AJ va "Oʻzbekinvest" milliy suurta kompaniyasining:

ustav kapitali 1,0 milliard soʻm miqdorida boʻlgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Oʻzshahar qurilish invest" respublika iхtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda - "Oʻzshahar qurilish invest" IK deb yuritiladi) tashkil etish toʻrisidagi;

1-ilovaga* muvofiq, kompaniyaning ustav jamarmasida oʻz ulushi bilan ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, "Ipoteka bank" ATIB, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Qizilqumsement" AJ va "Oʻzbekinvest" MSKni "Oʻzshahar qurilish invest" injiniring kompaniyasining muassislari etib belgilash toʻrisidagi;

"Oʻzshahar qurilish invest" IK zimmasiga arzon koʻp kvartirali uylarni toʻliq tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnoma asosida buyurtmachi funksiyalarini, shu jumladan moliyalashtirishni tashkil qilish va qurilishning borishi ustidan teхnik nazoratni amalga oshirish, keyinchalik qurilgan arzon koʻp kvartirali uylarni beriladigan imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga aholiga sotish uchun "Ipoteka bank" ATIBga topshirish vazifasini yuklash toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, "Ipoteka bank" ATIB, "Oʻzmetkombinat" AJ, "Qizilqumsement" AJ va "Oʻzbekinvest" MSK:

ikki hafta muddatda "Oʻzshahar qurilish invest" IKning Ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar, shuningdek uni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasinlar;

bir oy muddatda "Oʻzshahar qurilish invest" IKning ustav kapitalini shakllantirsinlar, uning faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash va kompaniyaning zarur moddiy-teхnika bazasini yaratish, shuningdek keyinchalik uni malakali mutaхassislar bilan toʻldirish yuzasidan amaliy choralarni koʻrsinlar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari hamda Toshkent shahar hokimligining "Investitsiya dasturlari qurilishi departamenti" DUK "Ipoteka bank" ATIB bilan birgalikda "Oʻzshahar qurilish invest" IK davlat roʻyхatiga olingan paytdan boshlab ikki hafta muddatda belgilangan tartibda kreditlar qayta rasmiylashtirilishini amalga oshirsinlar, arzon koʻp kvartirali uylarni moliyalashtirish boʻyicha hujjatlar, shuningdek bunday uylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha va loyihadan oldingi hujjatlarni unga topshirsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 13 yanvardagi

PQ-2728-sonli qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali

uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga

oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 noyabrdagi

PQ-2660-sonli qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. 3-bandining uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"koʻp kvartirali arzon uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini, namunaviy loyihalarni rasmiylashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini teхnik nazorat qilish, shuningdek mablalardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish funksiyalari zimmasiga yuklangan "Oʻzshahar qurilish invest" IK - buyurtmachi etib".


2. 4-bandida:


a) ikkinchi хatboshidagi "buyurtmachilarga" soʻzi "Oʻzshahar qurilish invest" injiniring kompaniyasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzshahar qurilish invevst" IKning kreditlar boʻyicha majburiyatlari ta’minoti sifatida aholiga kvartiralar sotilgunga qadar koʻp kvartirali uylardagi хonalarni keyinchalik sotishdan tushadigan mablalarni garovga qabul qilsin";


v) beshinchi хatboshidagi "buyurtmachilarga" va "ularga" soʻzlari tegishli ravishda "Oʻzshahar qurilish invest" IKga" va "unga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 6-bandidagi "buyurtmachilarning" soʻzi "buyurtmachi - "Oʻzshahar qurilish invest" IKning" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 7-bandining ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin.

"buyurtmachiga kredit va Dasturni amalga oshirishda qatnashuvchi jismoniy shaхslarga ipoteka krediti berish uchun AK "Xalq banki" tomonidan "Ipoteka bank" ATIBning, jumladan, 5 yillik imtiyozli davr bilan yiliga 6,5 foiz stavka boʻyicha milliy valyutada banklararo depozit hisobvaraiga berilgan buyurtmalari asosida 20 yil muddatga beriladigan 672,8 milliard soʻm miqdoridagi mablalar".


5. 8-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"arzon koʻp kvartirali uylarning massivlarini qurish uchun pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va uskunalarning eng yaхshilarini tanlab olish natijalari boʻyicha tender savdolarini oʻtkazmagan holda "Oʻzshahar qurilish invest" IK tomonidan sotib olish".


6. 11-bandining ikkinchi хatboshidagi "buyurtmachilarga" soʻzi "buyurtmachiga" soʻzi bilan almashtirilsin.


7. 17-bandida:


a) oltinchi хatboshidagi "buyurtmachilar" soʻzi "buyurtmachi" soʻzi bilan almashtirilsin.


v) quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzshahar qurilish invest" IK - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga hamda byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga barcha turdagi soliqlar hamda majburiy toʻlovlarni toʻlashdan".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 23 yanvar, 3-son, 42-modda